Jahon adabiyoti tarixi


Fridrix Shlegel (1772-1829)



Yüklə 2,24 Mb.
səhifə104/183
tarix26.10.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#161590
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   183
Fridrix Shlegel (1772-1829). Avgust va Fridrix Shlegellar nemis adabiyotshunosligi faniga asos soldilar.
Antik madaniyatni chuqur his qilish, o‘rta asr va Uyg‘onish davri yodgorliklarini o‘rganish, klassitsizm va ma'rifatparvarlik adabiyotiga tanqidiy yondashish ularga adabiyotga bo‘lgan talablarini ishlab chiqish imkoniyatini yaratdi.
Yunon va rimliklarning merosi ahamiyati haqida fikrlar ekan, Fridrix Shlegel san'at o‘zgaruvchan dngan fikrga keladi. Shuning uchun insoniyat rivojlanishidagi har bir yangi bosqich badiiy ijod oldiga yangi vazifalar qo‘yadi.
Yangi san'atning asosini: “Fransuz inqilobi, Fixtening “Fan ta'limoti” va Gyotening “Meyster”i tashkil etadi”, - deb yozadi Shlegel.
Nemis romantiklari sa'natkorlarni odamlar orasidagi oliy mavjudot sifatida ulug‘ladilar. “Odamlar yer yuzidagi boshqa mavjudotlardan qanchalik ustun bo‘lsalar, san'atkorlar odamlardan shunchalik ustundirlar”, - deb yozadi Shlegel.
Nemis romantiklarining asarlarida bu g‘oya u yoki bu darajada o‘z ifodasini topdi.
F.Shlagel adabiyotga romantik kinoya tushunchasini olib kirdi; romantik kinoya nafaqat nemis romantiklari, balki keyingi davr yozuvchilariga ham katta ta'sir ko‘rsatdi. Shamisso, Gofman, Gyote asarlarida romantik kinoya o‘zining konkret ijtimoiy ifodasini topdi.
F.Shlagel o‘zining nazariy qarashlarini 1799 yili yozilgan “Lyusinda” povestida ifoda etdi. Asar syujeti zamondoshlarini lol qoldirdi, chunki Yuliy va Lyusinda (rassomlar) obrazlarida ular muallif va Doroteya Fetni tanidilar.
Romantik yozuvchi nuqtai nazaridan qahramon muallifning aksi bo‘lib adabiyotga o‘tishi, adabiyot o‘z navbatida hayotga aylanishi kerak.
Ernst Teodor Amadey Gofman (1776-1822). Gofmanning fantastik novella va romanlari nemis romantizmining eng katta yutug‘i hisoblanadi. U muhitni aql bovar qilmaydigan (irotsional) holda qabul qiladi, chunki shunday holda dunyoviy uyg‘unlik (garmoniya) mumkin emas.
Gofman asarlarida ko‘pincha personajlarning ikkiga ko‘payish hollarini kuzatish mumkin. U XIX asr yozuvchilari orasida birinchi bo‘lib, inson naturasining ikkiga ko‘payishini ochdi. Ya'ni, Gofman asarlarida insonning qarama-qarshi hislatlari alohida, aralashmagan holda maydonga chiqadi.
Bo‘lajak yozuvchi Kyonisbergda tug‘ildi. Huquq fakultetini bitiradi. Tirikchilik vajidan boy byurgerlarning qizlariga musiqadan saboq beradi. 1814 yilda to umrini oxirigacha Berlinda yashaydi. Gofman umr bo‘yi nochorlikda hayot kechirdi.
San'at va san'atkor mavzusi - Gofman ijodining asosini tashkil etadi. Uning asrlarida iqtidorli musiqachilar, san'atkorlar doimo Germaniyaning zerikarli, pastkash hayotida bo‘g‘iladilar, o‘z ideallari va nemis hayoti o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarni ko‘rib azob chekadilar.
1809 yilda “Umumiy musiqa gazetasi”da “Kavler Glyuk” novellasi bosilib chiqadi. Bundan so‘ng kompozitor Kreyeslerga bag‘ishlangan boshqa asarlari ham paydo bo‘lgan va ularni “Kallo ruhidagi fantaziya” to‘plamiga biriktiradi (1814-1815). (Jak Kallo – XVII asr fransuz rassomi). Ushbu to‘plamdagi hikoyalar markazida musiqachi va kompozitor Iogan Kreysler turadi. Kreysler - darbadar musiqachi. U juda ham istedodli bo‘lsa-da tirikchilik uchun ko‘chada kezib yurishga majbur. U san'atni hayotdan ham ustun qo‘yadi. Haqiqiy san'at ko‘plab burjua – zodogonlar uchun tushunarli emas. Ushbu jamiyatda san'at ularning past, jirganch, ma'naviyatdan uzoqdagi hayotini bezash, ovunish uchun xizmat qiladi xolos.
Gofmanning «Sinnober laqabli mitti Saxes» (1819) ertagidagi voqealar mitti nemis knyazligida yuz beradi. Romantik bo‘yoqlarda tasvirlangan barcha voqealar Gofman yashagan davrini hajviy qiyofasini ochib tashlaydi.
Saxes – kambag‘al dehqon ayoli Lizaning xunuk o‘g‘li. Pari Rozabelverde (Rozenshen) bu ayanchli, bedavo bolaga uch dona tilla sochini sovg‘a qiladi. Atrofdagilar ko‘z oldida ajoyib mo‘jiza sodir bo‘ladi. Odamlar Saxesni haddan tashqari chiroyli, aqlli deb taniydilar. Uning yuqori tabaqadan kelib chiqqanligi va undagi ko‘pdan-ko‘p fazilatlari haqida gapiradilar. Saxes oliy zot darajasiga ko‘tariladi u juda osonlik bilan katta lavozimlarga erishadi. Boshqalar hisobiga boyib, qudratli bo‘lib ketadi. Kichkina Saxes ko‘pdan-ko‘p taxsinu tasannolarga, mukofot va imtiyozlarga sazovor bo‘ladi. Bu mo‘jizalarning barchasi knyaz Pafnutiy mamlakatida ro‘y beradi. Bu knyaz maxsus farmon bilan o‘z mamlakatida “ma'rifat” joriy qilgan. Mana shunday davlatda mitti Saxes saroyning birinchi ministri bo‘ladi va knyazlik ishlarini hal qiluvchi qudratli kishiga aylanadi. Sinnoberning sehri bu knyazlikda yashovchi barcha odamlarni o‘z domiga tortgan. Knyazlik baayni jinnixonaga aylanadi.
Ammo yolg‘iz shoir yigit Baltazar bu sehr ta'siridan tashqarida. Baltazar romantik xayolparast kishi. U o‘sha knyazlikdagi bema'ni tartiblarga she'riyat, shirin xayollar og‘ushini qarama-qarshi qilib qo‘yadi. Baltazar atrofdagilarni es-hushlarini yig‘ishtirib olishga chaqirsa, uni hamma aqldan ozgan deb hisoblaydi. Sinnober laqabli mitti Saxes Baltazar baxtiga ham g‘ov bo‘ladi. Baltazarning Kandida ismli sevgilisini tortib olib, unga uylanmoqchi bo‘ladi.
Barcha sehrgarliklar, mo‘jizalar sirini biladigan “ma'rifatli” knyazlikda ana shu ajoyib-g‘aroyiblarni tarqatadigan doktor Prosper Alpanusning o‘zi Baltazarga yordam qo‘lini cho‘zadi. Mitti davlatning mitti ministri Sinnoberning Kandida bilan nikohi oldidan Baltazar uning boshidan sehrli tilla soch tolalarini yulib oladi. Endi sehrning hech qanday ta'siri qolmaydi.
Nemis romantiklari orasida Gofman kitobxonalarga juda yaqin edi. 20-yillardan boshlab uning asarlari ko‘plab tillarga tarjima qilindi. Rus demokrat tanqidchisi V.G.Belinskiy Gofmanni Germaniyaning buyuk shoirlaridan biri deb, uni jahon adabiyotining yirik yozuvchilari bilan bir qatorga qo‘yadi.
Gofman hayotidagi qarama-qarshiliklarini «qora va yorug‘» kuchlar kurashi sifatida tasvirlaydi. Qora kuchlar – boylik, mansabparstlik, egoistik ko‘rinishlari. U bu kuchlarni chizishda groteks va satiradan unumli foydalanadi. Ular ba'zida dahshatli kuchlar sifatida tasvirlanadi. Yorug‘ (sof) kuchlar esa insonning sof xislari va uning orzu hayollar dunyosidir.
Gofmanning «Magnitizor» da «Qo‘rqinchili mehmon» novellalarida sevgi yirtqich instinkt sifatida tasvirlanadi. Birinchi novellada Alban ismli yigit baron xonadoniga keladi. Baronning Mariya ismli qizi bo‘lib, u Ippolit degan yigitga unashtirilgan edi. Alpban Mariyani sevib qoladi va asta-sekin uni o‘ziga bo‘ysundirib, ixtiyorini o‘ziga bog‘lab qo‘yadi. Ippolit bilan Mariyaga nikoh o‘qilayotgan paytda qiz hushsiz yiqiladi. U endi Albansiz yashay olmas edi. Albanning yirtqichlarcha istagi Mariyani halok etadi.
Gofmanning «Mushuk Murning xotiralari» romani (1821) ham juda mashhurdir.

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin