Jahon adabiyoti tarixi



Yüklə 2,24 Mb.
səhifə106/183
tarix26.10.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#161590
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   183
Viktor Gyugo (1902-1885). Viktor Gyugo fransuz va yevropa romantizmining yirik vakili hisoblanadi. Fransuz romantizmida Viktor Gyugoga teng keladigan ijodkor topilmaydi. U shoir, dramaturg, romannavis, romantizm nazariyotchisi, siyosiy arbob, insonparvarlik g‘oyalarining tolmas targ‘ibotchisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan.
Viktor Gyugo Bezonson shahrida ofitser oilasida tug‘ildi. Otasi Napaleon davrining generali, onasi esa aksincha, Burbonlar tarafdori edi.
O‘zining birinchi she'rlarida burbonlarni madh etadi.
Ijodiy faoliyatini she'rlar yozishdan boshlagan. 1822 yili “Qasidalar”, 1829 yil “Qasida va balladalar”nomli she'riy to‘plamlari chop etilgan. Dastlabki to‘plamlarining nomlanishi yosh shoirning klassitsizm an'analari ta'sirida bo‘lganligidan dalolat beradi.
Uchinchi she'riy to‘plami “Sharqona” (1829) deb ataladi. To‘plamga yozilgan so‘z boshini yosh ijodkorning dasturi sifatida qabul qilish mumkin. Unda shoirning mavzu tanlashdagi erkinligi targ‘ib etiladi.
1820-yillarda V.Gyugo duniyoqarashi va ijod tamoyillari shakllandi. 1823 yilda “Valter Skott haqida” maqolasida V.Skott va Homer ijodiy “kashfiyotlari”ni uyg‘unlashtirish bilan birga roman janrida drama imkoniyatlaridan unumli foydalanish haqida yozadi. Mazkur ijodiy g‘oyalarini keyinchalik “Parij Bibi Mariyam ibodatxonasi” romanida mahorat bilan qo‘llaydi.
1827 yili birinchi asari «Kromvel» (XVII asr Angliya burjuaziya inqilobi yetakchisi Kromvel haqida) dramasini yaratadi va unga kengaytirilgan so‘z boshi yozadi. Ushbu so‘z boshi Fransuz romantizmining manifestiga aylandi. Romantik dramalar Gyugogacha ham yaratilgan. Klassitsizm hukmronligi davrida dramalar sahnalashtirilmagan. Ularni “o‘qish uchun yozilgan dramalar” deb atalar edi. Viktor Gyugo Shekspir tajribasidan foydalanib tragediya emas, romantik tarixiy drama yaratadi. U klassitsizm adabiyoti qonun qoidalaridan voz kechishga (vaqt, makon, harakat birligi, yuqori va quyi janrlar) chaqiradi. Viktor Gyugo Shekspir ijodini ana shunday qonun-qoidlardan holi deb biladi.
Mazkur so‘zboshi romantik tarixiylik, grotesk usuli, borliqni tasvirlash tamoyillari hamda dramaning san'at asari sifatidagi hususiyatlari bayon etilganligi bilan ahamiyatlidir. V.Gyugo drama haqidagi nazariy qarashlarini 1829 yilda yaratilgan “Ernani” pyesasiga tatbiq etadi. Unda klassitsizmning uch birlik qoidasiga rioya etilmaydi. Asar voqealari turli joylarda bo‘lib o‘tadi. Klassitsizm tragediyasida oliy darajadagi haqiqat hakami vazifasini qirol bajargan bo‘lsa, mazkur asarda bu vazifani fuqarolik huquqlaridan mahrum bo‘lgan qaroqchi Ernani ado etadi.
1831 yili «Parij Bibi Mariyam ibodatxonasi» romani yaratildi. Asar mavzusi XV asrdagi Fransiya tarixidan olingan.
O‘rta asr ibodatxonasi ustunlaridan birida «Ananke» so‘zini o‘qidi. (taqdir, qismat degani) Yozuvchi bu so‘zga keng ma'no berdi. (Din anankesi, jamiyat anankesi va boshq). Asar syujeti quydagicha:
Ibodatxona ruhoniysi Klod Frollo - o‘z umrini din yo‘liga tikkan odam. U yoshi o‘tib qolgan bo‘lishiga qaramay Parij ko‘chalarida o‘yinga tushib tirikchilik o‘tkazuvchi lo‘li qiz Esmiraldani sevib qoladi. Qiz buni rad qiladi. Frollo kapitan Feb bilan Esmiraldani kuzatib yuradi. Qizni qirol armiyasi ofitseriga suiqasd qilishda ayblab, o‘limga hukm qiladilar. Uni jazolash uchun olib ketayotganda Kvazimodo uni ibodatxonaga olib ketadi. U qashshoq odamlar bilan ibodatxonada yashaydi.
Frollo qizga o‘z sevgisini majburlab o‘tkazmoqchi bo‘ladi, ammo bu befoyda. U qizni jallodlar qo‘liga topshiradi. Qizni dorga osishadi. Kvazimoda Klod Frolloni o‘ldiradi. O‘zi ibodatxonani tark etib Esmiralda jasadi oldida jon beradi.
Asardagi ibodatxona - o‘rta asrchalik, feodalizm, zulm adaolatsizlik maskani sifatida tasvirlangan.
Viktor Gyugo 1862 « Ho‘rlanganlar», 1869-yili. «Kulgich odam», 1874-yili esa «93 yil» romanini yaratdi.

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin