Shvab
—
nemis so‘zning tahqirlisi.
142
Odamlar ot qo‘yib kelayotgan suvoriylarni ko‘rar-ko‘rmas
hovlilarga qarab qochardilar. Qocholmay qolganlar devorlarga
qisilib bekinardilar.
U yer-bu yerda to‘planib turganlar bo‘lsa ularni ko‘rishi
bilan tirqiragancha qochib ketardi. Faqat zavod yaqinida odam
ko‘payib borar, ular juda sekinlik bilan tarqalar edi.
Yana bir muyulishdan o‘tishdi va zavodning barcha yo‘l-
larini to‘sib turgan olomonga duch kelishdi. Bu yerda bir necha
ming kishi to‘plangan edi.
Odamlarning hoy-huylari gudok bo‘kirigiga qo‘shilib ket-
gan.
Bu to‘planib turgan had-hisobsiz odamlarni ko‘rishi
bilanoq Edvard sarosima bo‘lib qoldi. U odamlarni bu qadar
ko‘pdir deb o‘ylamagan edi. Beixtiyor otini to‘xtatdi. Vrona
bilan Vladislav orqadan tez yetib keldi.
Olomon oldida harakatsiz turmasdan biron chora ko‘rish
kerak edi.
— Kapitan, buyuring, xalq tarqalsin. Tezroq!
Vrona olomonga baqirguncha Edvard buyruq berdi:
— Miltiqlar qo‘lga olinsin! Faqat buyruq bilan otilsin.
— Siz anovi tor ko‘chaga boring... U yerda qaqqayib tur-
ganlarning boshiga qamchi soling.
Legionerlar odamlarni har yoqlama quvib, tor ko‘chadan
siqib chiqarishdi-da, o‘zlari kamalak shaklida tizilib olishdi.
Vrona qichqirdi:
— Oxirgi marta buyuraman...
Olomon xuddi pichoq bilan ikki palla qilingandek ikki
yonga bo‘lindi va o‘rtadan zavodga yo‘l ochib, turgan yerida
qotib qoldi.
Edvard bir yonga, Vladislav bilan Vrona ikkinchi yonga
o‘tdi.
— Hozircha osmonga qarab otilsin, — dedi Mogelnitskiy
143
sekingina. — Buyruqni vzvodga yetkazing.
Legionerlar miltiqlarini mo‘ljalga oldilar. Olomonda tal-
vasa boshlandi.
Lekin legionerlar bilan olomon o‘rtasidagi masofa sekin-
sekin orta bordi.
Orqada turganlar, oldinda nima bo‘layotganini bilmasdan,
tisarilib kelayotgan odamlarni ixtiyorsiz oldinga itarardi. Oldin-
dagilarning o‘zlarini o‘limdan saqlash va yo‘l ochib qochish
uchun orqadagi odamlarni yiqitib yorib o‘tishlari talvasani ort-
tirib bordi. Edvard: “Poda poda-da”, — deb suyunardi.
— Ot! — deb baqirdi Edvard.
O‘qlar havoni yorib ketdi, xuddi birov kattakon bir matoni
yirtganday bo‘ldi. Olomon yiqilgan odamlarni qoldirib, jon
halpida chekina boshladi. Yerda yotganlar tikka turganlarga o‘l-
dirilgan va yarador bo‘lganlarday ko‘rinardi.
— Ot! — deb baqirdi Edvard.
Vzvod oboymadagi o‘qlarni otib bo‘lgandagina u buy-
ruqni to‘xtatdi.
Maydonning yarmi bo‘shadi. Insonlar to‘lqini hamon nari
surilar, shitob bilan jilardi...
Zavod darvozasi ochildi. Zarembaning vzvodi qilichlarini
yalang‘ochlab, qochuvchilar orqasidan ot qo‘yib ketdi.
— Marsh, olg‘a! — dedi baqirib Edvard. — Ularni molxo-
naga quvib kirgizinglar!
Vladislavning vzvodi olg‘a surib ketdi. Edvard bilan
Vrona darvozaga qarab yurdi...
Ikkala vzvod odamlar orqasidan yarim soatcha quvib yur-
di.
Ko‘chada bir jon ham qolmadi. Ezilgan va yarador bo‘l-
ganlar jonlarini qutqazish uchun emaklab qochardilar.
Mogelnitskiy ketidan zavodda Barankevich bilan shahar
boshlig‘i Sladkevich paydo bo‘ldi. Ular shu damgacha ko‘rinish-
144
ga botinolmay turishgan edi.
Zavod hovlisida sakkiz yuztacha ishchi boridi.
Edvard podporuchik Zayonchkovskiyga yuzlanib:
— Nima uchun ularni chiqarib yubormadingiz bu yerdan?
— dedi hayron bo‘lib.
Podporuchik Zayonchkovskiyni Zaremba shu yerda ehti-
yot shart qoldirib ketgan edi.
Hali ona suti og‘zidan ketmagan podporuchik epsizlik
bilan chest berdi va uyala-uyala o‘zini oqladi:
— Pan poruchik shunday buyurgan edi. “Bular tashqari-
dagilar bilan qo‘shilib ketadi”, — deb qo‘rqqan bo‘lsa kerak.
— U kishi ham siyosatchi bo‘libdi-da! Zavodni darrov
bo‘shatish kerak edi. Tashqaridagi odamlar: “Ichkaridagilarni
dorga osib bitirishdi”, — deb o‘ylashgan. Bundan ham battarroq
ig‘vo topib bo‘lmaydi! — dedi Mogelnitskiy asabiy bir holda ad-
vokat bilan qand zavodi egasining qo‘llarini qisa turib.
— Bu qanday gap bo‘ldi? Axir, isyon-ku bu! Bunga tez
xotima berish kerak!
Edvard unga tasalli berdi:
— Tashvish tortmang, pane Barankevich, nimaiki kerak
bo‘lsa, qilinadi.
Barankevich asabiylanib gapira boshladi:
— Axir, zavodimda lavlagi to‘lib yotibdi. Sasib ketadi-ya!
Zavodning to‘xtab qolishiga hech yo‘l qo‘yolmayman... Har bir
kun men uchun bir necha ming so‘m turadi.
Bu po‘rdoq Edvardga yoqmasa, uning xasisligi haqidagi
latifalar og‘izlardan tushmas edi.
— Lavlagidan muhimroq ishlar ham bor, pane Baran-
kevich, Pavlodzida isyon. Xolmyanka bilan Sosnovkada dehqon-
lar qo‘zg‘algan...
Podporuchik Zayonchkovskiy qo‘rqib:
— Voy, ota-onam nima bo‘ldi? — deb yubordi.
145
— Xotirjam bo‘ling, podporuchik. Otangiz bilan butun
oilangizni shahar yo‘lida ko‘rdim. Hozir ular biznikida. Hamma-
si sog‘-salomat.
— Kechiring, pane polkovnik...
— Hechqisi yo‘q, ahvolingizga tushunaman.
— Innaykeyin, vokzaldagi nemislar... Magazinda ko‘ziga
yaxshi ko‘ringan narsalarning hammasini olishyapti, — dedi
Sladkevich gapga aralashib.
Mogelnitskiy u tomonga o‘girildi-da, mensimayotganini
yashirmasdanoq:
— Men o‘ylaymanki, pan Sladkevich borib, anavilar bilan
gaplashish zahmatini darig‘ tutmasalar kerak, — deb ishchilarni
ko‘rsatdi.
Vladislav vzvodining bir qismi bilan hovliga kirib keldi.
Ikkinchi qismi esa ko‘chada poyloqchilik qilib qoldi.
Vladislav Edvardga:
— Buyruq bajarildi, pane polkovnik, — deb hisobot berdi
va keyingi ikki so‘zni maxsus bir qoniqish bilan aytdi.
Gudok bo‘kirib turganligidan Edvard uning so‘zlarini
zo‘rg‘a eshitdi. Keyin ukasining oldiga keldi. Vladislav unga qu-
log‘ini tutdi.
— Vzvodni olib uyga jo‘na. Bu yerda sen bo‘lmasang ham
bo‘laveradi, uy yolg‘iz. Atrofga qorovul qo‘yib, hushyor bo‘lib
tur. Shtab bilan telefon aloqasini uzma. Xayr, Xudoga topshir-
dim!
Vladislav chest berib otini bura boshladi. Shu asnoda Za-
remba o‘z askarlari bilan darvozadan kirib keldi.
— Pane Barankevich, boring endi, bola-chaqangizni
tinchiting. Tartib o‘rnatildi. Kechqurun biznikiga keling, gapla-
shamiz... Men esa hozir mana bu bilan mashg‘ul bo‘laman, —
dedi Edvard qozonxona tomondan buralib chiqayotgan bug‘
favvorasiga qarab.
146
— Pane Zaremba, buyuring: ishchilar zavodni bo‘shatib
qo‘yishsin. Baribir, bu to‘tiga hech kim quloq solmaydi. Ishqilib,
yigirma daqiqadan keyin bu yerda hech kim qolmasligi kerak.
Biz borib, bu xumparning og‘zini berkitaylik.
Podporuchik Zayonchkovskiy keta turib Edvardga hisobot
berdi:
— Pane polkovnik, endi bug‘ni berkitib qo‘ydi. Aftidan,
nafasi bo‘g‘ilganga o‘xshaydi. Biz suyunib, derazaga chiqqan
edik, bir askarni otib yarador qilib qo‘ydi... Qarang-a, dastlabki
hujumimizda legionerlardan birini toshko‘mir bilan urgan edi, u
qo‘lidagi miltig‘ini ichkariga tushirib yubordi. Miltiqda to‘rtta
o‘q boridi. Miltiq yerga tushganda bir o‘qi chiqib, miltiqda uchta
o‘q qolgan. U qaroqchi hozir tag‘in bir o‘q uzdi. Demak, yana
ikkita o‘q bor. Keyin u shlangni xohlagan vaqtida tag‘in ishga
solishi mumkin. Qozonxonada xuddi qal’ada o‘tirgandek... Me-
xanik: “Bug‘ tag‘in bir necha soatga yetadi”, — deydi.
— Mexanikni chaqiring bu yoqqa.
|