Jahon adabiyotining so‘nmas yulduzlari nikolay Alekseyevich ostrovskiy bo‘ron bolalari


partizan bo‘linmalari ta’qib qilmoqdalar. Ular hademay bu yerga



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/40
tarix12.10.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#154791
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   40
Nikolay Alekseyevich Ostrovskiy. Bo\'ron bolalari


partizan bo‘linmalari ta’qib qilmoqdalar. Ular hademay bu yerga 
ham yetib kelishadi. Pan Zayonchkovskiyning aytishlariga qara-
ganda, ularning qishlog‘ida allaqachon boshlanibdi... O‘z-
laringizga ma’lumki, yettinchi noyabr kuni Lyublinda pepeeschi 
1
Tush 
(polyakcha) — tabrik, qutlash musiqasi. 


57 
Dashinskiy boshchiligida polyak hukumati tuzildi... 
Barankevich qo‘lini siltab tashladi. 
— Bu-ku u qadar qo‘rqinchli emas, — dedi Edvard unga 
tasalli berib. — Rost, Dashinskiy o‘z deklaratsiyalarida ko‘p nar-
sa va’da qilgan: umumiy, to‘g‘ri, yashirin va teng saylov huquqi, 
sakkiz soatli ish kuni va hatto yerlarni dehqonlarga berishni ham, 
— deb Edvard istehzo bilan so‘zida davom etdi, — lekin bular-
ning hammasi shu bugun uchun zarur bo‘lgan deklaratsiyalar. 
Kuch to‘plaganimizdan keyin bularni osonlik bilan uloqtirib 
tashlaymiz. Hozircha, Dashinskiyning boyagi deklaratsiyalariga 
uchgan dehqonlar mulklarni o‘zlari qo‘riqlayotirlar: axir, xalq 
boyligi-da, nima qilsin bo‘lmasa! Eng muhimi: bizning qo‘limiz-
da qurolli kuch bo‘lsin. Hozircha yuz chog‘li odamimiz bor. Sha-
harni egallashga shuning o‘zi yetadi. Avstriyaliklarning shahar 
garnizoni tarqalib ketdi. Endi bittagina kuch qoldi, u ham bo‘lsa 
nemis dragunlari eskadroni... Lekin nemislar bilan kelishsak 
bo‘ladi. Baribir, yaqinda ularning bitta ham askari qolmaydi. 
Murda kabi qurib ketgan qari yepiskop tasbehini beixtiyor 
o‘gira turib qiziqsindi: 
— Bu yuz kishini qayerdan topdingiz? 
Bu chol shu vaqtga qadar nemislar ta’sirida edi, endi esa 
o‘ziga Iyeronim hazratlari zo‘r berib tashviq etayotgan bu ish-
ning qanchalik real ekanligini bilgisi kelar edi. 
— Bu Avstriya armiyasidan tarqalib ketgan polyak le-
gionining bir qismi bilan mahalliy polyak harbiy tashkilotining 
a’zolari. Innaykeyin, bular ichida boy oilalarga munosib yosh-
lardan ham bor... Shaharni egallagan kunimizning ertasigayoq 
kuchimiz uch baravar ortadi... Agar zarur bo‘lib qolsa, pan 
Dashinskiy o‘zi tashkil etgan xalq militsiyasidan bir bo‘linma 
yuborishni va’da qildi. 
Barankevich do‘q aralash yo‘taldi: 
— He... um-ha! Men na bu sotsialistlarni ko‘rolaman va 


58 
na Xudo urgan firibgarlarni! “Xalq militsiyasi” emish! Shu ham 
gap bo‘libdi-yu! Menga qolsa, “jandarm” so‘zidan yaxshisi yo‘q. 
— Pichinglari uchun tashakkur, — dedi burchakda o‘tir-
gan va tabassum o‘rnida yuzini burishtirgan kapitan Vrona. 
Vronaning yuzi bilan xira ko‘zlari shu qadar harakatsiz 
ediki, kulimsiraganda xuddi o‘lik irjayayotgandek bo‘lib ketardi. 
Inqilobdan so‘ng u jandarmlar boshlig‘i bo‘lardi. 
— Shahar boshlig‘i kim bo‘ladi? — deb yepiskop so‘ragan 
edi, Edvard tavoze bilan kulimsirab qo‘ydi. 
— Hokimiyat bizning qo‘limizda, okrug shtabida bo‘ladi. 
Magistratda esa advokat Sladkevichga o‘xshagan qo‘g‘irchoqlar 
o‘tiradi... Uch haftadan keyin askarlarimiz bir yarim-ikki mingga 
yetib qoladi. Shuning o‘zi kichkina bir qo‘shin bo‘ladi... 
Yepiskop muloyimgina qilib uning so‘zini bo‘ldi: 
— Siz shuni kifoya deb o‘ylaysizmi? 
Kapitan Vrona Varnerining qulog‘iga: 
— Bu qurigan gijja u qadar esi past ko‘rinmaydi... — deb 
pichirladi. 
Qari Zayonchkovskiy o‘rnidan sachrab turdi. 
— Nazarimda, yepiskop hazratlari hozirgi ahvolning 
nozikligini tushunmaydilar. Siz shaharliklar hamma vaqt shahar-
da garnizon bo‘lgani uchun o‘zingizni ancha tahlikasiz his etsa-
laringiz, biz o‘z mulklarimizda kechasi bilan uxlamay chiqamiz! 
Axir, butun atrofimiz dehqon. O‘nlab ukrainga bitta polyak 
to‘g‘ri keladi... Bu bachchag‘arlarning ko‘zlari uyquda bo‘lsa 
ham, xayollari bir yo‘lini qilib partizanlarga qo‘shilishda... 
— Rostini aytganda, gap milliy masaladagina emas, yer-
larimizni tortib olishda ham, — deb Zamoyskiy qo‘shib qo‘ydi. 
— Yer — dehqonlarga, zavodlar — ishchilarga, panlar — 
devor tagiga, ksendzlar esa dorga... Ularning niyati shu bo‘lsa 
kerak? — dedi xotirjam bir ohangda Vrona. 
— Boshqa masalalarga alaxsimaylik, panlar! — dedi 


59 
Edvard uni to‘xtatib. — Shunday qilib, indinga shahar komen-
daturasini, idorasini va vokzalni egallaymiz. Harbiy holat e’lon 
qilib, ko‘ngillilar ola boshlaymiz. Keyin ishning borishiga qarab 
bir narsa qilarmiz. 
Yepiskop zaharxanda qildi. 
— So‘zlarini bo‘lib turganim uchun pan graf meni afv 
etsinlar. Lekin men ba’zi masalalarni aniqlab olmoqchiman, — 
dedi u sekingina, keyin tasbehini bir yonga qo‘yib, kalamushniki 
singari ko‘zlari bilan Edvardga tikildi, — hozirgina pan Za-
yonchkovskiy aytdilar, go‘yo men ahvolning nozikligini hisobga 
olmas emishman... — Bu so‘zlar aytilgan ziqna ohangda zahar 
oshib-toshib yotardi. — Lekin bunga men aybdor emasman, deb 
o‘ylayman. Mana bu mamlakatda o‘ttiz besh yildan beri Xudo 
yo‘lida xizmat qilib kelaman, shu sababdan masalaning haqiqiy 
ahvoli bilan tanish bo‘lishim kerak. Men harbiy emasman, faqat 
Xudoning to‘g‘ri so‘zlarini targ‘ib etuvchi bir mo‘minman, xo-
los. Hatto bu maslahat majlisi men bilan Iyeronim hazratlarining 
o‘rni ham emas. Lekin cherkov a’yonlari qizg‘in lashkarboshi-
larni niyat etgan yurishlarida yuz beradigan xavf-xatarlardan 
ogohlantirish uchun ba’zan harbiy kengashlarda ham qatnash-
ganlar. Hammangiz ham sodiq katoliksizlar. Men sizlarning ru-
honiylaringiz bo‘lganligim uchun bu haqda o‘y-fikrlarimni 
aytishga majburman. — yepiskop ma’nodor qilib picha to‘xtadi. 
— Panlar, eslaringizdan chiqarmangizki, siz bilan biz Rossiya-
Avstriya chegarasining qoq o‘rtasida yashaymiz. Hozirgi paytda 
bu chegara o‘chirilgan. Rossiyada bo‘lgan ukrainlar inqilob ni-
maligini allaqachon bilib olishdi. Ishonamanki, ularning o‘z 
dvoryanlarini naqadar kuydirganliklari eslaringizda bo‘lsa ke-
rak? Nemislar bosqini ularni vaqtincha bosib qo‘ydi. Manavi 
yonginamizdagi Galitsiyada yashovchi ukrainlarning ham Rossi-
yadagi ukrainlar singari ish ko‘rmaganliklariga sabab faqat shu 
bo‘ldiki, Xudoning marhamati bilan bu yerda Avstriya impera-


60 
tori hukm surib turdi va uning tartibni saqlovchi qo‘shini bor edi. 
Endi na imperator qoldi va na qo‘shini. Sizlar aholisining o‘ndan 
to‘qqizi ukrainlardan iborat bo‘lgan mamlakatni o‘z qo‘l-
laringizga olmoqchi bo‘lasizlar. Pan Edvard graf Pototskiy bilan 
knyaz Radzivillning xatlarini menga o‘qib berdi. Ularning yer-
suvlari va zavodlari nuqul Volin bilan Podoliyada. Ular ham o‘z-
laricha harbiy bo‘linma tuzishyapti, ular ham hokimiyatni qo‘lga 
olishmoqchi. Ular sizlarning yordamingizga muntazir... Bu nima 
degan gap, panlar? Bu shu degan gapki, polyak davlati hali 
dunyoga kelmay turib, Ukraina va Belorussiya bilan urishishni 
o‘yladi. Axir, u yerda butun aholi bilan urishmog‘ingiz kerak 
bo‘ladi, illo ular sizlarni chet ellik bosqinchilar o‘rnida, dvoryan-
lar o‘rnida ko‘rib kurashurlar. Endi o‘zlaringiz muhokama qilib 
ko‘ringlar: davlat juvonmarg bo‘lib ketishni uddalay olmay turib 
— qattiq ta’birim uchun kechirgaylar — mana shu bosqinga 
kirisha oladimi? Agar Polshada moskallar
1
va qulvachchalardan 
o‘z vatanimizni himoya etish uchun “oyoqlantirish” mumkin 
bo‘lgan milliy ko‘pchilikka ega ekanmiz, bu holda polyak dvor-
yanlarining manfaati uchun ukrain va beloruslarni qanday qilib 
ukrain va beloruslarga qarshi oyoqlantira olasiz? Xudo taolo 
ko‘rib turgandir, mening dilimda birgina orzu bor, u ham bo‘lsa 
— butun dunyoda katolik dinining g‘alaba qilishidir! Lekin, pan-
lar, biz yosh bolalar emasmiz. Shuning uchun bilishimiz kerakki, 
Ukrainani ishg‘ol qilish uchun nemislarga uch yuz yigirma 
mingta askar kerak bo‘ldi! Sizlar bo‘lsangiz faqat bir oydan 
keyingina askarlaringizning ikki mingga yetishini umid qilasiz... 
Panlar, men Pototskiylar, Radzivillar, Sangushkolar va boshqa 
besh-oltita magnatlarning manfaatini qurbon berib, Polsha qirol-
ligini tayanchimiz bor joyda mustahkamlasak deyman... 
Yepiskop tomonidan ismi magnatlar qatorida diplomat-
1

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin