Jahon adabiyoti: mod е rnizm va postmod



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/75
tarix01.12.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#170592
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   75
645386160c74f MODЕRNIZM VA POSTMODЕRNIZM

Umarali
NORMATOV:
O‘tgan asr boshlarida milliy 
adabiyotimizda tub o‘zgarish, badiiy islohotlarga ehtiyoj 
naqadar kuchli bo‘lganligi hammaga ayon. Adabiyotimiz 
baxtiga, mana shu ehtiyojni chuqur his etgan Cho‘lpon, 
Qodiriy singari ulkan iste’dodlar maydonga chiqdi va 
mil liy adabiyot rivojini yangi yo‘llarga solib yubordi. Qa-
rangki, XXI asr boshlarida ham bugungi adabiyotimizda 
tub yangilanishga kuchli bir zarurat borligini ko‘rib, sezib 
turibmiz. Axir, shoir aytmoqchi, charxning avzoyi avvalgi-
larga o‘xshamas: mustaqil mamlakatning ozod odamini, 
globallashuv, axborot asri kishisini avvalgi ada biy me-
zonlar asosida yaratilgan asarlar aslo qanoatlantirmasli-
gi kunday ravshan. Aslini olganda, yangilanish, o‘zgarish 
jarayoni allaqachon boshlangan, suhbatimizda keltirilgan 
she’rlar bu yo‘lda muayyan ijobiy tajribalar mavjudligini 
tasdiqlab turibdi.
Ulug‘bek HAMDAM: 
Ustoz, sizningcha, o‘zbek she’r-
shunosligi, adabiy nuqtayi nazari o‘zbek poeziyasidan 
qaysidir ma’noda orqada qolib ketmayaptimi? Bu hol, 
ayniqsa, modern she’rni tushunish, uni tahlil-u tadqiq 
etishda sezilib qolayotganga o‘xshaydi. Umuman, nega-
dir har qanday yangilik Sharqda qiyinchilik bilan ko‘ka-
radigandek. Jumladan, o‘zbek she’riyatida sodir bo‘lgan 
yangilanishlar ham, masalan, 70-yillarda unchalik xush 
qabul qilinmagan. Hozir undayin qarshilik va tazyiqlar 
bo‘lmasa-da, baribir, «modern shoirlar» ko‘p ham suyib 
o‘qilmaydi. Uzoqqa bormaylik-da, so‘nggi bir necha yil 
mobaynida nashr etilgan Bahrom Ro‘zimuhammadning 
«Kunduz sarhadlari» va Faxriyorning «Ayolg‘u» to‘plam-
lariga bo‘lgan adabiy munosabatni olaylik. Rosti, men 
shu ikki kitob chuqur tushunilib, ohori to‘kilmagan go‘zal 
tahlillar asosida yozilgan taqrizlarni, maqolalarni o‘qima-
dim. Ustoz Ozod Sharafiddinovning «Modernizm jo‘n 
hodisa emas...» sarlavhali suhbati, professor Qozoqboy 


176
177
Yo‘ldoshevning bir qancha radiosuhbatlari, munaqqid 
Ahmad Otaboyevning ahyon-ahyondagi «modernis-
tik chiqishlari», shoir Bahrom Ro‘zimuhammadning 
«Ayolg‘u» haqida, shoir Shermurod Subhonning B. Ro‘zi-
muhammad she’rlari to‘g‘risida yozgan maqolalari va 
yana shu ruhdagi harakatlar hali yetarli emas. Qolaversa, 
har ikki maqola ham shoirlar she’riyati mohiyatini to‘la 
ochib berolgan deyish mushkul. Umuman, o‘zbek adabi-
yotshunosligida yangilanayotgan badiiy tafakkurga doir 
masalalarni teran va atroflicha tadqiq etgan salmoqli 
ishlar deyarli yaratilmayotgani kishini o‘ylantirib qo‘yadi. 
Ehtimol, adabiy tanqidga bo‘lgan bizdagi sovuqqon mu-
nosabatning hosilasidir bu. Axir, tan olmog‘imiz kerakki, 
Sharqda badiiy asar yozish adabiyot ilmi bilan shug‘ulla-
nishdan ko‘ra hamisha «balandroq» yumush hisoblab ke-
lingan. Bunday yondashuv haligacha o‘z ta’sirini yo‘qot-
gan emas. Hatto «juda chuqur» tushunuvchi ziyolilarimiz 
ham ko‘pincha adabiy tanqidni mustaqil ijod turi o‘laroq 
tan olishdan ko‘ra biron-bir asarning «soya»si si fatida 
qabul qilishga ko‘proq moyillik bildiradi. Aslida-chi? As-
lida, haqiqiy adabiy tahliliy asar – chinakam ijod, ilm va 
badiiyat baravar ishtirok etadigan ulkan maydon. Axir, 
Belinskiyning «Adabiy orzular»ini o‘z davri uchun Push-
kin yo Lermontov she’rlaridan quyi qo‘yish mumkinmi? 
Menimcha, yo‘q! Chunki Belinskiyning adabiy-tanqidiy 
asarlari o‘zining yuksak pafosi nuqtayi nazaridan Push-
kin she’rlaridan aslo qolishmaydi. Dunyoni badiiy-estetik 
idrok etish darajasi jihatidan ham Belinskiy, masalan, Ler-
montov bilan bo‘ylasha oladi. Eduardas Mejelaytisning 
«Tungi kapalaklar», K.G. Yung, E. Fromm, O. Gassetning 
ba diiy adabiyotga bag‘ishlab yozilgan asarlari to‘g‘risida 
ham shunday baland munosabat bildirish mumkin. Al-
batta, o‘z zamonasiga ko‘ra bunday ilg‘or adabiy-tanqi-
diy asarlar yozish uchun ijodkor-olimga juda ko‘p nar-
sa zarur: u tarix va jamiyatshunoslik, sotsiologiya va 
psixologiya, qo‘yingki, barcha ijtimoiy sohalar bilimdoni 
bo‘lishi shart. U yana aniq fanlardan ham umumiy bilim-
ga ega bo‘lishi kerak bo‘ladi. Keyin eng muhimi bosh-
lanadi: munaqqid kamida o‘zi tadqiq etayotgan shoir 
yo yozuvchi darajasida fikrlay va his qila bilishi, dunyoni 
shu pog‘onada badiiy idrok eta olishi lozim. Ha-ha, bu-
lardan tashqari ham ijodkor-olimga yana ko‘p fazilatlar 
faqat asqotishi mumkin. Bir so‘z bilan aytganda, uning 
qomusiy olim bo‘lishi ayni muddaodir! Ehtimol, shuning 
uchun ham bizda modernizm deganda ko‘pchilikning 
ensasi qotadi. Ensaning qotishi, aslida, bilimsizlikdan: bu 
adabiy metod haqida juda kam yoki umuman bilmaslik-
dan. Albatta, nimalardir qilinmoqda, onda-sonda bo‘l-
sa-da, kishining esida qoladigan adabiy-tanqidiy asarlar 
uchrab turibdi. Men 1998-yilda chop etilgan I. Bafurov-
ning «Dil erkinligi» nomli kitobini alohida sanab o‘tgan 
bo‘lardim. Qolaversa, sizning bir qator adabiyotshunos 
olimlar bilan so‘nggi yillar davomida «Jahon adabiyoti» 
jurnalida e’lon qilingan suhbatlaringiz, Bahrom Ro‘zimu-
hammad, Uzoq Jo‘raqulov singari yana bir necha ijod-
korlar-u olimlarning adabiyotimizning turli masalalariga 
bag‘ishlangan maqolalari... Biroq o‘zgarayotgan badiiy 
tafakkurimiz mevasi bo‘lib dunyoga kelayotgan modern 
she’riyatni, uning tug‘ilish sabablari va qonuniyatlari-
ni ko‘rsatib, tushuntirib bera oladigan tadqiqiy, tahliliy 
asarlarga ehtiyoj baribir qoldirilmay kelayotir. 1987-yil da 
yozilgan, 1988-yilda kengaytirilib, qayta ishlangan fran-
suz olimi Jan Luis Jubertning «She’r nedir?» deb nom-
langan asari, nazarimda, ana shu tashnalikni bir qadar 


178
179
qondiradigandek tuyuldi menga. (Men uni turkchada 
o‘qidim – 
U.H
.) Kitob uchta bo‘limdan va ko‘plab bob-
lardan iborat. Bir gina boblarning nomlanishining o‘ziyoq 
kishi e’tiborini tortadi, sergak torttiradi, hali masala mo-
hiyatini anglab yetmasingdan burunoq sen bilgan she’r 
haqida qandaydir yangi gap aytilishi mumkinligini seza 
boshlaysan. Mana ulardan bir nechtasi: «She’rning foy-
dasizligi», «She’r va xotira», «She’r va sehr», «Nasrning 
yurishi, nazmning raqsi», «Tilning mag‘lubiyati», «Ovoz 
she’ri», «She’rning ovozsizligi», «Mavhum she’r», «She’r 
va tush» va hokazo.

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin