Jahon adabiyoti tarixi


XIX asr daniya romantizmi



Yüklə 2,24 Mb.
səhifə107/183
tarix26.10.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#161590
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   183
XIX asr daniya romantizmi. Daniya romantizmi milliy adabiyot an'analari negizida paydo bo‘ldi. Shu bilan birgalikda Daniya romantizmi rivojlanishiga nemis va ingliz romantiklari: katta ta'sir ko‘rsatdilar.
Daniya romantizmining boshlanishi shoir va dramaturg Adam Eleklegerning 1802-yili chop etilgan «Oltin shohlar» she'riy to‘plami bilan bog‘liq.
Daniya romantizmida afsona va ertaklar alohida o‘rinda turadi. 1810-1820-yillar Daniya adabiyotida ertaklar davri deb ataladi. 1818-yilda Yu.Til «Daniya xalq rivoyatlari», S.Grundvich «Qadimgi Daniya rivoyatlari» (1854-1861), Vinter «Daniya xalq ertaklari» to‘plamlarini chop ettirdilar.
1816 yili Elekleger «Turli xalqlar ertaklari» to‘plamini nashr etdilar. Bu davrda adabiyotga buyuk daniya ertakchisi X.K.Andersen kirib keldi.
Xans Kristan Andersen (1805-1875). Buyuk ertakchi Odens shahrida etikdo‘z oilasida dunyoga keldi. 1819 yili Kopengagenga keladi. 1822 yili Andersen qadimgi skandinav syujeti asosida yozilgan, «Elflar qo‘shig‘i» asarlarini teatrga olib keldi. Katta qiyinchilik, muxtojlikda avval gimnaziyani, keyin esa universitetni tamomladi.
Andersen Kopengaginga kelishidan oldinroq she'rlar yoza boshlagan. Dramatik asarlardan I aktli «To‘ng‘ich» satirik pyesasi shuhrat qozondi. Andersen 6 ta romanning muallifi hisoblanadi. Uning «Improvizator», «Faqat skripkachi» romanlari mashhur bo‘ldi. Andersen romanlari Daniya romantizmi uchun katta ahamiyat kasb etadi. Uning romanlarini V.Skott va V.Gyugo asarlariga qiyoslashardi.
Lekin yozuvchiga umumjahon miqyosida shuhrat keltirgan asarlari - uning ertaklari bo‘ldi. U 1835 yildan ertaklar yoza boshlagan. Adabiy ertaklardan ko‘ra xalq ertaklariga yaqin turuvchi bu asarlar xalq orasida mashhur bo‘ldi. 1835-1841 yillarda Andersenning «Bolalarga atalgan ertaklar» to‘plami nashr etildi. Bu to‘plamdan «Chaqmoqtosh», «Kichkina Klyaus va katta Klyaus», «Yo‘ldosh», «Yovvoyi oqqushlar», «Cho‘chqaboqar» kabi ertaklar o‘rin oldi. Bu ertaklar xalq ertaklari asosida yozilgan. Ushbu to‘plamga boshqa xalqlar asarlari asosida yozilgan asarlar ham keltirilgan. Qirmizi bo‘ta Elfi» (Italiya qo‘shig‘i asosida), «Uchar sandiq» («1001 kecha» asosida) kabi ertaklar ham kiritilgan. Shunigdek bu to‘plamga Andesenning o‘zi to‘qigan «Kichkina Idaning gullari», «Dyumchaxon», «Suv parisi», «Baxt kovushlari», «Jannat bog‘i», «Ole Lukoye» ertaklari ham kiritilgan.
Andersenning ertaklari o‘quvchilar va adabiyot tanqidchilarining e'tiborini o‘ziga tortadi. Bolalarga atalgan bu ertaklar o‘ziga xos edi. Andersen bolalarga o‘z tengiga murojaat qilgandey munosabatda bo‘lib, pand-nasihat qilmas edi. Bu ertaklarda yaxshilik faol kurashadi, inson tabiatidagi haqiqat, chin sifatlar namoyon bo‘ladi.
Andesenning eng go‘zal, yorqin ertaklaridan biri «Suv parisi» ertagidir. Suv parisining insonga javobsiz sevgisi haqida yozuvchi ilgari ham, yozgan edi. («Samse orolidan kelgan suv parisi»)
Bu ertakda Andersen insonning go‘zal ruhiy olamini nafaqat hayajonli syujet orqali, balki qahramonning ruhiy olmini chuqur ochib beruvchi psixologizm orqali tasvirlaydi.

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin