Dragun
—
otliq askarlarning bir turi.
2
Kamrad
—
o‘rtoq.
43
yetib bormasak, iste’foga chiqar emishmiz. Mana shuning uchun
shoshilyapmiz.
Xonaning burchagida kimdir norozi bo‘lib g‘udurladi:
— Shoshilganligimiz ko‘rinib turibdi. Polk kengashi:
“Polk holicha yo‘lga tushish kerak”, — degan edi. Ana shunday
qilganimizdami, bu dragunlarga sichqonning ini ming tilla
bo‘lardi!
— G‘am yema? Biznikilar ham kelib qoladi — qutqazib
oladi.
— Suv o‘pirib ketgan to‘g‘onni do‘ppi bilan berkitib
bo‘lmaydi...
— Urishib bo‘ldik, bas endi!
Xona ichi qop-qorong‘i bo‘lib ketdi. Askarlar sham yoq-
dilar, xaltalarini ochib, ovqatlana boshladilar.
Suvoriy konserva bankasini pichoq bilan ocha turib,
Rayevskiy bilan Pshigodskiyni ovqatga taklif qildi:
— Qani, marhamat, kamradlar! Qorinlaring ham ochdir?
Rayevskiy tashakkur bildirdi. Pshigodskiy bo‘lsa jon-dili
bilan rozi bo‘ldi: ikki kundan beri og‘ziga ovqat olmagan edi.
— Sen Rossiyadan keldingmi, kamrad? Xo‘sh, u yerda
ahvol qanday? “Turmush juda yomon bo‘lib ketgan”, — deyisha-
di, to‘g‘rimi shu? — deb so‘radi undan bir keksa piyoda askar.
— U yerda, haqiqatan ham ba’zilarga dunyo tor bo‘lib qol-
di. Masalan, fabrikantlarga, dvoryanlarga va oq podsho vaqtida
sen bilan bizdaqalarni eshak qilib minib yurganlarga yomon bo‘l-
di. Ularni inqilobchilar chunonam siqib qo‘ydilarki, nafaslarini
ham zo‘rg‘a-zo‘rg‘a olishyapti. Ishchilar bilan dehqonlar esa jon
kuydirib urishyapti. O‘zing bilasan, ularga har yoqdan hujum
qilishmoqda, — dedi Pshigodskiy turgan joyini unutib.
— Inqilobchilar dvoryanlarning yer-suvini tortib olib,
dehqonlarga bo‘lib bergan emish, shu gap to‘g‘rimi?
— Bo‘lmasa-chi, agar shunday qilishmasa, dehqonlar
44
inqilobchilarni yoqlab urisharmidi?
— Inqilobchilar asirlarni qiynashar emish, rostmi?
— Be-e, xotinlarning g‘iybatiga o‘xshagan gap! Bunday
gaplarni zobitlar to‘qiydi. Inqilobchilarda asirlardan tuzilgan
butun-butun baynalmilal brigadalar borligini-ku, aytish-
magandir-a?
— Har xil xoinlar to‘g‘risida gapirib berishuvdi. Bizlarni
ham anavi ober xoin deb atadi.
— Nima deysizlar, bizga ham Vengriyada yer berishar-
mikan?
— Olasan-a... ikki metr chuqurlikdan...
— Ha, nimaga olmas ekanman? Bo‘lmasa nima uchun
urishdim?
— Harbiy nizomni darrov esingdan chiqaribsan-da!
“Imperator uchun...”
Suvoriy kattagina burda nonni og‘ziga tiqayotib:
— He-e, imperatoringning ham joyini solib qo‘ydik! —
dedi ochiq yuz bilan xixillab.
Pshigodskiy undan qolishmas, askarlarning gapi nasha qil-
ganda, ovqat yeya turib kulimsirashini qo‘ymas edi. Banka
bo‘shagandan keyin Pshigodskiy mo‘ylovini yengi bilan artib,
suvoriyga rahmat aytdi, so‘ngra hech kimga qaramasdanoq
so‘radi:
— Hoy kamradlar, nima uchun uyingizga qurolsiz ket-
yapsizlar? Bu ahvolda hammangizni jandarmlar tutib olishadi-
ku! Bir necha eshelon birlashib turib, zobitsiz yo‘lga chiqish ke-
rak edi. Bir kamrad bu haqda hali gapiruvdi. Miltiq uyda tursa,
birontasini urish kerak bo‘lgan kezlarda asqatib qolardi-da.
Bo‘lmasa mana...
Rayevskiy boshqalarga sezdirmay sekin uning yengidan
tortib:
— Ko‘p qattiq ketma, — dedi polyak tilida shipshib.
|