121
OLTINCHI BOB
Dzebek tilla pogonli podporuchiklik unvoni va ming mar-
ka pul ishlab qolishga qattiq bel bog‘ladi. Iloji bo‘lmasa, olisroq
yerga qochishni jazm qildi. Buningsiz ham allaqachon joyni
o‘zgartirish kerak edi. Lekin hozir o‘yin boshlanib, kartalar endi
berilayotgan bir paytda bu tirriq o‘z ichidagi qo‘rquv shaytonini
yengdi. Oldin “bankani urish kerak”: “Yana shunday betayin
kunlar qachon kelar ekan?” — deb kutib o‘tirasanmi! Hozir dor-
ga osilish qanchalik oson bo‘lsa, general bo‘lib olish ham shun-
chalik oson. Ishqilib, o‘yinni boy bermaslik kerak! Katta o‘yin
bir marta bo‘ladi... Shunday qilib, u ishga kirishdi.
Dzebek ikki kapralni va pani Pushkalskayaning islovot-
xonasida yaqindagina shveysar bo‘lib yurgan jandarm serjanti
Kobilskiyni yoniga olib, ishchilar posyolkasiga qarab jo‘nadi.
Pshenichek turadigan uyning oldiga yetganda foytun
to‘xtadi.
— To‘xta! — deb Dzebek tosh yo‘lga irg‘ib tushdi. — Ko-
bilskiy, yur orqamdan! Hozir jin urgur Pshenichekni bosamiz...
— Qilichini ushlab olib, shoshganicha hovliga kirib ketdi.
Dzebek o‘zining qoq tumshug‘i tagidan orqaga, yo‘lakka
qarab qochgan nonvoyning baland qomatini ko‘rib, vahshiy bir
shodlik bilan baqirdi:
— Ana u! Ana! To‘xta! Otaman!
Leon Pshenichek uyiga otilib kirdi-yu, darrov eshikni
qulflab oldi.
— Voy xudo! Nima bo‘ldi? — deb qichqirdi onasi.
Eshikni itara boshladilar.
— Kobilskiy, sindir, bo‘lmasa qochib ketadi!
Serjant nariroq borib turib, butun og‘irligi bilan o‘zini
eshikka keltirib urdi. Eshik o‘pirildi, u ham eshik bilan hujraga
yopirilib kirdi, keyin posangisini yo‘qotib, polga yiqildi. Shu
122
asnoda Pshenichek derazaga kelib, kallasi bilan romni bir urdi-
yu, bog‘ga tashlab qochdi...
Singan oynaning sharaqlashi, uyga odamlarning bosib ki-
rishi va o‘g‘lining qochishi choli-kampir Pshenicheklarni shoshi-
rib qo‘ydi. Qo‘rquvdan tillari so‘zga kelmay qoldi.
O‘pirilgan eshik va yiqilgan joyidan turib kelayotgan Ko-
bilskiy Dzebekning derazaga yetib kelishiga xalaqit berardi,
Dzebek quturib baqirdi:
— Tut uni! Tag‘in qochib ketdi. Eh, to‘ngak! Nega og‘-
zingni ochib qolding? Tumshug‘ingning tagida edi-ya, dayus!
Kobilskiy shilinib ketgan tizzasini uqalab turib, xo‘mrayib
g‘ijindi:
— Pane Dzebek, u sizning ham tumshug‘ingiz tagida edi-
ku...
Dzebek alamini choldan ola boshladi:
— Tur o‘rningdan, qari tullak! Otlan! Seni oborib, tum-
shug‘ingni mijish kerak, ana unda o‘g‘lingning qayerlarda berki-
nib yurganini aytib berasan.
Chol chexcha bilan polyakchani aralashtirib, zo‘rg‘a-
zo‘rg‘a gapirdi.
— Pane harbiy, menda nima gunoh?
— Menda nima gunoh deysan-a, xumpar! Kecha senga ni-
ma degan edim? Uyga kelishi bilanoq xabar qilgin, demov-
dimmi?
— Bu qanday gap, axir, pane, dunyoda o‘z o‘g‘li ustidan
chaquv yetkizgan bormi?..
— Xo‘p bo‘lmasa, savodingni mana biz chiqarib qo‘ya-
miz. Buning uchun javob berasan... Marsh!
Kampir jon halpida faryod urdi:
— Qayoqqa oborasizlar uni?
— Og‘zingni yum, alvasti! Hammang ham bir qora go‘r-
san... Jim deyman, yo‘qsa shu yerning o‘zidayoq joningni jahan-
123
namga yuboraman...
Chol ikki jandarm o‘rtasida shapkasiz boshini g‘ariblik
bilan egib borardi. Qo‘shnilar indamasdan tevarakda qarab turi-
shar, yigirma yilchadan beri bu uyda yashab, bir marta bo‘lsin
hech kim bilan janjal qilmagan bu mo‘min, vijdonli g‘ildirakchi-
ni nima uchun olib ketayotganlariga tushunolmay, hayron bo‘li-
shardi.
Yarim soatdan keyin to‘rt jandarm Patlayning xotini va
bolalarini qo‘rqitib, uylariga bostirib kirdi. Ularning kelishi dar-
rov hammaga ayon bo‘ldi. Bu hovlida qand zavodining ishchilari
turar, ular Patlayni tanir edilar. Bir necha daqiqadan keyin uy
oldiga bir to‘da ishchi to‘plandi.
Dzebek Patlayning xotiniga quzg‘unday tashlandi:
— Qamoqxonadan chiqib kelgan bola senga nima dedi?
Gapir!
Esxonasi chiqib ketgan xotin:
— Men hech nima bilmayman... — dedi pichirlab, bu
jussasi kichkina, o‘zi juda ozg‘in bir xotin edi. Biri-biridan kichik
bolalari onasining orqasiga o‘tib, burchakka qisilib olishdi.
Dzebek axloqsizlarcha so‘kdi:
— Hu, sening... shoshmay tur hali, tilingni chiqarib
qo‘yaman!
U hovriqa boshladi. Josuslik tuyg‘usi xitobnomalarni
nashr etganlar tomoniga olib boradigan iz xuddi shu yerda topili-
shi mumkinligini shivirlar edi.
— Menga qara, hoy... Kecha Pshenichek sening oldingga
kelgan. U hozir bizda qamalib o‘tiribdi. Hamma gapni aytib
berdi... Albatta, rosa boplab gavronlaganimizdan keyin aytdi...
Shuning uchun bo‘yin tovlashdan foyda yo‘q. Biz faqat u aytgan
so‘zlarning to‘g‘rimi-yo‘qligini bilmoqchimiz, xolos. Agar
o‘zingni bilmasga solsang yo bo‘lmasa piltanglay bersang, bilib
qo‘y, teringni sidirib olaman. Gapir!..
124
Ayol tislanib burchakka suqildi, u juda qo‘rqib ketgan edi.
— Men... Hech nima bilmayman...
Dzebek shoshilardi.
— Kobilskiy, ur bo‘lmasa!
Peshonasi past, bo‘yni buqanikiga o‘xshagan chorqirra
Kobilskiy o‘rma qamchisini ko‘tardi.
Ona ham, bolalar ham birdan dodlab yuborishdi: ona og‘-
riqdan, bolalari qo‘rquvdan faryod qilardi.
— Jim, manjalaqi... Senga nima dedi? Gapir! Gapir!
Kobilskiy, sol yana!
Ayolning vahshiy faryodi hovlida turganlarni pichoq bilan
kesganday bo‘ldi.
— Nima qilishyapti ular, xotin kishini-ya?
— Hoy, yigitlar, nega serrayib turibsizlar? Kirsanglar-chi!
— Kim biladi, ehtimol, mushtipar xotinni zo‘rlashayot-
gandir, sizlar bu yerda og‘zinglarni ochib turibsizlar...
— Erini qamoqxonada chiritish bilan ham ko‘ngillari
to‘lmasdan, endi xotini sho‘rlikni ham urishyapti...
— Hoy, erkaklar, yuringlar!
Eshik oldida turgan kapral ishchilarga qarab o‘shqirdi:
— To‘xta! Qayoqqa borasan?
— Ha, nima qilyapsizlar ularni?
— Nimaga dodlashyapti?
— Qo‘yvor, kiramiz!
— Nega xolislar yo‘q?
Bu g‘azabli hayqiriqlarni eshitib, Dzebek eshik oldiga
yugurib chiqdi.
— Xo‘sh, bu nima gap? Tarqal hammang darrov!
Hech kim tarqalmadi. Aksincha, shahar chetida yashovchi
odamlar bu shov-shuvni eshitib to‘rt atrofdan kelaverdi.
— Marusya xolani qamchin bilan urishyapti! Derazadan
o‘zim ko‘rdim... — deb qichqirdi devorga chiqib olgan Vasilyok.
125
Keksa bir ishchi Dzebekdan bo‘g‘ilib so‘radi:
— Nima sababdan xotin kishini uryapsizlar?
Olomon bostirib kelaverdi. Dzebekni qo‘rquv bosdi, bada-
nidan sovuq ilon o‘rmalayotganday bo‘ldi. Dzebek qo‘rqayot-
ganini olomon payqab qolsa, uni yanchib tashlashini bilardi.
Shartta qinidan to‘pponchasini oldi.
— Tarqal, yo‘qsa otaman!
Oldingi qatordagilar orqaga tashlandilar, lekin uzoqqa
tislanolmadilar, chunki orqadagilar qattiq itarib turishgan edi.
Faqat Dzebek oldida turgan sersoqol ishchigina qimir etmadi.
— Sen bu narsangni pesh qilma. Hammani otib tashlay
olmaysan. Yaxshilikcha bu yerdan jo‘nab qollaring...
Uzilgan o‘q hammaning bag‘rini teshdi.
Boyagi sersoqol ishchi ko‘kragini ushladi, chayqalib bir
yonga yiqildi. Uning atrofidagi olomon bir zumda siyraklandi.
Jandarmlar Patlayning xotinini sudrab chiqib, izvoshga uloqtir-
dilar va to‘pponchalarini yalang‘ochlab, izvosh eshigiga turib
oldilar.
Dzebek bilan Kobilskiy ikkinchi izvoshga irg‘ib chiqib
olishdi, izvosh o‘qday uchib ketdi.
O‘lik atrofiga esa odamlar paydar-pay to‘planib kelaverdi.
* *
*
“Polyak jandarmlari slesar Glushkoni o‘ldirdi”, degan
ovoza shahar atrofidagi tor ko‘chalarning hammasiga tarqaldi.
Bu ovoza yetmagan puchmoqlar, shaharning eng chetidagi yer-
to‘lalar ham qolmadi. Aksar odamlar bu ovozaga o‘z ko‘zlari
bilan ko‘rib ishonish uchun Patlayning uyiga qarab kela boshla-
dilar. Qolganlari esa bu voqeani o‘z uylari oldida turib, qizg‘in
muhokama qilardilar.
Bu xabarni keltirgan odamdan bir necha ovoz birdan
126
so‘rardi:
— Nima uchun o‘ldirishibdi?
— Patlayning xotiniga yon bosgani uchun. Pushkalskaya-
ning islovotxonasida mushtumzo‘r bo‘lib yurgan Kobilskiy bor-
ku, ana o‘sha to‘pponcha bilan otib tashlabdi.
— Kobilskiy emas, bozorda pildiroqchilik qilib yurgan
otdi. Hozir o‘sha pildiroqchi bularda vaxmistr.
— Bu qanday qonun, axir? Odamlarni bekordan bekorga
o‘ldirishaveradimi?!
— Qonun shunday: ot — minganniki, to‘n — kiyganniki.
Zamonaning zayli bilan peshonamizga yangi xo‘jayinlar keldi!
— To‘g‘ri, hozir shunaqa bo‘lib qoldi: bir kun yashab
dordan qolsang, ming marta shukr qil. Shu ham turmush bo‘libdi-
yu!
Bu gap-so‘zlar u yer-bu yerdagina jiddiy tus oldi.
— Nima gap, yigitlar?
— He-e, qo‘yaver, tilimizning qichig‘ini bosyapmiz,
xolos... Bu gazandalar xohlaganini qilishyapti. Biz bo‘lsak faqat
tilimizga zo‘r beramiz-da, vaysab-vaysab uy-uyimizga kirib
ketaveramiz! Ular-chi, kechasi kelishadi-yu, ichak-chavog‘ingni
ag‘darishib ketishadi...
— Ha, shunchalik yuraging bor ekan, bu yerda nima qilib
turibsan? Bor, panlarning oldiga borib o‘zing gapir.
— Ha, nega tirjayasan? Odamlarni otishsa-yu, sen tag‘in
tirjayib o‘tiribsan-a?!
— Men: “Hoy yigitlar, miltiqlarni nemislarga eltib ber-
manglar”, — demabmidim. Mana endi, nemislar qochib ketish-
yapti, panlarga bas kelishga esa qo‘limizda hech narsa yo‘q. Ular
bizni eshak qilib minib olishadi endi.
— Koshki, bu odamlar bir-biri bilan ahil bo‘lsa, hammasi
sabil qolgur jonidan qo‘rqadi.
— Ha, balli! Cho‘ntagidan to‘pponchaning og‘zini ko‘r-
127
satdimi, tutib olmasin deb, tiraqaylab qochishadi...
— Bu yerda bizdaqa urush qatnashchilarining o‘zidan uch
yuzdan ortiq topiladi... Hamma ham miltig‘ini topshirib qo‘yma-
gandir, men bunga ishonmayman!
Lekin shunday paytlarda xotini suhbatga aralashib qoladi:
— Gnat, bor uyga! Uyga bor deyman senga!
*
* *
Barankevich zavodida ikkinchi smena ishni tugatay de-
ganda navbatdagi smena zavodning katta darvozasi oldiga kelib
to‘plandi. Ishchilarning bir qismi nazoratxonadan o‘tib, to‘g‘ri
zavod sexlariga kirib ketdi, qolganlari slesarning o‘ldirilganini
eshitib, darvoza oldida to‘xtadilar.
Qari zavod qorovuli ularga o‘shqirib berdi:
— Nega so‘ppayib turasizlar? Ichkariga kiringlar, deyap-
man!
— Kiramiz... Hali gudok bo‘lgani yo‘q.
Andriy o‘choqqa eng oxirgi ko‘mirni tashladi. Soat tili
uchga yaqinlashib kelardi. O‘tyoquvchilar boshqalardan o‘n
daqiqa ilgari almashar edilar.
Andriyning oshnasi o‘tyoquvchi Dmitrus unga yaqin
kelib:
— Eshitdingmi, Andryusha, lyaxlar Glushkoni otib tash-
lashibdi, — dedi.
Qozonxonaga navbatdagi smena kirib kelayotganda
Andriy quyidagi bo‘lak-bo‘lak jumlalarni eshitdi:
— Voy-voy, darvoza oldida toza to‘polon bo‘lyapti-da!
— Qo‘riqchilar chopib ketishdi, ko‘rdingmi?
Derazaning nari yog‘idan o‘q tovushi eshitildi. O‘tyoquv-
chilar bir-birlariga qarab olishdi.
— Nima bo‘ldiykin?
128
Hamma bir necha daqiqa jim turib quloq soldi, ular yana
o‘q uzilishini beixtiyor kutishar edi. Andriy shoti bilan qozon-
xonaning tepasiga chiqdi. Yuqorida biri ochiq uchta tor deraza
bor edi. Bu ochiq derazadan zavod darvozasi ko‘rinib turardi. U
yerda allaqanday to‘polon bo‘lmoqda. Darvoza oldidagi sahn
xalq bilan to‘lib toshgan. Bir kishi panjaraga chiqib olib, xalo-
yiqqa bir narsalar deb baqiryapti. Zavodni qo‘riqlab turgan
legionerlar birin-ketin darvoza tomonga chopib ketishyapti.
Yon xonadagi mashina bo‘limidan qozonxonaga kichik
mexanik pan Strumil yugurib kirdi.
— Nima sababdan smena uchun gudok bermaysizlar? —
deb jon-jahdi bilan baqirdi u.
— Ptaxa qayerda? Qani, gudok beringlar!
Mexanik so‘ziga hech kim quloq bermaganligini ko‘rib, ip
uchidagi halqani pastga qarab tortdi, bu ipning ikkinchi uchi
gudok qopqog‘iga bog‘langan edi.
Kuchli bo‘kirik Andriyni esankiratib qo‘ydi. U darvoza
oldida endigina boshlangan sur-surga esi ketib, parishon bo‘lib
turganda birdan gudok berilib qoldi.
Hamma eshiklardan zavod hovlisiga odamlar yopirilib
kira boshladi.
Ishchilarning yarmi ayollar edi.
Andriy apil-tapil pastga tushdi.
Strumil halqani qo‘yib yubordi. Gudok to‘xtadi. Mana
shundan keyingina mexanik Ptaxani ko‘rdi.
— Qayerda sanqib yurgan eding?
— Derazadan qarab turuvdim...
— Ha-a-a, derazadan qarab turib edingmi? Unday bo‘lsa
hisobingni olib ish qil. Seni ish uchun yollaganmiz... Qani, ishni
boshlanglar! — deb Strumil o‘tyoquvchilarga o‘shqirdi-da, keyin
mashina bo‘limiga chiqib ketdi.
Andriy bir necha soniya harakatsiz turdi. Uni bir fikr asir
129
etgan edi.
U bu fikr qarshisida ikkilanar, uni o‘zidan quvar edi. Lekin
u Andriyning butun irodasini jilovlab oldi. Xuddi tepadan tash-
layotgandagidek, yuragi shuv etib ketdi, keyingi lahzada eshikka
qarab yurdi va eshikni berkitib, kalitini cho‘ntagiga solib oldi.
So‘ngra qozonlar oldiga qaytib keldi-da, halqani pastga tortib,
unga osilib oldi. Gudok takrorlandi.
— Hoy, Andriy, nima balo, jinni bo‘ldingmi? — deb o‘t-
yoquvchilar unga tashlandilar. — “Ha, hammamizni birdan
bo‘shatib yuborishsin”, — deysanmi?
Lekin Andriy ularga quloq solmas, halqani hamon qo‘li-
dan chiqarmas edi.
Dmitrus o‘tindi:
— Qo‘ysang-chi, Andryusha! Axir, hammamizni haydab
yuborishadi.
Andriy bo‘sh qo‘liga ko‘mir maydalaydigan og‘ir lomni
olib, Dmitrusga baqirdi:
— Yigitlarga ayt, jo‘nashsin bu yerdan! Zaxira eshikdan...
“Andriy bizni lom bilan do‘pposladi”, — deb, aytishsin.
Lekin ovozi eshitilmadi. Andriy halqani qo‘yib yubordi.
Gudok bir zum ichida to‘xtadi. Lomni ikki qo‘llab ushladi-da,
ko‘mir to‘zonida qop-qora bo‘lib ketgan yuzidagi ko‘zlarini
chaqnatib, o‘rtoqlariga baqira boshladi:
— Zaxira eshikdan chiqib ketlaring! Yigitlar, do‘stlarcha
iltimos qilaman, chiqib ketlaring, darrov! Gudok berib xalqni
qo‘zg‘ataman... Mayli, bitta o‘zimni urishsin... Jo‘nanglar tez-
roq, yigitlar, bo‘lmasa lom bilan abjaqlaringni chiqaraman! Tez
bo‘linglar! — U lom o‘qtaldi. O‘tyoquvchilar gurullashib zaxira
eshikka tashlandilar.
Andriy eshikning temir ilgaklarini tushirdi, eshik sopiga
lomni o‘tqazib qo‘yib, tag‘in halqaga osildi. Dahshatli balolar
darakchisi bo‘lmish gudok havoni larzaga keltirib yana bo‘kirdi,
130
ora-sira bo‘linib turdi. U shahardagilarning hammasini ko‘cha-
larga yugurib chiqishga majbur qildi. Barankevichning siyrak
sochlarini tikka qildi.
Vronaning rangini o‘chirdi va Dzebekni dir-dir titratdi.
Qamoqxonadagilar bu gudokni diqqat bilan tinglardilar. Nemis
eshelonidagi askarlar yerga sakrab tushib, to‘rt atrofga jalanglab
qaradilar. Gudok esa hamon bo‘kirardi...
Qo‘riqchilar kelib, qozonxona eshigini itara boshladilar.
Lekin lom tiralgan ulkan eshik qo‘ndoq zarbalaridan sal-palgina
qimirlab qo‘yardi.
— Shotini keltiringlar! Derazaga, marsh! Ot, it emganga
qarab! — deb kapral qo‘riqchilarga qichqirdi.
Andriy derazani teshib, qulog‘ining tagidan o‘q hushtak
chalib o‘tgandagina xatar borligini bildi. Ixtiyorsiz halqani qo‘-
yib yubordi. Gudok to‘xtadi. U navbatdagi o‘qdan qochib, o‘zini
ko‘mir chuquriga tashladi.
Bir legioner qo‘lidagi kalta miltig‘ini oldinga cho‘zib,
derazadan suqila boshladi. Ptaxa qopqonga tushgan sichqon
singari ko‘mir chuqurida tipirchilab qoldi. U isyonining nihoyasi
yaqinlashib kelayotganini sezib, birdan botirlanib ketdi.
Deraza tor bo‘lganidan, legioner bir kifti bilan suqilar,
o‘lib-tirilib, uni orqasidan itar-itar qilib qistashardi. Shu asnoda
Andriy bir bo‘lak ko‘mirni changalladi-yu, o‘limni ham pisand
qilmay chuqurdan irg‘ib chiqdi. Ko‘mirni zarb bilan derazaga
otgan edi, borib legionerning yuziga tegdi. U dodladi. Bir zumda
yuzi qip-qizil qon bo‘ldi.
Qo‘lidan miltig‘i chiqib ketdi, o‘zi esa pastdan tutib turgan
qo‘riqchilarning qo‘liga shilq etib yiqildi.
Miltiq sharaqlab qozonxonaning sement poliga tushdi.
Tag‘in bir o‘q paqillab chiqdi.
Andriy suyunganidan shoshilib qoldi. U toshko‘mir bilan
derazani bombardimon qila ketdi.
131
Derazaning nari yog‘idan kurakda turmaydigan so‘kishlar
eshitildi. Shotidagi odamlar shoshib-pishib yerga tushdilar.
Andriy qaynab toshdi. Kamarini yechdi-da, to‘qasidan
halqaga o‘tkazib, bir uchini bosim regulyatoriga bog‘lab qo‘ydi.
Gudok tag‘in bo‘kirdi.
Endi gudok bo‘linmay, payvasta chiqib turdi, chunki Ptaxa
kamarini tarang tortib bog‘lab qo‘ygan edi.
Endi Andriyning ikkala qo‘li ham bo‘shadi. U birdan qo‘l-
ga tushib qolishdan qo‘rqib, derazaga paydar-pay ko‘mir otib
turdi.
Ptaxa qozonxonada tag‘in ikkita deraza borligini kurash
o‘tida unutib qo‘ygandi. Andriy faqat bu yopiq derazalarning oy-
nalari va devorning suvoqlari ko‘chib tushgandagina uch deraza-
ning uddasidan chiqolmasligiga chuqur alam bilan tan berdi.
O‘qlar uni tag‘in ko‘mir chuquriga quvdi. Derazalarning birida
miltiqning og‘zi ko‘rindi.
Andriy u tomonga qahr bilan tosh otdi. Lekin boshqa dera-
zalardan uzilgan o‘q uni chekinishga majbur etdi.
— Mana endi tamom bo‘ldim, — dedi va yig‘lab yubori-
shiga sal qoldi. Uni umidsizlik, zaiflik qamrab oldi.
U birdan qattiq charchaganini sezdi. Shundan keyin qar-
shilik ko‘rsatishdan voz kechib, chuqurning bir burchiga o‘tirib
oldi. Bir narsa biqiniga qattiq botganday bo‘ldi. U ixtiyorsiz
intilib, haligi narsani qo‘liga oldi. Bu — o‘tyoquvchilar ko‘mirni
ivitish uchun ishlatadigan yong‘in shlangasining uchi edi.
Andriyning horg‘in miyasida bir nima barq urdi. Dunyoni
qo‘poruvchi gudok ostida uning so‘zini hech kim eshitmasa ham:
— Ha-a, dayus panlar, meni qo‘lga tushirdim deb o‘ylay-
sanlarmi hali! Ko‘ramiz, qanday qilib qo‘lga tushirar ekansanlar!
— deb baqirdi.
Andriy shlangaga suv o‘tqazadigan g‘ildirakni telbalarcha
aylantira boshladi. Brandspoytdan quloqni qomatga keltiradigan
132
bir shovqin bilan bug‘ otilib chiqdi. Ketidan qaynoq suv sachradi.
Ko‘mir chuqurini bug‘ bosdi. Andriy nafas ololmay qoldi.
Brandspoytni titroq qo‘llariga oldi-da, barmoqlarini kuydirib,
sachrab turgan qaynoq suvda ming azobga giriftor bo‘lib, suv
jarayonini qozonxonaga to‘g‘riladi.
O‘ldirib qo‘yishlari mumkinligini ham o‘ylab o‘tirmas-
dan, qaynoq suvni derazalarga socha boshladi. Deraza orqasidagi
dodni eshitib, suyunganidan xuddi yovvoyi odam singari o‘yinga
tushib ketdi. Endi qozonlar orasiga o‘tib olib, brondspoytni cho‘-
zardi va boshini chiqarmasdan ham derazaga qaynoq suv sochar-
di.
Yuragi qafasidan chiqib ketay deyardi. Qozonxonani
butunlay bug‘ bosdi. Yerda qaynoq suv oqar, u o‘zini qozonlar
orqasida saqlardi. Nafasi bo‘g‘ilib, qo‘li qaynoq suvda kuyardi.
Lekin najot yo‘llarining berkligini tushunar, bu tushuncha uni
qarshilik ko‘rsatishga majbur etardi.
Gudok butun shaharga yoyilmoqda edi.
* * *
Mogelnitskiy shtabga ot qo‘yib keldi-da, Vronadan shartta
so‘radi:
— Bu yerda nima gaplar bo‘lyapti?
Kapitan chest berdi.
— Chamamda, jiddiy g‘ala-g‘ovurlar bo‘layotganga o‘x-
shaydi, pane polkovnik. Vaxmistrim qarshilik ko‘rsatgan bir
ishchini otib tashlagan ekan. Shuning uchun zavoddagilar ishdan
bosh tortib, miting qilishyapti. Zavodga Zarembani yubordim...
— deb hisobot berdi Vrona, o‘zini zo‘rg‘a bosiq tutib.
Edvard joni chiqib, labini tishlardi.
— Gudokni kim chalyapti? Nima uchun haliga qadar inda-
may qo‘yib berasiz? Yo zavodni bosib olishdimi?
133
Vrona qo‘lini biroz tushirdi. Qo‘qqayib turaverishdan
bezor bo‘lgan edi. U ixtiyor turishga izn kutardi, chunki katta va
kichik zobitlar orasida qoida yuzasidan shunday qilinar edi.
— Yo‘q, zavodda bizning qo‘riqchilarimiz bor. Lekin o‘t-
yoquvchilardan bittasi qozonxonaga berkinib olgan ekan, chi-
qarib tashlashning hech ilojini qilisha olmayapti.
Mogelnitskiy bosiq bir g‘azab bilan qilichining dastasiga
urdi.
— “O‘tyoquvchilardan bittasi”, — dedingizmi? Menga
qarang, kapitan, bu nima, masxarabozlikmi? Bir kishi butun
boshli shaharga g‘ulg‘ula soladi-yu, siz bamaylixotir qarab
turasiz!
Derazaning nari yog‘ida qudratli, tinim bilmas gudok bo‘-
kirmoqda, bu hol Mogelnitskiyning tepa sochini tik qilmoqda
edi.
Vrona uning oldida butga o‘xshab tirjayganicha qotib
turardi. Edvard o‘zining shoshib qolganligini hozirgina payqadi.
— Erkin! Axir, hozir buning vaqti emasligini bilasiz-ku,
— dedi u jahl bilan qo‘l siltab.
Vrona indamasdan qo‘lini tushirdi.
Derazaning nari yog‘ida quruq shox sindirilayotganga o‘x-
shash bir narsa qarsilladi, so‘ngra tag‘in jimidi. Mogelnitskiy
shoshib deraza oldiga keldi.
— Zaremba o‘ziga yo‘l ochyapti, — deb Vrona izoh berdi.
Mogelnitskiy u tomonga o‘girildi.
— Eshelondagi nemislar o‘zlarini qanday tutishyapti?
— Hali hozir chakki emas. Shaharda eng kami bir vzvod-
dan bo‘lib yurishibdi. Qurollarini o‘q uzishga tayyor tutishadi.
Eshelonga hech kimni yaqin yo‘latishmaydi... O‘zlari yetti yuz
kishicha.
To‘rtta to‘pi, bitta o‘q o‘tmas avtomobili bor. Fitna-
fasoddan asar yo‘q, zobitlar joy-joyida... Magazinlardagi oziq-
ovqatlarning hammasini olib, tilxat berishibdi. Men politsiyachi-
134
larga: “Ularga tegmanglar, magazinlarni esa berkitib qo‘ying-
lar”, — deb buyurdim. Agar zo‘rlik qilishadigan bo‘lishsa, biron
chora ko‘rishga to‘g‘ri keladi.
— Ha-ha, zinhor ularga tegish kerak emas, — dedi Mogel-
nitskiy, biroz jahlidan tushib. — Menga qarang. Bu narsa, siz-
ningcha “o‘shalar”ning ishimi?
Polkovnik kimlar to‘g‘risida gapirayotganligini Vrona
payqadi.
— Albatta. Bir xitobnomaning o‘zi shuncha g‘ovg‘a qo‘z-
g‘adi. “Lekin vaxmistr o‘sha qulvachchani o‘ldirmasa, bu to‘po-
lonlar bo‘lmasmidi?” — deb o‘ylayman.
— Xo‘sh, biron narsa biloldinglarmi?.. Kim nashr etgan
ekan?
— Hozircha hech narsa bilolganimiz yo‘q.
Mogelnitskiy miyasida bir narsani hal qilib, u burchakdan-
bu burchakka yurdi. Keyin qilichini yig‘ishtirib, stol yoniga
o‘tirdi.
— Menga qarang, pane kapitane, — dedi u qat’iy qilib.
Vrona tag‘in qo‘qqaydi.
— Labbay.
— Tushunasizmi, pane Vrona, agar shaharda shunday
voqeadan tag‘in bir-ikkitasiga yo‘l qo‘ysak, unda...
— Tushunaman, — dedi Vrona.
Mogelnitskiy o‘rnidan turdi. Shinelining zarrin tasma qa-
dalgan baland yoqasini go‘yo nafasini bo‘g‘ayotganday qo‘li
bilan tuzatdi. So‘ngra fikrini aytib tugatdi:
— Unday bo‘lsa, marhamat qilib, ishga kirishing. Avvalo,
buyruq shu: qamoqxonada yotgan o‘sha ifloslarni bugun kecha-
siyoq otib tashlaysiz. Ularni shahardan chetroq joyga olib chi-
qing. Ertaga shu haqda mening nomimdan shaharning hamma
yeriga varaqalar yopishtirilsin.
— Xo‘p bo‘ladi.
135
— So‘ngra kimda-kim kechqurun soat yettidan keyin
ko‘chada ko‘rinsa, oting! — Edvard qo‘lqopini zo‘r bilan kiyib
oldi. — Mollarni molxonaga kiritib qamash kerak. Poda degan
narsa hamma vaqt podaligicha qoladi. Shuning uchun dunyoda
gavron bor-da.
Deraza orqasida hamon gudok bo‘kirardi.
— Innaykeyin, pane kapitane, sizdan bu xil javoblarni
minba’d eshitmayin... Ya’ni bitta odamning uddasidan chiqol-
maganingizni aytaman: qarang, u haligacha bo‘kiryapti.
— U yerga Zaremba ketgan. Gudok hademay to‘xtatilishi
kerak, pane polkovnik.
Mogelnitskiy uning so‘ziga quloq osmasdan eshik tomon
yurdi.
— Men bilan borasiz.
Qorovulda turgan jandarm kaprali ularga chest berdi, ular
pastga tushib ketgach, Vronaning kabinetiga kirib, telefon oldiga
o‘tirdi.
Shtab oldiga otliqlar vzvodi tizildi.
Vladislav Mogelnitskiy safning oldida borar, yo‘g‘on
orqasi bilan egarga yopishib, kumush bandlar qadalgan shapka-
sini ora-sira tuzatib qo‘yar edi. U akasi bilan Vronani ko‘rib, otini
shporladi, keyin buyruq berdi:
— Vzvod, qad-d-ding-ni rost-t-la!
* * *
Edvard oyog‘ini uzangiga o‘tkazib, “osongina” minmoq-
chi bo‘ldi.
“Qarib qoldimmi-a? Bu Parij mashinalari yurishni ham
esdan chiqartirib yubordi, — deb xafaqonlik bilan o‘yladi, keyin
og‘riqdan yuzini tirishtirdi. — Buning ustiga bavosilni aytaymi!
136
Otliq askar aslo to‘g‘ri kelmaydigan kasal...”
Vrona yaqinlashib keldi.
Edvard kinoya bilan:
— Ko‘ramiz, u yerda qanday “jiddiy g‘ala-g‘ovur” bor
ekan, — dedi-da, shporlarini otning biqiniga tegizdi.
Vladislav chinqirib buyruq berdi, orqadan tartibsiz ot
dupurlari eshitila boshladi.
Ular birinchi olomonga dorixona oldida yo‘liqishdi.
Yuragi o‘ynay boshlaganini sezgan Edvard:
— Nima gap? — deb zarda bilan so‘radi.
To‘ladan kelgan, lekin faqirona kiyingan tuzukkina bir
ziyoli xotin hammadan yaqinroq turgan edi. U xotin:
— Bu yerga uchta yaradorni olib kelishdi... Bir xotin kishi-
ning ko‘zini chiqarishibdi, — deb polyakcha javob berdi, keyin
negadir gunohkorlarcha kulimsirab qo‘ydi.
— Kim yarador qilibdi?
Xonim o‘ng‘aysizlanib, nima deb javob berishini bilmadi.
— Qaydam, sizning otliqlaringiz keluvdi-ku, zobit janob-
lari.
— Odamlarni bekordan bekorga urishyapti...
Vrona ovozlar kelayotgan tomonga otini cho‘rt burdi.
— Kim aytdi shuni?
Olomon qimirladi. Orqada turganlar qocha boshladi.
Edvard tishlari orasidan g‘ijinib:
— Bularga qarang, — dedi Vronaga, keyin otini oldinga
qarab surdi.
Olomon musht suqilgan yumshoq xamirga o‘xshab uning
oldida tevarakka oqdi.
— Uy-uyingga ket! Agar ko‘cha-ko‘yda bironta jin urgur
uchraydigan bo‘lsa, jonidan umidvor bo‘lmasin!
Edvard orqasidan Vronaning buyrug‘ini eshitdi:
— Pane podporuchik, buyuring, ularni qamchilashsin.
137
Edvard ot tizginini bir siltab, choptirib ketdi.
“Jandarmlik juda bo‘lmag‘ur ish ekan. Iflos ish ekan!” —
deb jirkandi u. Frontdan o‘tib kelayotgan vaqtida ham yoqasidan
bir bit ushlab olib shunday jirkangan edi — u birinchi jirkanish
edi.
Vrona yetib keldi.
— Pane polkovnik, menimcha, vzvoddan uzoqlashmasdan
yurishingiz durust bo‘lar. Hozir pan Vladislav olomonni bir yoq-
lik qiladi, keyin birga jo‘naymiz.
— Ha, bu poda uchun hozircha qamchining o‘zi kifoya, —
dedi nafratlanib Edvard.
— Shunday-u, lekin bitta-yarimtasi tosh bilan ursa...
Orqadan kelib turgan ovozlar tindi. Vzvod yaqinlashib
keldi.
Ko‘cha-ko‘yda hech kim qolmadi.
— Bu ishlarni oldin politsiya qilardi, mana endi, ko‘rib
turibsizki, ko‘chalarni bu go‘nglardan o‘zimiz tozalashga majbur
bo‘lyapmiz.
Vrona ichi qoralik bilan kulimsiradi. “Hah, shtab kalamu-
shi, boshqalarning qo‘li bilan o‘t o‘chirishga o‘rganib qolgansan-
a! Shoshma, hali ular g‘ururlaringni sindirib ham qo‘yishadi...
Qarab tur, bu ham oz”, — deb kapitan qandaydir bir lazzat bilan
o‘ylandi.
Vrona butun urushni okoplarda o‘tkazgan. Ikki marta
kontuziya bo‘lgan. O‘zi xonavayron bo‘lgan dvoryan oilasidan
chiqqan.
Kapitan martabasiga yetguncha o‘layozgan edi. Hayotda
omadi kelishmagan Vrona urushda juda bag‘ritosh bo‘lib qoldi.
U “kulrang kiyimli askarlarni”
1
juda yomon ko‘rardi, shuningdek
front orqasidagi uzoq shtablarda, shaharlarda turib, hayotini
1
Fashistlar nazarda tutilyapti.
138
Vronaga nasib bo‘lmagan aysh-ishrat ichida o‘tkazuvchilarni
ham ko‘rolmas edi. Unda o‘zini iflos okoplardan chiqarib, front
orqasiga, mastona, quvnoq hayotga eltib tashlagulik na pul bor
edi va na oshna-og‘aynisi. Avstriyaliklarga asir tushib qolganda
terisiga sig‘may suyundi, chunki uning zolimligidan nafrat-
lanuvchi askarlaridan o‘q yeyish xavfi soqit bo‘lgan edi. Uni
polyak bo‘lgani uchun Avstriyada Pilsudskiy o‘z legioniga
1
oldi.
Vrona tag‘in mohir qotillik hunariga kirishdi, lekin bu safar
frontning u tomonida, mundirining va belgilarining rangi o‘zgar-
gan holda edi. Nemislar Pilsudskiy bilan chiqisholmay, uni Mag-
deburg qal’asiga qamab (tabiiyki, bu o‘yinchoq qamoqxona ha-
shamatli ravishda ziynatlangan edi), legionini tarqatib yuborgan-
larida, Vrona Avstriya armiyasi safida urishishni xohlamay, Var-
shavaga qochib ketgan edi. Varshavada uni “Polyak harbiy tash-
kiloti”ning odam to‘plovchilari topib, poruchik Zaremba bilan
birlikda Volinga — Mogelnitskiyning ixtiyoriga yuborishdi.
— Yana odamlar to‘planishib turibdi! — dedi Edvard
baqirib.
Vrona kallasini ko‘tardi. Ikkita markaziy ko‘cha tutashgan
chorrahadagi yopiq novvoyxona oldida chindan ham olomon
tiqilib yotgan edi. Vrona orqasiga o‘girilib, qo‘li bilan imo qildi.
Vzvod tezlab kelib, ularning orqasiga tizildi.
Olomon ichidan:
— Nimaga non sotishmaydi? — deb qichqirgan ovozlar
eshitildi.
— Bu qanday gap? Yo ochdan o‘lishimiz kerakmi?
Vzvodga joy bo‘shatish uchun Edvard o‘zini yo biron
yonga olishi, yo bo‘lmasa olomon ichidan yorib o‘tishi kerak edi.
U otiga qattiq shpor urdi. Uchqur ot oldingi oyoqlarini osmonga
ko‘tardi. Qo‘rqib ketgan xotin va bolalarning dodi, odamlarning
1
Pilsudskiyning yashirin harbiy tashkiloti.
139
g‘azabli faryodi Edvardni to‘xtatolmadi. Xudbinlik qaytishga
yo‘l qo‘ymasdi. U achchig‘idan lablarini tishlab, olomonga ot
solib yubordi.
Bir xotin jon halpida:
— Voy, qayoqqa borasiz? Bolalar... qarasangiz-chi, bola-
larni bostiryapsiz, axir! — deb qichqirdi.
Edvard toshib borayotgan g‘azabi changalida bo‘g‘ilib,
uzangida tik turdi.
— Qili-ich-la-arni!... — deb chirqiradi Vladislav.
Allakim Edvardning otini jilovlab oldi. Bu so‘nggi zarba
edi. Edvard qilichini g‘ilofidan sug‘urdi. Yana birgina soniya
tursaydi, u hayosizning kallasini ikkiga ajratgan bo‘lur edi. Lekin
ogohlantiruvchi keskin “zu-zuck”
1
hayqirig‘i eshitildi va shu on
otning qoq tumshug‘i oldida yiltillab ketgan nemis shapkasining
qizil belgisi qo‘lini qaytardi. Edvard jilovni tortib oldi. Olomon
ichida yurgan bir necha nemis askariga va ularning tor ko‘chada
turgan yuk aravasiga endigina ko‘zi tushdi: arava, aftidan, nonga
kelgan edi.
Orqada Vladislav buyrug‘ini tugatdi:
— ...yalang‘ochla!
Edvard zarda qilib baqirdi:
— Qoldirilsin!
Vrona ham nemislarni ko‘rdi.
Endi ular yo‘lni to‘sib, kalta xanjar qadalgan og‘ir miltiq-
larini tayyor ushlab, jips turar edilar.
Olomondan qariyb hech kim qolmadi. Ko‘chani bo‘shatib
qochib ketdi. Faqat ba’zi dadilroqlarigina: “Bu kutilmagan to‘q-
nashuvning oqibati nima bo‘larkan?” — deb uzoqdan tomosha
qilib turardi.
Gudok hali ham tinmay bo‘kirardi. U Edvardga boshqa bir
1
Qayt!
140
xavfni xotirlatdi. Qon sekin-sekin yuzidan chekila boshladi. Ular
tim yashil mundirli bu bir necha odamni, albatta-ku, abjaq qilib
tashlardilar-a, lekin ularning orqasida to‘rtta to‘p, broneavto-
mobil va yetti yuzta nayza bor edi. Izzat-nafsini qurbon qilib,
murosaga kelish kerak edi. Bu esa ko‘p og‘ir edi. Lekin maqsad
hamisha Mogelnitskiydan g‘olib kelardi.
Edvard otini jilovlagan odamdan quruqqina qilib:
— Xo‘sh, nima kerak sizga? — deb nemischa so‘radi. U
oqish sochli, moviy xira ko‘zli bir leytenant bo‘lib, ko‘zoyna-
gining shishasidan Edvardga tikilib turar edi.
— Qilichingizni g‘ilofga solishingiz kerak.
Leytenant gapirayotganda burni tagidagi bir tutamgina
mo‘ylovining kulgili bir alpozda irg‘ishlaganiga Edvard mahliyo
bo‘lib qoldi.
— Agar bu narsa asabingizga tegayotgan bo‘lsa, sizni xur-
sand qilishim mumkin, — dedi Edvard zahar sochib. So‘ngra
barmog‘ini picha kesib, qilichini shoshilmasdan g‘ilofiga soldi.
Edvard kesib olgan joyini ikkinchi barmog‘i bilan bosib turib,
oldin leytenantga, keyin askarlarga o‘qrayib qaradi.
Leytenant to‘pponchasini qiniga soldi, tugmasini qadadi.
So‘ngra askarlarga qarab xuddi hurgandek buyruq berdi: miltiq-
lar askarlarning yelkasiga ilindi.
— O‘zingiz kim bo‘lasiz? — deb nemis savol berdi.
Edvard chest berib:
— Polkovnik graf Mogelnitskiy, — dedi.
— Polkovnik? Ruxsat eting, qaysi armiyadansiz? Men
bunday formani ko‘rmagan ekanman, — leytenantning peshona-
si yanada qattiq tirishdi.
Edvard yana achchig‘i kelayotganligini sezib, ochiq-
chasiga:
— Polsha armiyasidan, — dedi sekin.
Leytenant hayron bo‘lib:
141
— Polsha armiyasidan? — deb takror so‘radi. Uning kalta
mo‘ylovchasi tag‘in burniga tegdi. — Biz bunday armiyani
bilmaymiz.
Edvard pinhona tahdid bilan:
— Bilmaysizmi! Hay, keyinroq bilib qolarsiz, — dedi-da,
tizginni qo‘lga oldi. — Bular bilan gaplashing, pane Vrona... Non
kerak bo‘lsa, olishsin. Bu shvab
1
bilan gaplashishga toqatim qol-
madi. Tag‘in bir-ikki og‘iz so‘z aytguday bo‘lsa, ahmoqona
ko‘zoynagiga qo‘shib kallasini majaqlab tashlayman, — dedi
polyak tilida. So‘ngra nemisning bir yonidan o‘tib, oldinga ot
qo‘ydi.
Vladislav vzvodi bilan unga ergashdi.
* * *
Qamoqxonaning oldi suv quyganday edi. Darvoza oldida-
gi katta pulemyot atrofida bir to‘da legioner turardi.
— Aytgan so‘zlarim esingizdami, pane Vrona?
— Esda saqlashga majburman, pane polkovnik. Vaxmistr
bu yerda oxirgi so‘roqni o‘tkazyapti.
Gudok hali ham bo‘kirayotir. Edvard otining boshini tort-
di, gudokka uzoq quloq soldi, o‘ng qoshi tag‘in ucha boshladi. U
qo‘li bilan qoshining uchishini to‘xtatmoqchi bo‘ldi-yu, lekin kor
qilmadi.
— Kapitan, borib ayting, qamoqxonadan shtabga telefon
qoqishsin, shtabdagilarning hammasini zavodga yuborishsin...
Zaremba ham udda qilolmaganga o‘xshaydi. Bu ishga o‘zim
aralashmasam bo‘lmaydi, shekilli. Men-ku og‘zini bir zumda
yumib qo‘yaman-a, — dedi va otini bir urdi.
Vzvod uning orqasidan zo‘rg‘a ulgurib bordi.
1
Dostları ilə paylaş: |