Jahon adabiyotining so‘nmas yulduzlari nikolay Alekseyevich ostrovskiy bo‘ron bolalari


Psya krev ( polyakcha) — itdan tarqagan (haqorat). 104



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/40
tarix12.10.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#154791
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   40
Nikolay Alekseyevich Ostrovskiy. Bo\'ron bolalari

Psya krev
(
polyakcha) — itdan tarqagan (haqorat).


104 
hali qulfda. 
— Bundan chiqdi, sen muttaham ekansan-da? Raymond, 
cho‘ntagingga hazir bo‘l! Bo‘lmasa, hozir u ko‘zingni sham-
g‘alat qilib, cho‘ntagingni qoqlab ketadi! 
Pshenichek g‘azab bilan Andriyga o‘girildi. 
— Meni muttaham degan senmisan? Sakramenska 
potvora
1

— O‘zing aytding-ku! — dedi Andriy olishishga 
tayyorlanib. 
Keksa bir ayol Pshenichekning yengidan tortib qichqirdi. 
— Hay, muncha xo‘rozga o‘xshab bir-biringga yopish-
masang? Gapni gapga qovushtirishmaydi-ya! 
— Hay, hammani emas, deysanmi? Kimlarni olib qolish-
yapti? 
— “Haqiqat yo‘lida qamalganlarni”, — dedim-ku, ular 
o‘tirishadi hali! Qani — tag‘in bitta-yarimtang meni muttaham 
deb ko‘r-chi, naq qulog‘ingning tagida shavla qaynatib qo‘yay... 
Men ham haqiqat uchun o‘tirgan edim! Lekin nima uchun qo‘yib 
yuborishganiga o‘zim ham hayronman! 
Bashang kiyingan bir zot Pshenichekka do‘q urdi: 
— Hay bola! Nima deb vaysayapsan? Yo tag‘in panjara 
ichiga qaytib kirging bormi? — dedi-da, nonvoyning yelkasiga 
tayog‘i bilan bir turtdi. 
Bu kolbasa zavodining egasi bo‘lib, uni butun shahar xalqi 
tanirdi. 
Andriy uning qo‘lidan tayog‘ini tortib oldi. 
Nega uni urding, sassiq kolbasa? Ma, javobiga! — 
dedi-da, Andriy bir urib savdogarning boshidagi shlyapasini 
uchirib yubordi. 
Savdogar tepakal boshini changallab baqirdi: 
1
Potvora 
(polyakcha) — la’nati maxluq. 


105 
— Ushlanglar uni! Poli-tsi-ya! 
Tosh yo‘lda ot tuyoqlari taqilladi. 
— Bu nima yig‘in? — dedi ot choptirib kelgan Edvard 
Mogelnitskiy, so‘ngra ot ustida turib, qamoqxona oldidagi 
olomonga nafrat bilan ko‘z tashladi. 
— Poruchik Zaremba, maydon odamlardan tozalansin! 
Zaremba buyruq berdi: 
— Ta-arqa-al! 
Boshi ustida o‘ynatilgan qilich yarqiradi. 
Olomon guvullab qochdi, yo‘lida uchragan narsani yiqitib 
ketdi. 
Qamoqxona darvozasi oldida turgan legionerlar bo‘linma-
si miltiqlarini qo‘liga oldi. Bu narsa ham komandirga tabrik, ham 
olomonga tahdid bo‘la olur edi. 
* * * 
Raymond, Olesya va Pshenichek ikki daha chopib o‘tib 
to‘xtashdi. Legionerlar olomonni haydab yuborib, qaytib ketish-
di. 
— Andriy qani, a? Ko‘rganinglar yo‘qmi uni? — deb 
Olesya tashvishlanib so‘radi. 
Yugurishdan uning yuzlari qizargan, nafasi bo‘g‘ilgan edi. 
Nonvoy bola avval qizga, keyin Raymondga qaradi-da, 
xo‘rsinib jilmaydi. 
Tor ko‘chadan Ptaxa yugurib chiqdi. U qo‘lida tayoqni 
aylantirib, sekin-sekin chopib kelardi. 
— A-a-a! Bu yoqda ekansizlar-da! Tfu... Picha kechikib 
qolibman. — Uning ko‘zlarida kulgi chaqnardi. 
U do‘stlarning oldiga yetib kelib, devorga suyandi-da, 
qah-qah urib kula boshladi. 
— Voy, uning tiraqaylab qochganini bir ko‘rmadinglar-


106 
da! O‘laman! Hamma qocha boshlaganda yana bir marta kolba-
sachining boshiga tayoq bilan taqillatib tushirdim. Voy, shuna-
qayam qochdiki, buzoq ham ip esholmay qoladi! Axir, men zo‘r-
g‘a yetdim-da unga. Xayr-ma’zur o‘rniga tag‘in bir tushirdim! 
Mendan xuddi balo-qazodan qochgandek bir darvozaga urib 
ketdi... 
Pshenichek ham kulib yubordi. 
Raymond bilan Olesya ham o‘zlarini kulishdan tutib 
qololmadilar. 
— Sen bilan endi hech qayoqqa bormayman. Odamni 
sharmanda qilasan... Qara-ya, sening bunday bezori ekanligingni 
bilmagan ekanman... 
— Qo‘ysang-chi, Olesya, bugungi kun o‘zi shunaqa g‘ov-
g‘ali bo‘lsa, men aybdormi? — deb Andriy kuyinmay javob 
qaytardi. 
— Ma, oshna, tayoqni. Seni shu bilan urishgan edi, ol, sen-
ga esdalik bo‘lib qolsin... — Andriy tayoqni nonvoyga bera turib, 
so‘radi: 
— Aytmoqchi, bizning zavodliklarni ko‘rmadingmi u yer-
da? Patlay, Shirokiy deganlarni? 
— Nega ko‘rmay! Ular bilan birga o‘tirdim-ku. Vasiliy 
Stepanovich yaxshi odam ekan! Zavodliklar hammasi bir yerda... 
Ularning ichida tag‘in Pshigodskiy degan ham bor. U ham yaxshi 
odam ekan, — dedi Pshenichek ukrain so‘zlarini zo‘rg‘a qo-
vushtirib. 
Raymond picha o‘ylab turgach: 
— Bilasanmi nima qilamiz? — dedi. — Hozir Vasiliy 
Stepanovichnikiga boramiz, sen butun bo‘lgan narsalarni xotini-
ga aytib berasan. 
— U o‘zi ham bir-ikki og‘iz gap tayinlagan edi. 
— Tayinlagan bo‘lsa tag‘in yaxshi, yuringlar. Qani, 
tanishib qo‘yaylik. 


107 
* * * 
Qamoqxona boshlig‘i: 
— Kapitan janoblari, ozod etilganlardan bittasi sizga mu-
him bir narsa aytmoqchi, — deb Dzebekni ko‘rsatdi. 
— Xo‘sh, nima gap? Tez bo‘l! — dedi Vrona devon-
xonaga kirib kelib. 
— Oliynasab pane, janoblarini g‘alaba bilan tabrik etishga 
ijozat so‘rayman! Men ham polyakman, shuning uchun... — deya 
Dzebek hayajon bilan so‘z boshladi: 
— Gapni kalta qil! 
Dzebek gapining uchini yamlab qoldi, so‘ngra yaltoqlik 
bilan bir iljayib tezlashdi. 
— Men polyak bo‘lganim uchun, vatan yo‘lida sizga sid-
qidildan xizmat qilishga majburman... Qamoqxonaga anglashil-
movchilik orqasida tushib qolgan edim. 
— Gapni kalta qil, psya krev! — deb o‘shqirdi Vrona. 
— Pane kapitane, to‘qqizinchi kamerada qolgan odamlar-
ning xavfli ekanliklarini xabar qilishni o‘z burchim deb bila-
man... Ayniqsa Patlay xavfli odam... So‘ngra Pshigodskiy ham. 
Ularning og‘zi sira targ‘ibotdan bo‘shamaydi... Ayniqsa Patlay 
xavfli. U sochining tukidan tirnog‘igacha inqilobchi, pane kapi-
tane! Innaykeyin, Pshenichek degan bolani bo‘shatishga ijozat 
qildilar, janoblari. U juda yaramas bola! Hamma vaqt ular bilan 
og‘iz-burun o‘pishib keldi. U chiqib ketayotganda Patlay qulo-
g‘iga bir narsalar deb pichirladi. Kech bo‘lmasa, tutib qolishga 
buyruq bersalar. Agar pane kapitanega kerak bo‘lsa, hamma gap-
ni batafsil aytib berishga tayyorman. 
— Tuzuk! Gaplashamiz... Aytmoqchi, o‘zingiz nima ish 
qilmoqchisiz? 
— Janoblariga nima ma’qul kelsa, pane kapitane. 


108 
— Xayr, ko‘ramiz-da! Kim biladi, balki, josuslikni do‘n-
dirib yuborarsiz. Ammo menga nayrang ketmaydi! Yo‘qsa pe-
shonangizga bir o‘q yeysiz-u, o‘zingizni chuqurda ko‘raverasiz! 
— He-e, qo‘ysinlar-e, pane kapitane! Ishonchlarini zoye 
ketkizmayman. 
* * * 
Kechqurun Rayevskiy o‘g‘li bilan sekingina uyiga yaqin-
lashdi. Derazada chiroq yonib turar edi. 
— Demak, tinchlik. Oying uyda. 
Otasi uyga kirib ketdi, o‘g‘li darvoza oldida qo‘riqlab qol-
di. Raymond otasining topshirig‘i tufayli kun bo‘yi shaharda 
izg‘ib yurdi. 
Birozdan so‘ng uydan onasi chiqdi. Keta turib o‘g‘lining 
qulog‘iga shipshidi: 
— Patlayning xotini oldiga ketyapman. Oliva biznikida. 
Otangni kutib o‘tirgan edi. — Keyin zulmat ichida ko‘zdan g‘o-
yib bo‘ldi. 
“Jondan aziz onaginam! Biram o‘zgarib ketdiki! Butunlay 
boshqacha — xuddi yosh bo‘lib qoldi...” 
* * * 
— Hammasini bajaramiz, o‘rtoq Rayevskiy. Bosmaxona-
mizning omborida ehtiyot uchun turgan “bostonka”
1
bor. Qo‘l 
bilan ishlaydi. Bugun kechasi ularning shtabidan berilgan sho-
shilinch bir buyurtmasini bajaramiz. Buyruqlar, safarbarlik qo-
g‘ozlari va harbiy guvohnomalar bosish kerak. Shularning ham-
masidan sizga ham oz-ozdan keltirib beraman. Asqatib qolar
1

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin