Jahon adabiyotining so‘nmas yulduzlari nikolay Alekseyevich ostrovskiy bo‘ron bolalari



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/40
tarix12.10.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#154791
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   40
Nikolay Alekseyevich Ostrovskiy. Bo\'ron bolalari

 
1
Vivat 
— 
yashasin 
(tarjimon).


75 
TO‘RTINCHI BOB 
— Tate, qara quyosh mehmon bo‘lib keldi! — Moyshe if-
los polga tushib turgan oltin nurlarni mitti qo‘llari bilan tutadi. 
— Tate! Senga ozgina quyosh olib kelib beraman... Qochib ket-
yapti, unamayapti... 
Moyshe ko‘zlarini qisdi. Uning yuziga bir nur kelib tushdi. 
U biladi: hozir quyosh uxlagani ketadi, keyin hamma yoq qop-
qorong‘i bo‘lib qoladi. Hozir bobosi bilan tatesi bolg‘alarini tez-
tez taqillatib ura boshlashadi. Kun botayotganda hamisha shun-
day qilishadi, chunki chiroq yoqqani kerosinlari yo‘q. Ular esa 
etik tikishlari kerak. Ertaga beliga kattakon pichoq taqqan, juda 
jahldor amaki kelib bobosiga o‘shqira boshlaydi. Moyshe u 
amakining bobosiga nimalar gapirganligini bilmaydi, bobosi esa 
biladi, u ham Moyshe tushunmaydigan allaqanday narsalarni 
gapiradi. Bobosi hamma narsani biladi. Moyshe nimaiki so‘rasa, 
u hamma vaqt aytib beradi... Ana, buvisi temir o‘choqqa tarasha 
yoqyapti. Hademay ovqat yeymiz. Moyshe qorni allaqachon och-
ganligini eslaydi. Ko‘pdan beri shirinroq ovqat yegani yo‘q. 
Hamma vaqt yeydigan ovqatlari suvda pishirilgan loviya. Bu 
ovqatni pishiraverish qachon buvisining joniga tegarkin? Ehti-
mol, Sarra xolasi olmami, konfetmi olib kelar? Moyshe konfetni 
ham yaxshi ko‘radi. Sarra xolasini ham. Sarra xolasi mehribon, 
yaxshi. Sarra xolasi tikishdan qo‘li bo‘shagan vaqtlarda hamisha 
Moysheni o‘ynatib o‘tirardi. Moyshe ko‘pgina xolalar allanima-
lar tikayotgan uyni ko‘rgan... Sarra xolasining ko‘zlari katta-
katta! Xuddi mumday qop-qora. Moyshe qarasa, o‘zini ham ko‘-
radi... Moyshening ham o‘z burchagi bor, uning burchagi stol ta-
gida. Uning butun boyligi: xarragi, charm rezgilari, otasi hadya 
qilgan bolg‘achasi, mix cho‘plari shu yerda. Moyshe ham etik ti-
kadi, lekin u tikkan etiklar qo‘g‘irchoqning oyoqlarigagina 
to‘g‘ri keladi. 


76 
Moyshe stolning tagida yayraydi. U bu yerda hech kimga 
xalaqit bermaydi, onasi ham: “Oyoq ostida ivirsima”, — deb ba-
qirmaydi. Otasi bilan bobosi uyning ikkinchi burchagida o‘tirib 
ishlashadi, bular o‘tirgan burchakning shiftida tuynuk bor. U yer-
dan oftob juda kam tushadi, tushganda ham lip etibgina o‘tib ke-
tadi. Moyshe oftob bilan o‘ynashguncha bo‘lmay, u darrov ketib 
qoladi. 
Pechka bor burchak — onasi bilan buvisiniki. Uchinchi 
burchakda karavot turadi. Buvisi pechka ustida, Sarra xolasi san-
diq ustida yotadi. Bobosi charm solingan quti ustida, onasi bilan 
otasi karavotda yotishadi. Moyshe bo‘lsa navbatma-navbat ham-
masi bilan yotadi. Uyning burchagi — to‘rtta, Moyshening ham 
yoshi to‘rtda. Otasi kecha bobosiga aytgan edi. Otasi aytgan so‘z-
larini esda olib qololmadi. Eshik g‘ijirladi. Ha-a-a! Sarra xolasi 
kelyapti-ku! Moyshe suyunganidan irg‘ishlay ketdi. 
Moyshe yugurib borib Sarra xolasining tizzasini quchoq-
ladi. Moyshega shirinliklar olib kelganmi-yo‘qmi — mana hozir 
biladi... Moyshe kechqurunlari qayerda o‘tirish yaxshiligini bila-
di — Sarra xolasining tizzasida! Xolasining sochlari uzun, o‘rim-
lari yo‘g‘on. Soch o‘rimlarining uchi mayingina, burniga tegizib 
qitiqlashga juda qulay-da. 
Bolg‘alar tez-tez taqirlay boshladi... Oqshom hademay 
qora do‘ppisi bilan derazani yopib qo‘yadi. Faqat temir o‘choq 
ostidagi xira yorug‘likkina uyni yoritib turadi. 
Onasi non kesadi. Otasi bilan bobosi qo‘llarini yuvadilar. 
— Nega indamay o‘tiribsan, Sarrajon? — deb so‘radi 
otasi. 
— Shpilman meni ishdan haydab yubordi. 
— Nima uchun? — deb hammasi baqirib yuborishdi, fa-
qat Moyshegina jim qoldi. 
— Uni qonxo‘r deganim uchun. 
Moyshe “qonxo‘r” degan so‘zning nimaligini bilmasa 


77 
ham, lekin qo‘rqinchli narsa bo‘lsa kerak, deb o‘yladi. 
— Ha, nima deb o‘ylab eding, shu so‘zing uchun oyliging-
ni oshirib qo‘yarmidi bo‘lmasa? — deb onasi zarda qildi. U Sarra 
xolani yomon ko‘radi. 
— Senga qolsa, indamasligim kerak ekan-da, a Fira? Oy-
dan oyga ish haqimizni kamaytirib bordi, kuniga o‘n to‘rt soatdan 
ishlatdi. O‘zi boyidi, bizdan esa hadeb yulib qoldi. Joningni 
olgur, gazanda! 
— Endi nima qilamiz-a? Sening oyligingni uy ijarasi 
uchun kelasi oyda Abramaxerga to‘lamoqchi bo‘lib turgan edik, 
— dedi bobosi vahm bosib. 
— Bu bilan Sarraning necha pullik ishi bor? U o‘z bil-
ganicha yashaydi, uning o‘z g‘ururi bor... Bu kishi oliynasab pani 
bo‘lishga sal qolganlar! Xo‘jayinga qattiq gapirishdan toymaydi, 
ertaga yeyishga ovqati yo‘qligini bilmaydi. Yoki: “Akam bilan 
otam boqib oladi”, — deb umid qilasanmi? — Moyshening onasi 
shunaqa deb baqira ketdi. 
Moyshe onasiga qo‘rqib qarab turdi. Opasi oriq, qirg‘iy-
burun. Onasi kasal, hamisha zahar sochib yuradi. 
— Janjal qilma, Fira. Agar uyda biron baxtsizlik yuz ber-
gan bo‘lsa, ming janjal qilganing bilan kamaymaydi. 
Bu so‘zlarni bobosi aytdi. U Sarra xolasi bilan Moysheni 
yaxshi ko‘radi. Bobosi qarib qolgan. Soqollari uzun, oppoq. 
Qoshlari xo‘mraygan, ko‘zlari esa mehribon. U hamma vaqt 
egilib o‘tiradi, shuning uchun yelkasi bukchayib qolgan. 
Birov eshikni taqillatdi. Ana eshik ochildi. Moyshe kerilib 
kirib ketayotgan Abramaxer amakini ko‘rdi. Boshqalar ham unga 
qarab jim turdi. 
Oxiri bobosi gapirdi: 
— Oqshomlari xayrli bo‘lsin, Abramaxer janoblari! Mar-
hamat, o‘tirsinlar. Fira, shamni yoq. 
Moyshe bobosidan: “Iyi, bugun shanbami?” — deb so‘ra-


78 
gisi keldi-yu, lekin g‘o‘daygan amakidan qo‘rqdi. 
— Men bilgani keldim, Mixelson, ijara haqini to‘lashni 
o‘ylaysizlarmi yo boshqacha chora ko‘raymi? — deb so‘radi 
g‘o‘daygan amaki. 
Endi picha shoshmay tursinlar, Abramaxer janoblari. 
Albatta, to‘laymiz! Faqat hozir pulimiz yo‘q, xolos. Aqalli, bir 
markamiz ham yo‘q! O‘zingizga ma’lum, hozirgi kunda kam-
bag‘al odamning tirikchiligi qiyin bo‘lib qoldi. Topganing ov-
qatdan ortmaydi. Biz: “Sarra oylik olar”, — deb o‘ylagan edik, 
lekin Shpilman janoblari uni haydab yuboribdi... — deb bobosi 
sekingina javob qildi. 
G‘o‘daygan amaki Sarra xolaga qarab qo‘ydi. U devor 
ustida biqinib, chumchuqlarni poylab o‘tirgan semiz mushukka 
o‘xshaydi. Ayyor mushuk! O‘zi uxlaganga o‘xshasa ham ko‘zi 
hamma narsani ko‘rib turadi. Bironta chumchuq devorga qo‘ni-
shi bilan tappa bosadi!.. Bu amakining mo‘ylovlari ham o‘sha 
mushuknikiga o‘xshar ekan. 
— Bu bilan mening ishim yo‘q. Men sendan: “Ijara haqini 
qachon to‘laysan?” — deb so‘rayapman. 
U shapkasini kiydi. Oh, tezroq chiqib ketsaydi! 
— Agar ertaga o‘tgan to‘rt oyning hammasi uchun olt-
mish marka to‘lamasangiz, indinga o‘zingizni ko‘chada ko‘rasiz. 
— Qanday qilib ko‘chada ko‘ramiz? Axir, qish kirib qoldi-
ku! Xudodan qo‘rqsinlar! Siz ham yahudiysiz-ku, axir! — deb 
buvisi yig‘ladi. 
— Men, avvalo, uyning xo‘jayiniman. Xudo uchun va 
gadoy yahudiylar uchun har oy sizlarning menga bo‘lgan qar-
zingizdan ko‘ra ko‘proq xayr qilib turaman. Agar: “Yahudiy ya-
hudiyga ijara haqi to‘lamasligi kerak”, — deb o‘ylasangiz, juda 
katta xato qilgan bo‘lasiz, — dedi amaki... 
— Shu ham uy bo‘libdimi? Go‘r-ku! — deb otasi shu qa-
dar baqirib yubordiki, Moyshening kapalagi uchib ketdi. 


79 
— Ha-ha. Hali go‘r deng? Bo‘lmasa o‘n besh markaga 
qasrda turgingiz bormidi?.. Bo‘ldi, gap bitdi. Ertaga pul tayyor 
bo‘lsin! Innaykeyin, o‘zlaringizga boshqa joy izlanglar. Men 
sharm-hayosi yo‘q odamlarni uyimda saqlash uchun o‘lib tur-
ganim yo‘q, — dedi-da, eshikka qarab o‘girildi amaki, 
Moyshening opasi uning orqasidan yugurdi. 
Shoshmang, Abramaxer janoblari! Erimning so‘ziga 
achchig‘ingiz kelmasin. Biz o‘qimagan, bilimsiz odamlarmiz, 
ehtimol, tuzukroq qilib gapirishni bilmasmiz. Kechiring bizni, 
Abramaxer janoblari! Albatta, to‘laymiz!.. Qarzimizning bir 
qismi uchun bironta ishingiz bo‘lsa, qilib bersak, qanday bo‘lar-
kin? Masalan, kirchi yollab turasiz-ku? Men jon-dilim bilan kir-
laringizni yuvib berardim... Yo bo‘lmasa Abramaxer xonim 
uchunmi, qizlari uchunmi, ishqilib, tikiladigan biron ishlari chi-
qib qolar? Sarra qilib berardi, — deb kerik amakiga yolvordi 
onasi. 
Amaki Sarraga yana bir qur qarab olgach: 
— Xo‘p bo‘lmasa, yana bir necha kun kutaman, — dedi-
yu, keyin Sarra xolani barmog‘i bilan ko‘rsatdi. — Xayr, ertaga 
idoramga kelsin, ajab emas, unga loyiq ish topilib qolsa... Lekin 
pulni har nima qilib bo‘lsa ham topib qo‘yinglar... — deb 
g‘o‘daygan amaki chiqib ketdi. 
Moyshe uning orqasidan tilini chiqarib bir ermak qilgisi 
keldi-yu, lekin ertalab mushukning dumiga mix qutisini bog‘lab 
qo‘yganda onasi tutib olib qulog‘idan cho‘zgani esiga tushdi-da: 
“Onam ko‘rib qolib tag‘in qulog‘imdan cho‘zib yurmasin”, — 
deb tilini chiqarmadi. 
* * * 
Sigizmund Rayevskiy kichkinagina hujrasiga faqat yarim 
kechadagina qaytib kelardi. Yadviga uni vahima bilan kuzatib 


80 
yurdi. Kechasi erini quchoqlab, pichirlardi: 
— Seni juda kam ko‘ryapman... Tag‘in o‘sha vaqtdagiday 
qilyapsan, Zigmund! Yuragimda tinchlik yo‘q — sening 
g‘amingni yeb qo‘rqaman! Asli peshonam sho‘r ekan-da... Kel-
gan vaqtingda baxtimga ishonmagan edim. Axir, tushunsang-chi, 
Zigmund, necha-necha yillar sensiz o‘tdi! Yolg‘iz qoldim... 
Sigizmund yo‘g‘on qo‘lini jimgina uning yelkasiga tashla-
di. Bu narsa Yadviga uchun har qanday shirin so‘zdan ham qadrli 
edi. Burunlari ham eri shunday so‘zlarni aytishni bilmas edi. Le-
kin uning naqadar otashin, naqadar shirin seva olishligini Yadvi-
ga bilardi, Varshavada bo‘lgan yashirin majlisda birinchi marta 
uchrashganlari Yadviganing xotirasida gavdalandi. Sigizmund-
ning o‘sha vaqtdayoq, o‘rtoq Xmuriy degan partiya laqabi bor 
edi. Yadviga bu majlisdan Polsha sotsial-demokratik ishchilar 
Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin