Jahon adabiyoti tarixi



Yüklə 2,24 Mb.
səhifə126/183
tarix26.10.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#161590
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   183
Imajizm. 1910-yillarda ingliz-amerika adabiyotida paydo bo‘lgan imajizm (ing. Image – obraz, qiyofa) oqimi 1917 yilga kelib o‘z faoliyatini tugatdi. AQShda imajizm “poetik Renessans” davrida(1912-1925) qisqa muddat gullab-yashnadi. Imajistlar estetikasi T.E.Xyumning(1883-1917) tanqidiy maqolalari va E.Paundning(1885-1972) she'riy tajribasiga asoslandi. Imajistlar tasvirda lirik sub'ektivlik va ruhiy kechinmalardan ozod bo‘lgan aniqlikni va “xom obrazning sof” bo‘lishini talab qildilar. Ular bir necha she'riy antologiyalar chop ettirdilar hamda yangi vazn va shakllarning, erkin tematika, qisqalik va aniqlik tarafdorlari edi. Yirik inglizzabon shoir, ulkan iqtidor sohibi Ezra Paund majinizmning ilk davrida ularga yo‘lboshchilik qildi. 1910-1920 yillarda Rossiyada imajizmga yaqin bo‘lgan imajinizm oqimi shakllandi. Bu oqimning eng yirik namoyondalari S.yesenin, V.Shershenevich, A.Mariengoflar san'atni siyosiylashtirishga qarshi chiqdilar.
Ekspressionizm badiiy-g‘oyaviy oqim bo‘lib, u madaniyatning turli sohalarida(adabiyot, tasviriy san'at, teatr, musiqa, haykaltaroshlik) namoyon bo‘ldi. U yo‘nalish sifatida Birinchi jahon urushi arafasida paydo bo‘lib, 20-yillarning o‘rtalarida adabiyot sahnasidan tushdi. Bu yo‘nalishning ko‘zga ko‘ringan vakillari sifatida I.Bexer, V.Volf, L.Rubiner, G.Kayzer, V.Gazenklever, E.Toller, L.Franklarni ko‘rsatish mumkin. Insoniy qadriyatlarni himoya qilib chiqqan ekspressionistlar militarizm va ulug‘ millatchilik g‘oyasiga qarshi chiqdilar.
Dadaizm (fr. dada – yog‘ochdan ishlangan o‘yinchoq ot, ko‘chma ma'noda bolalarga xos betartib nutq) – Birinchi jahon urushi davrida Syurix(Shveytsariya)da paydo bo‘lib, 1920 yillar boshida tarqab ketgan nigilistik xarakterdagi oqim. O‘z safiga T.Tsara(rumin), R.Gyulzenbek(nemis), A.Breton, L.Aragon, P.Elyuar(fransuzlar) singari ijodkorlarni birlashtirgan guruh a'zolari alogizmga tayangan holda, so‘zlarni ma'lum tartibda qo‘llash hisobiga real borliqqa o‘xshamaydigan o‘ziga xos dunyoni yaratishga harakat qildilar. “Dadaizm mohiyat e'tibori bilan urushga, jahon urushi keltirib chiqargan muhitga qarshi isyon edi. Ularning isyoni mavjud tartibotlarni inkor qilish, ularni ma'nisiz(absurd) deb hisoblashda, anarxizmni bunday sharoitda eng maqbul mavqye deb bilishda namoyon bo‘ladi. Shulardan kelib chiqib, dadaizmning san'at va adabiyotdagi isyonkorlik mavqyei belgilangan: ular badiiy ijodda irratsionalizm tarafdori bo‘lganlar, adabiy-badiiy an'analarga nisbatan nigilistik antiestetizm mavqyeini egallaganlar”26.
XX asrning 20-yillarida Fransuz she'riyatida syurrealizm(o‘ta realizm) deb ataluvchi oqim vujudga keldi. Sobiq dadaistlar A.Breton, L.Aragon, P.Elyuar ushbu guruh tashkilotchilaridan edilar. O‘z faoliyatida A.Bergson va Z.Freyd falsafasiga tayangan ushbu oqim vakillari real borliqdan yuqoriga ko‘tarilishni targ‘ib qildilar. Syurrealistlar o‘z she'rlaridainson ongidagi o‘y-fikrlar va tasavvurlar oqimini aks ettirishga urindilar va bu borada birmuncha natijalarga erishdilar. 30-yillarga kelib syurrealizm inqirozga yuz tutdi. L.Aragon, P.Elyuar singari iqtidorli yozuvchilar ushbu oqim bilan aloqani uzdilar.

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin