partiyasining a’zosi bo‘lib ketgan edi. Vodoprovodda slesarlik
qiluvchi uzun bo‘yli bir kishi bu yangi o‘rtoqni to uyigacha
uzatib qo‘ygan edi: u qo‘mita a’zosi o‘rtoq Xmuriy edi. Ana shu
kechadan do‘stliklari boshlandi, so‘ngra esa sevgi-muhabbat...
— Zigmund, sizlardan ajralib qolishni o‘ylasam, yuragim
orqamga tortib ketadi. “Sizlardan” deyapman, negaki o‘g‘ling
ham sening soyang bo‘lib qoldi. U sendan sira ko‘z uzmaydi...
Bilaman, bundan boshqacha ham bo‘lishi mumkin emas. Lekin,
tushunasanmi, bu narsalar mening qalbimga qanchalik ta’sir qila-
di? Qayerdaki bo‘lmayin, nimaiki qilmayin — xayolim sizlarda!
Men shu qadar qiynaldim, shu qadar azob-uqubatlar tortdimki,
endi bu ayriliqqa chidash berolmayman...
Sigizmund uni to‘xtatmoqchi bo‘lgandek, yelkasini
changallab qisdi.
— Unday qilmagin-da, Yadzya! Barini tushunaman. Dard-
ning nimaligini men ham bilaman. Ona-da bu, albatta, kuchli
bo‘ladi. Ayriliq yomon narsa. Axir, qanday chora bor boshqa?
Sen ham partiyada bo‘lgansan-ku. O‘zing yaxshi bilasan, modo-
81
miki, kurash boshlangan ekan, hammamizning maqsadimiz bitta
bo‘lishi — hech nimani, hatto aziz jonni ayamasdan dushmanni
tor-mor keltirish bo‘lishi kerak. — U ko‘kragiga xotinining boshi
va ko‘z yoshlari ivitgan beti qo‘yilganini sezdi. Yadviga pari-
shon, ojiz bir holda erining so‘zlarini tinglardi.
— Men seni: “Partiyadan ajralib qolding”, deb qoralamoq-
chi emasman. Bunday hodisalar bo‘ladi, kuchsiz-zaif odamlar
kurash og‘irligiga chiday olmaydilar. Bu yillar ichida hamma
ham partiya bayrog‘ini qo‘lda tutib qololgani yo‘q. Ba’zilar
partiyadan uzoqlashib, butun fikr-zikri bilan oilasining g‘amini
yeyishga kirishib ketdi. Undaylar uchun oilasining halokati —
o‘z halokati degan gap. Ammo butun hayotni shu kulbada o‘tka-
zish mumkinmi? O‘zing o‘ylab ko‘r, Yadzya. Bizga qaytib kela-
san, azizim, ana unda yana baxt-saodat topasan... Bizning boshi-
mizga nima tushsa, tushsin, lekin senda hamisha faqat insoniyat-
gagina ma’lum bo‘lgan eng chiroyli, eng olijanob hayot maqsadi
qoladi.
Yadviganing lablari sekingina erining yuragi urib turgan
joyga tegdi. Buyuk inson mehr-muhabbatiga g‘arq bo‘lgan Sigiz-
mund xotinini o‘ziga tortdi...
Uyning ikkinchi tomonida o‘g‘li og‘ir-og‘ir nafas olib yo-
tar, qattiq uyquda qo‘llarini yozib yuborib tush ko‘rar edi.
“Tushida otasi bilan baland bir qo‘rg‘onda turishgan
emish. Atrofi uchi-keti ko‘rinmaydigan dasht-biyobon emish,
tun... Sharq tomondan ravshan shafaq ko‘rinib turar, go‘yo bepo-
yon sahro yonayotganday bo‘lar emish. Shamol boshlanayotgan
bo‘ronning dahshatli guldurosini keltirar, ko‘z ilg‘agan olislarda
odamlar to‘lqini siljib borar emish. Yorug‘ nur tushib turgan
bayroqlar alangadan ham ravshanroq lovullar, po‘latdek tovlanar
emish. Yer ot tuyoqlari ostida titrarmish. Bularning ustida qud-
ratli ashula yangrar, dunyoni to‘ldirar emish. “O‘g‘lim, biznikilar
kelishyapti. Yur, peshvoz chiqaylik”, — deb otasi uning qo‘lidan
82
ushlar emish”.
Rayevskiylar juda erta turishdi. Yakshanba edi. Bugun vo-
dokachka mashinistining uyida inqilobiy ishchilar yig‘ilishadi;
mashinistning uyi stansiyadan yarim kilometr keladigan daryo
bo‘yidagi jarlikda edi. Rayevskiy zulmdorlarga qarshi bir vaqtlar
birlikda kurashgan odamlarda saqlanib qoladigan birodarlik
aloqalari orqasida bularni mana shu o‘tgan kunlar va kechalar
bo‘yi har yoqdan izlab yurib topgan edi. Kurashlardan vaqtincha
chetlashib ketgan eski partizanlarni ham qidirib topdi. U qayer-
gaki oyoq bosmasin, har yerda orqasidan to‘rt ko‘z bo‘lib yurgan
o‘g‘li borligini sezib turardi. Mana hozir, ishchilar mashinistning
kenggina uyiga to‘planganlarida ham Raymond depoga burilib
ketadigan o‘qchilarning baland muyulishdagi joylashgan bo‘sh
uychasida o‘tiribdi. Bu yerdan unga hamma yoq ko‘rinib turadi.
Pastda — daryo bo‘yida vodokachka. Uychaning o‘ng tomoni-
dagi oynadan baland ko‘tarilgan, temir yo‘l bilan shimolga qarab
cho‘zilgan po‘lat relslar ko‘rinib turadi. Chap yoqdagi oynakdan
poyezdlar kelib kiradigan izlar, depo va uning orqasidan vokzal
ko‘zga chalinadi.
Mashinist Kovallo ko‘prikni tuzatayotgan jishi bo‘lib, shu
atrofda ivirsib yurardi. Daryo bo‘yidagi so‘qmoqdan to‘rtinchi
odam o‘tib ketgandan so‘ng u boltasini qo‘ltig‘iga qisib, uycha
tomon ketdi.
Raymondga quruqqina qilib:
— Ko‘zingni katta och endi, bola, — dedi u. — Endi
keladigan hech kim qolmadi. Agar bitta-yarimta odam yo‘lakay
o‘tib qolsa, qo‘yib yuboraver. Basharti pastga qarab tushguday
bo‘lsa, darrov shapkangni silkit. Qizimni chiqaraman, menga
kelib aytadi.
U ham pastga tushib ketdi.
* * *
83
Kovallo uyga kirib kela turib, qiziga:
— Olesya, bor, mayda-chuyda ishlarga qara. Lekin men
aytgan narsa esingdan chiqmasin, — dedi. — Hamma to‘plandi,
shekilli? Endi gapni boshlasak ham bo‘lar. — Kovallo o‘tirgan-
larga savol nazari tashlab chiqdi. U oqarib ketgan dag‘al soqoli
va kalta qilib tarashlangan sochlari bilan kirpitikanga o‘xshardi.
Kovalloning aqlli kulrang ko‘zlari Rayevskiyga kelib to‘xtadi,
keyin u stol yoniga o‘tira turib:
— Demak, so‘z senga beriladi Zigmund. Boshlayver, qu-
log‘imiz senda, — dedi.
So‘ng boshqalarga qarab:
— Aytmoqchi, tanishmisizlar? — deb so‘radi. — Biz-ku
eski oshnamiz. O‘zlaring bilasizlar, uni bu yerga tinib qolgan
suvni chayqatgani yuborishgan. Nafsilamrga, biz xalqdan juda
orqada qolib ketdik. Shaharda g‘ulg‘ula bo‘lyapti, biz ham buni
o‘ylab ko‘raylik-da.
Grigoriy Kovallo ukraincha so‘zlardi.
— O‘rtoqlar! — deya Rayevskiy so‘z boshladi. — Mahal-
liy inqilobiy qo‘mita menga sizlar bilan ba’zi masalalarni muho-
kama qilishni topshirgan edi.
Uyning bir burchagiga jo‘ngina joylashib olgan oriqqina
Vorobeyko soddadillik bilan:
— U qo‘mitada kimlar bor o‘zi? — deb so‘radi.
U o‘tirganlar orasida eng yoshi edi. Rayevskiy unga qarab
bir kulimsirab qo‘ydi.
— Ko‘nglingiz to‘q bo‘laversin, ishonchli odamlar...
Vorobeyko izza bo‘lib qoldi.
Rayevskiy so‘zini davom ettirdi:
— Bizda hozir partiya tashkiloti bor. Lekin hali ozmiz —
faqat o‘ttiz yetti kishigina. Ammo bular sinalgan kishilar. Sha-
harda o‘zgarish bo‘layotganga o‘xshaydi. Nemislar ketishyapti,
84
panlar esa hokimiyatni qo‘llariga olishyapti. “Ana shu qo‘llarga
uraylik”, — desak, hozir bizda hech nima yo‘q. Demak, harakat
qilish, temiryo‘lchilarni, qand zavodi ishchilarini oyoqqa turg‘a-
zish kerak! Agar bu go‘ngqarg‘alar mahkam o‘rnashib olishsa,
so‘ngra ularni quvish ancha qiyin bo‘lib qoladi.
Rayevskiyning ro‘parasida o‘tirgan Danilo Chobot og‘ir-
gina qimirladi, shunda tagidagi eski taburetka zorlanganday g‘i-
jirlab ketdi, bu bichilishi tuzuk bo‘lmasa ham, lekin tikilishi
pishiqqina, parovozining ovqati, ya’ni, toshko‘mir singari qop-
qora odam edi.
— Masala oydin... Xo‘sh, panlarni nima bilan uramiz?
Xalqni qo‘zg‘atishimiz-ku, turgan gap-a! Qurol yo‘q-da! Yolg‘iz
musht bilan murod hosil bo‘lmas, — deb yo‘g‘on ovoz bilan
g‘udrandi u.
Hamma yalt etib uning katta mushtiga qaradi.
— Agar ish qurolga qarab qolgan bo‘lsa, uzoqqa borib
yurmaymiz — yettinchi yo‘lning oxirida muhrlangan bir vagon
turibdi. Uning ichida miltiqlar solingan qutilar bor. Yuklayot-
ganlarida o‘zim ko‘rganman, — dedi Vorobeyko jonlanib. —
O‘q bo‘lsa, stansiya yonidagi to‘p omborida to‘lib yotibdi — it
yemaydi! Agar ish shunday bo‘lsa, bugun kechasiyoq vagonni
shu yerga — vodokachkaning
oldiga keltirib, yarog‘larni bir
zumda tushiramiz-u, zaxira kameraga kiritib qo‘yamiz. Vodo-
kachka xilvat joy, bu yerda hech kim sezmaydi... Faqat og‘zimiz-
ni ochib qolmasak bo‘lgani.
* * *
Raymond uycha tomonga kelayotgan yigitga qarab qoldi.
Yigit tepalikdan to‘g‘ri shu yoqqa qarab kelmoqda, shamol esa
ashulasidan parchalar uchirib keltirmoqda edi:
85
Mangu sen menikisan, e sevgilim,
Ajratur ikkimizni yolg‘iz o‘lim!
Havo sovuq bo‘lsa ham, lekin guppi nimchasining oldi
ochiq edi. Aftidan, kayfi chog‘ bo‘lsa kerak. Malla shapkasi
boshining orqasiga surib qo‘yilgan, o‘siq javdarrang qo‘ng‘iroq
sochi esa shamolda hilpirardi. U qo‘llarini cho‘ntagiga solib,
ashulani vang qo‘ygan holda kelar edi.
Raymond tanidi. U qand zavodining qozon bo‘limida o‘t-
yoquvchi bo‘lib ishlovchi Andriy Ptaxa edi.
Endi Raymondni Ptaxaning qaysi tomonga borishi tash-
vishga sola boshladi. Agar qishloqqa boradigan bo‘lsa, chorra-
hadan o‘tib, o‘ng tomonga qarab ketadi. Ana chorrahaga keldi...
Yo‘q, shu yoqqa burildi! Demak, vodokachkaga borar ekan! Bu
yoqdan faqat vodokachkaga boriladi. Raymond uychadan chiqdi.
— Hoy, Andryusha!
Ptaxa o‘girildi-yu, Raymondning qayerdan paydo bo‘l-
ganiga ajablanib, u tomonga yura boshladi.
— Yo‘l bo‘lsin, Andriy?
— Grigoriy Mixaylovichnikiga. Uyini ko‘rdingmi, hu-u
ana — pastda.
— Nima ishing bor?
— Ishim? Hm... Bir ishim bor-da. Men senga aytsam,
odamni o‘ziga isitib oladigan bir qushchasi bor... Shunaqa, har
yakshanba kuni kelib, o‘sha qushchaning nag‘masini eshitib ke-
taman. Yaxshi sayraydi qurg‘ur! — deb Ptaxa ayyorlik bilan
kulimsirab javob qildi-da, Raymondning qo‘lini qattiq qisib: —
Ha, o‘zing nima qilib yuribsan bu yerda? — deb so‘radi.
— Menmi? Shunday... Tasodifan shu yerdan chiqib
qoldim. Bir umr bu yerlarga kelmagan edim... Bir ko‘ray dedim-
da, — dedi Raymond dudmol qilib.
Ptaxa kulimsirashdan to‘xtadi. Kulrang dadil ko‘zlari
86
Raymondni ishonchsizlik bilan kuzatdi. Shapkasini qoshigacha
bostirib oldi.
— Bir ko‘ray debsan-da? Men bunday xo‘rozchalarni ko‘p
ko‘rganman! — dedi u, so‘ng jahl bilan qosh-qovog‘ini jiyirib,
ilova qildi: — Boshqa yerni tanlasang, tuzukroq bo‘lardi. Bu
yerni ilgariroq ko‘rganlar bor, tushundingmi?
— Hech tushunganim yo‘q!
— Unday bo‘lsa bu chigallik mushtlashsiz yechilmas
ekan!
— Mushtlashsiz? Nima uchun? Aftidan, bugun ichib ol-
ganga o‘xshaysan...
Lekin Ptaxa mushtlashish niyati bilan qo‘lini cho‘ntagidan
chiqardi.
— Xo‘sh, o‘zing-chi, nima jinnilik qilyapsan? “Hali, hoki-
miyat bizniki, nima qilsam qilaveraman”, — deb o‘ylaysanmi?
Tuflab tashlayman men buning hammasiga! Quloqlaringning
tagida shavla qaynata boshlaganimdan keyin ko‘rasan, xoxol-
larga osilishning oqibatini. Chiqargan buyruqlaring ham yordam
berolmaydi senga! — deb do‘q qildi Andriy.
Andriyning qilig‘i joniga tega boshlagan Raymond:
— E-e, qo‘ysang-chi, Andriy! Hokimiyat deganing nima-
si? Qanday buyruqni aytyapsan? Juda mushtlashging kelgan
bo‘lsa, boshqa odam top, — deb javob qildi.
— Ha, qaltiroq bosdimi? Mushuk kimning go‘shtini yega-
nini biladi! Siz polyakvachchalar hammangiz bir: tashingiz yalti-
roq, ichingiz qaltiroq! Xoxollarni eshak qilib minishga o‘rganib
qolgansizlar.
Raymond u tomonga bir qadam bosdi. O‘zini zo‘rg‘a tutib,
sekin gapirdi:
— Mast bo‘lmaganingda shu so‘zlaring uchun qovur-
g‘angni sindirardim... Xuddi qopag‘on itday irillaysan-a! Men
seni tuppa-tuzuk yigit deb yurardim... Nima sababdan butun pol-
87
yak xalqini haqorat qilasan? Mening ustim qanaqasiga yaltiroq?
Kimni eshak qilib minibman? Voy tentag-ey!
Pastdan bir qiz qo‘ng‘iroqdek tovush bilan:
— Andri-iy! — deb chaqirib qolmaganda, kim bilsin, bu
mashmasha nima bilan tugar ediykin.
Ikkovi ham yalt etib qaradi. Pastdagi uy oldida, suv kame-
rasining sementlangan maydonchasida Olesya turar edi. Ptaxa bir
necha soniya ikkilanib turdi. So‘ngra shapkasini tag‘in orqasiga
surib qo‘yib, pastga tusha boshladi. Bir necha odim nari bor-
gandan so‘ng to‘xtadi-da, Raymondga emas, allaqayoqqa qarab:
— Har nima bo‘lsa ham, tomoshangni boshqa yerda qil.
Yo‘qsa, o‘zimizning odam bo‘lsang ham, jig‘ingni ezib qo‘ya-
man, tushundingmi? — dedi.
Olesya Andriyning kelishini sabrsizlik bilan kutar edi. Qu-
ruq va achchiq daydi shamol hatto jarga ham kirib kelar, Olesya
bu shamolning odobsiz qo‘llaridan yubkasini qutqazish uchun u
bilan kurashishga majbur bo‘lardi.
Issiq to‘r ko‘ylak Olesyaning ko‘krak va yelkalariga yopi-
shib turar edi. U o‘n olti yoshga to‘lib, o‘n yettiga qadam qo‘y-
gandi. Ko‘zlari qora, o‘zi qoramag‘iz, quvnoq va g‘ayratli qiz
edi. Undagi qiz uyatchanligi bilan sho‘xchanlik har bir hara-
katida aks etib turar, bu ziddiyat hammani o‘ziga jalb etardi.
Tog‘ kiyigi kabi kelishgan qomatli Olesya o‘zining joziba-
dorligini bilardi. Unda uyg‘ongan ayollik balog‘ati g‘oyat go‘zal
harakat va ajoyib noz-karashmalar qilishga undar, u ham o‘zi
bilmagani holda boshqalarga yoqish istagi bilan g‘amzalar qilar
edi.
Olesya salomlashishga ham qo‘ymasdan:
— U bilan nima to‘g‘risida gaplashding? — dedi
Andriyga tikilib.
— Shunday... Qarindosh-urug‘lar to‘g‘risida. Uning otasi
bilan mening buvim oftobda qatiq yalashgan qarindosh... Ha,
88
o‘zing-chi, u bilan ajiy-ajiy o‘ynashyapsanmi? Sovuqda o‘yna-
guncha, uyga olib kirsang bo‘lmaydimi? Men: “Uni bir qizitib
qo‘yay”, — deb turuvdim-u, sen...
Andriy birdan to‘xtab qoldi. Qizning ko‘zlari shu qadar
sovuq boqar ediki, u o‘zini yo‘qotib qo‘ydi.
— Xo‘sh, tag‘in?
Bu savoldan Ptaxa oshkora bir tahdid uqdi. Pichoq suyak-
ka borib yetdi. Lekin Andriy gina qilishni istamadi, chunki u bu
yerga ginaxonlik qilgani kelgan emasdi. Shunday bo‘lsa ham
Raymondga uchrab qolishi, buning ustiga Olesyaning iltifotsiz,
hatto jahl bilan tergashi butun kayfini buzib yubordi.
— Tag‘in nima? — Olesya poshnasini taq etkazib betonga
urdi.
— Tag‘in unga: “Yo‘qol, la’nati buvingnikiga daf bo‘l”,
— dedim, tushundingmi?
Andriy ishning pachava bo‘lganligini sezib choponini tes-
kari kiyib oldi. Shamol kelib, yana Olesyaga urildi. Olesyaning
jahli chiqdi, qilpillab uchayotgan yubkasini bir urdi. Andriy
kamtarlik bilan ko‘zlarini quyi tushirdi.
— Voy eshshak! Voy eshshak! Endi nima deb o‘ylaydi u?
— deya pichirladi qiz.
Andriy uning yoshlangan ko‘zlarini ko‘rib xafa bo‘ldi.
— Hay, men eshshak bo‘lsam bo‘la qolay, o‘zing nimaga
yig‘laysan? Men-ku senga hech nima...
— Menga aytyapsanmi: “Nimaga yig‘laysan?” — deb?
Obbo, endi har qanday bola oldida ham yig‘lashim qolgan ekan-
da! Shamol ko‘zimni achishtiryapti-yu, u... Bu kishi yana oliy-
janob yigit emishlar! Mishig‘ini eplay olmaydi-yu, tag‘in... Hay,
menga qara, bu yerda nima bor senga, pishirib qo‘yganmi? Ne-
cha bor: “Seni ko‘rishga ko‘zim yo‘q”, — deb aytdim-ku, axir!
— Bu gapingni eshituvdim, shekilli.
— Yo‘qol ko‘zimdan, turqing qursin.
89
Olesya teskari qarab oldi. Andriy qanday qilib yarashishni
bilmasdi. U Raymondning bu yerga qiz bilan ko‘rishgani kelma-
ganligini fahmladi. Yo‘qsa Olesya o‘zini boshqacha tutgan
bo‘lar edi.
Andriy qayg‘urib:
— Buning alamiga bir chekib tashlasakmi! — dedi-da,
tamaki olish uchun qo‘lini cho‘ntagiga soldi. Shunda barmoqlari
taxlangan bir qog‘ozga urindi. Qog‘ozni oldi, ochib yana bir
marta o‘qidi: “Volindagi Polyak davlati qurolli kuchlari qo‘mon-
donining buyrug‘i...”
— Olesya, bilasanmi, manavi narsani otang o‘qiganmikin?
Shu topda o‘zi nima qilyapti? Meni ko‘rib juda fe’ling buzilib
ketdi, bo‘lmasa otangning oldiga kira qolsammikin?
— Bo‘lmaydi — mehmonlar bor. Bu yoqqa ber! — Olesya
uning qo‘lidagi varaqni oldi.
Buyruq polyak va rus tillarida bosilgan edi.
Olesya varaqaga tezgina ko‘z yugurtirib chiqqach,
Andriyga qarab:
— Orqamdan borma, men darrov kelaman... — dedi-da,
uy tomonga yugurib ketdi.
Andriyning ichiga chiroq yoqilganday bo‘ldi. Aftidan, ish
o‘nglanib borardi. U shamolga orqasini o‘girib olib, suyun-
ganidan tamakisini kattakon qilib o‘ray boshladi.
Uydagilar diqqat bilan quloq solib o‘tirishar, Rayevskiy
esa sekin-sekin, dona-dona qilib o‘qir edi.
Dostları ilə paylaş: |