Jahon adabiyotining so‘nmas yulduzlari nikolay Alekseyevich ostrovskiy bo‘ron bolalari


partiyasining yo‘lboshchisi, aslida, ko‘p foydali kishi. Polshani



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/40
tarix12.10.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#154791
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   40
Nikolay Alekseyevich Ostrovskiy. Bo\'ron bolalari


partiyasining yo‘lboshchisi, aslida, ko‘p foydali kishi. Polshani 
o‘z ichiga olgan bu rasvo girdobdan biz bilan sizni faqat o‘shan-
ga o‘xshagan odamlargina qutqarib qola oladi. Siz bo‘lsangiz 
bekordan bekorga so‘kasiz uni. Ignatiy Dashinskiy chindan ham 
xavfli odam bo‘lganda, amin bo‘lingizki, Pilsudskiy uni vazir qi-
lib tayinlamas edi, — dedi Pototskiy endi achchig‘i chiqa 


198 
boshlab. 
— He... um... Ha! Lekin... 
Pototskiy Barankevichning gapirishiga imkon bermadi. 
— Pan xuddi telegraf simyog‘ochiga o‘xshaydilar. Kechi-
rasiz, men sizni xafa qilmoqchi emasman. Ishonchning qattiq 
bo‘lishi foydali-yu, lekin bu darajada emas, — deb Pototskiy 
masxarali qilib kuldi. — Darvoqe, pan xotirjam bo‘lishlari mum-
kin: o‘n sakkizinchi noyabrda Dashinskiy iste’fo berdi. 
— Nimaga? — dedi Iyeronim hazratlari qiziqib. 
— Chamamda, hozir vazir bo‘lishning unga foydasi 
yo‘qdir-da. O‘zingiz bilasiz, har holda, u “xalq vakili”, PPS bo‘l-
sa, hoynahoy, muxolifat rolini o‘ynashi kerak. Masalan, bizning 
ukrainlar, beloruslar va litvaliklar bilan darhol urush boshlash 
uchun qonuniy intilishimiz hammaga ham yoqavermaydi. 
O‘zingizga ma’lum, avom urushni xohlamaydi. He, avomni qo‘-
yavering! Hatto mulklari hali-hozircha to‘la omonlikda bo‘lgan 
burjua va dvoryanlardan ham ba’zilari bizning rejamizni haddan 
tashqari xatarli deyishayotir. Lekin bunday tovuqlar, baxtimizga, 
unchalik ko‘p emas. Har holda, ularning ham sandiqlarini bo‘-
shatmasdan qo‘ymaymiz. Basharti ular bizni o‘z puliga polklar 
tuzib, sandig‘imizni qo‘rishib beradi, deb o‘ylashsa katta xato 
qilgan bo‘ladilar. 
Barankevich qochiriqni o‘ziga oldi. 
— He... um... Ha! Lekin hammaning ham davlati bir xil 
emas-da. 
Barankevichning hozir Pototskiyga biron bemaza gap 
aytib qo‘yishi ehtimolligini sezib, Edvard gapga aralashdi: 
— Graf, agar sir bo‘lmasa, aytsangiz: bu yerdan qayoqqa 
bormoqchisiz? 
— Men sizga boradigan joylarimni aytib berishim mum-
kin. Men Zdolbunovoga boraman. U yerda mening polkim tuzila-
yotir, polkka o‘zim qo‘mondonlik qilaman. Aytmoqchi, siz hali 


199 
“Davlat boshlig‘i”ga hisobot yuborib, bo‘linmangizdagi barcha 
komandirlarning zobitlikka o‘tkazilishi tasdiqlab berilishini ilti-
mos etganingiz yo‘qmi? — dedi Pototskiy. 
— Yo‘q, — deb javob berdi Edvard. — Pilsudskiy buni, 
albatta, tasdiq qilishi kerakmi? 
— Ha, lekin bu narsa sizni tashvishlantirmasligi kerak. U 
hech so‘zsiz tasdiq etadi. Hozir rasmiyatchilik zamoni emas. Siz 
ham polk tuzmoqchisizmi? Ha, balli! Demak, polyak armiyasi-
ning polkovniklik darajasini olasiz. 
Edvard tutaqib ketdi. 
— Graf, men besh yildan beri gvardiya polkovnigi daraja-
sidaman, hozir esa fransuz armiyasida polkovnikman. Men u 
yangigina tandirdan chiqqan generaldan shu darajani berishini 
so‘rab o‘tirmoqchi ham emasman... 
Pototskiy labini tishlab qoldi. 
— O‘zingiz bilasiz, graf. Lekin odob yuzasidan shunday 
qilish mumkin. Bu armiyaning obro‘yini oshiradi. Men uchun 
ham Pilsudskiy Xudo emas. Lekin men polkovniklik darajasini 
oldim, ukalarim ham oldi. Ammo bundan hech qanday xo‘rlik 
ko‘rganim yo‘q, — dedi Pototskiy quruqqina qilib. 
U poshnasini qarsillatdi. 
— Ruxsat eting, graf, biz chiqaylik endi. O‘zim ham, ham-
rohlarim ham dam olishimiz kerak, chunki saharlab tag‘in yo‘lga 
tushamiz. 
Edvard Pototskiyni unga ajratilgan xonaga uzatib Qo‘ydi. 
Ikkovlari xoli qolishganda, Pototskiy dedi: 
— Bu janoblar huzurida hamma gapni aytishni ep ko‘rma-
dim. Ularning og‘zi u qadar mahkam emas, shuning uchun eng 
muhimini aytmadim. Marhamat qilib, mening oldimda picha 
qolsangiz. 
— Marhamat! Qulog‘im sizda, graf. 
Ular stol yoniga o‘tirdilar. 


200 
— Pilsudskiy: “Polsha tuprog‘ida bo‘lgan butun nemislar 
qurolsizlantirilsin”, — deb buyurdi, xabaringiz bo‘lsa kerak? — 
deb so‘radi Pototskiy. 
— Ha... Lekin buni hamma vaqt ham qilib bo‘lmaydi... 
Masalan, mening kuchim kamlik qiladi. 
Pototskiy Edvardga gumonsirab qaradi. 
— Tezdan knyaz Radzivill keladi. Innaykeyin, bir to‘da 
mayda legioner bo‘linmalari ham shu yoqqa jo‘naydi. Agar 
eshelonni tag‘in ikki-uch kun tutib turolsangiz, u holda qurol-
sizlantirib bo‘ladi. Axir, bizga to‘plar, o‘q-dorilar kerak-ku... 
Agar yordam qilishsa, albatta, qurolsizlantiraman. 
Lekin shuni ham nazarga olingki, atrof-tevarakdagi qishloqlarda 
qo‘zg‘olonchilar harakati boshlanayotir. Masalan, yigirma cha-
qirim yerda Sosnovka degan kattakon qishloq bor, pan Zayonch-
kovskiyning mulki o‘sha yerda. Zayonchkovskiy dehqonlar 
qo‘lidan janjal bilan pichan va javdarni olib qo‘ygan ekan, ana 
shuning o‘zi qullarning panshaxa olib yugurishiga sabab bo‘ldi. 
Uning huzurida atigi o‘ntagina legioner bor ekan. Albatta, ular 
bas kelisholmagan. Natijada dehqonlar legionerlarning qurol-
larini tortib olib, o‘zlarini o‘lguday urishibdi. Zayonchkovskiylar 
zo‘rg‘a qochib qutulishibdi. Xolmyanka qishlog‘ida ham ahvol 
shu. Pavlodzida esa chinakam qo‘zg‘olon bo‘ldi: dvoryanni o‘l-
dirishib, legionerlarning hammasini otib tashlashibdi. 
Pototskiy uning gaplarini labini qattiq qimtib turib ting-
ladi. 
— Bularning hammasi mayda dilsiyohliklar... Lekin men 
sizni Ukraina ishlaridan xabardor qilmoqchiman, — dedi 
Pototskiy. 
— Qulog‘im sizda. 
— Birinchi noyabrda galitsiyaliklar G‘arbiy Ukraina res-
publikasi tashkil qilinganini e’lon etdilar, buni, albatta, bilsangiz 
kerak. 


201 
— Iyeronim hazratlari aytib edi. 
— Ha, aytmoqchi, u monax qanday odam o‘zi? 
— Iyezuit... Kardinal unga ishonadi. O‘zi ham chakki 
xufiya emas. 
— Ha-a! Men ham shundaydir deb o‘ylagan edim. U, 
albatta, boyagi semiz zavodchidan donoroq... Mayli, boshqa 
mavzuga o‘tib ketibman! Varshavadagilar: “Dastavval Galitsiya-
ni bosib olishimiz kerak”, — deb ta’kidlashyapti, chunki u yerda 
neft, temir... Biz oldin bu rejaga qarshi bo‘ldik, chunki mulkimiz-
ning ko‘pchiligi Galitsiyada emas, balki Volin bilan Podoliyada. 
Lekin pilsudchilar: “Galitsiyani olishimiz bilanoq darrov Uk-
rainaga kirishamiz”, — deb bizni ishontirishdi. Biz bu masalani 
bir talay manfaatdor zotlar bilan muhokama qilib chiqib: 
“Galitsiyaning olinishi rejalarimizga zarracha ham zarba yetkiz-
maydi, balki, aksincha, mamlakat ichkarisida zaxira bilan ta’min 
etilgan bo‘lamiz”, — deya o‘ylagan holda shu qarorga keldik. 
Biz shunday shart bilan rozi bo‘ldik, Pilsudskiy Galitsiyaga o‘z 
zaxiralari bilan Galitsiya dvoryanlarining bo‘linmalarini yubora-
di, biz esa o‘z kuchlarimizni Volin bilan Podoliyaga yuboramiz. 
Edvard ma’qullab bosh silkitdi: 
— Bu to‘g‘ri. Har kim “Buyuk Polsha davlati” degan mav-
hum tushunchadan ko‘ra, o‘z yer-suvi uchun ko‘proq jon kuy-
dirib urishadi. 
Pototskiy iljayib qo‘ydi. 
— Xo‘sh, Moskva masalasi qanday bo‘ladi? — deb 
so‘radi Edvard. 
Pototskiyning lablaridagi iljayish g‘oyib bo‘ldi. 
— Moskva bilan katta urush qilinadi. Pilsudskiy uxlab, 
tushida Napoleon yo‘lini ko‘rayotir... Mayli, Moskvagacha boril-
maganda ham, loaqal, Smolenskka yetilar-ku. 
Bu safar Edvard iljayib qo‘ydi. 
— Bu xavfli bir tarixiy taqqoslash-ku, qanday o‘ylaysiz? 


202 
— Yo‘q, u mahalda vaziyat boshqa edi. Ishonavering, Var-
shavadagilar unchalik esipast odamlar emas... Moskvani temir 
halqaga olib siqishyapti, Pilsudskiy ham bundan foydalanib
Polsha uchun rus etidan salmoqli bir nima kesib olishga qurbi 
yetadigan ancha mug‘ambir kishi. Ammo bir chatoq tomoni bor, 
katta urushga jur’atimiz yetmaydi... Dard ustiga chipqondek, 
endi bu Ukraina ham turibdi. 
— Darvoqe, graf, menga aytmoqchi bo‘lgan edingiz... 
— Mana ko‘rdingizmi, birini aytsang, ikkinchisi qolib ke-
tayotir. Aytmoqchi, Simon Petlyura to‘g‘risida hech nima bila-
sizmi? 
— “Bu zot to‘g‘risida, uning hozir Ukraina direktoriyasi 
deb atalgan narsaning tepasida ekanligidan boshqa hech nima 
bilmayman”, — desam bo‘ladi, — deb javob qildi Edvard. 
Pototskiy cho‘ntaklaridan nimanidir izlay boshladi. 
— Bu odamni sizga aytib berishim kerak. Axir, unga 
ishingiz tushadi. Hozir uning qaroqchilari deyarli butun Volin 
bilan Podoliyani o‘rab olgan. Inqilobchilar u yerlarda to‘da-to‘da 
bo‘lib yurishibdi... 
— Ha, mana! — u karmonidan to‘rt buklangan bir qog‘oz 
oldi. — Uning qisqacha tavsifi. Knyaz Sapega sizgaberib qo‘yi-
shimni so‘ragan edi. Bu Kiyevdagi josuslarimiz yuborgan ax-
borotning nusxasi. 
Edvard qog‘ozni oldi. 
— Menga uni Parijda harbiy vazirlikda aytishgan edi. Bu 
bosqinchi bultur Kiyevda Markaziy rada deyilgan narsa borligida 
general Tabuini juda xunuk qilgan edi. 
— Ha, baraka toping. Mana buni o‘qib chiqing, uning qi-
yofasi ancha tugal tasvir etilgan. 
Edvard past ovozda o‘qiy boshladi. 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin