“Uning to‘g‘ri chiziqli uzunchoq yuzi diqqatni o‘ziga jalb
203 qilmaydi. Kulrang chuqur ko‘zlari birovga qarashdan qochib, berkinib turadi. Kattakon jag‘i, pastki labi, horg‘in bir holda so‘ljayib turgan salmoqli og‘zi, osilib tushgan bag‘baqalari, biroz shalpangroq kattakon quloqlari — yo‘lboshchilarga xos bo‘lgan g‘ayrat, shijoat va iroda quvvatini ifoda etmaydi. Keng siyosiy kombinatsiyalardan ko‘ra, ko‘proq intrigalarga moyil bo‘lgan ajoyib aqli Petlyura xususan kichkina yashirin “hodi -
salar” tayyorlashga, harakatning bir-biriga zid ikki chizig‘ini birdan o‘tkazishga, o‘z dushmanlari uchungina emas, balki do‘stlari uchun ham kutilmagan narsalarni tezdan boshlab yubo -
rishga juda mohir. Xudbin va shuhratparast bo‘lgan bu odam o‘z manfaatlarini hamma vaqt xizmat burchidan yuqori qo‘yadi. Ozgina bilim olgandan so‘ng arosatdagi bir odam bo‘lib qoldi, lekin bu so‘zning tor ramkada palidlik ma’nosi ham bor. Petlyura bir ming sakkiz yuz yetmish yettinchi yilda Polta -
vada badavlat bir kazak oilasida tug‘ilib, Ukraina milliy hara -
kati tayyorlanayotgan seminariyalardan birida tarbiyalandi. Bir ming to‘qqiz yuz beshinchi yilgi inqilob paytida u o‘ng sotsial- demokrat edi. Keyinroq alohida kitob bo‘lib chiqqan maqola -
lariga qarab bir nima deyiladigan bo‘lsa, hatto o‘sha vaqtdagi zaif ukrain ziyolilari ichida ham juda tor doirali publitsist bo‘lgan. U Kiyevda nashr etilgan haftalik “Slovo”ga, Moskvada chiqadigan va urush boshida sadoqatli xitobnomalar nashr etib turgan “Ukrainskaya jizn” jurnaliga muharrirlik qiladi. Shuning uchun ham Petlyura frontni ko‘rmaydi. Uni frontning uzoq orqa -
siga ma’muriy ish uchun safarbar qiladilar, u o‘sha yerda urush -
ning tugashini bamaylixotir kutadi. Ming to‘qqiz yuz o‘n yettin -
chi yil iyun oyida Markaziy rada hukumatining harbiy ishlar bo‘yicha general kotibi vazifasida ishlaydi. U Kerenskiyga taqlid qiladi, Kerenskiydan hamma narsada, hatto qiliq va qiyofada ham unga o‘xshashga intiladi. Petlyura Kerenskiydan keyin o‘ziga Napoleonning an’anaviy qiyofasini berib, askar miting -
204 larida notiqlik qiladi. Qo‘zg‘olon ko‘targan ishchilar bilan as -
karlar Markaziy radani Kiyevdan quvib chiqarishgandan keyin Petlyura inqilobchilarga qarshi shafqatsiz kurash olib boruv -
chilarning eng faol tarafdorlaridan biri bo‘lib, Markaziy rada -
ning o‘taketgan o‘ng qanotiga boshchilik qiladi. Ming to‘qqiz yuz o‘n sakkizinchi yilning boshida Petlyura fransuz oriyentatsi -
yasini birdan nemis oriyentatsiyasiga ayirboshlaydi va nemis -
larning bosqinchi qo‘shinlari aravasiga tushib, to‘g‘ri Kiyevga keladi. U bu yerda getman Skoropadskiy huzurida yaxshigina o‘rnashib oladi. Lekin hademay u bilan janjallashadi, natijada vaqtincha qamoqqa solinadi. U o‘zining bu qamalganidan keyin juda boplab foydalanadi: o‘zini nemislarga ham, getmanga ham qarshi “kurashchi” qilib ko‘rsatadi, holbuki o‘zi kechagina ular -
ning tovonlarini yalab yurar edi. Direktoriyada hammadan ham o‘ngroq o‘sha edi. Aslida, direktoriyani Vinnichenko emas, balki u boshqarardi. Vinnichenkoning ketishi ham ilgaridan hal etib qo‘yilgan narsaydi, chunki o‘rniga Petlyuraning kelishi turgan