60
tori hukm surib turdi va uning tartibni saqlovchi qo‘shini bor edi.
Endi na imperator qoldi va na qo‘shini. Sizlar aholisining o‘ndan
to‘qqizi ukrainlardan iborat bo‘lgan mamlakatni o‘z qo‘l-
laringizga olmoqchi bo‘lasizlar. Pan Edvard graf Pototskiy bilan
knyaz Radzivillning xatlarini menga o‘qib berdi. Ularning yer-
suvlari va zavodlari nuqul Volin bilan Podoliyada. Ular ham o‘z-
laricha harbiy bo‘linma tuzishyapti, ular ham hokimiyatni qo‘lga
olishmoqchi. Ular sizlarning yordamingizga muntazir... Bu nima
degan gap, panlar? Bu shu degan gapki, polyak davlati hali
dunyoga kelmay turib, Ukraina va Belorussiya bilan urishishni
o‘yladi. Axir, u yerda butun aholi bilan urishmog‘ingiz kerak
bo‘ladi, illo ular sizlarni chet ellik bosqinchilar o‘rnida, dvoryan-
lar o‘rnida ko‘rib kurashurlar. Endi o‘zlaringiz muhokama qilib
ko‘ringlar: davlat juvonmarg bo‘lib ketishni uddalay olmay turib
— qattiq ta’birim uchun kechirgaylar — mana shu bosqinga
kirisha oladimi? Agar Polshada moskallar
1
va qulvachchalardan
o‘z vatanimizni himoya etish uchun “oyoqlantirish” mumkin
bo‘lgan milliy ko‘pchilikka ega ekanmiz, bu holda polyak dvor-
yanlarining manfaati uchun ukrain va beloruslarni qanday qilib
ukrain va beloruslarga qarshi oyoqlantira olasiz? Xudo taolo
ko‘rib turgandir, mening dilimda birgina orzu bor, u ham bo‘lsa
— butun dunyoda katolik dinining g‘alaba qilishidir! Lekin, pan-
lar, biz yosh bolalar emasmiz. Shuning uchun bilishimiz kerakki,
Ukrainani ishg‘ol qilish uchun nemislarga uch yuz yigirma
mingta askar kerak bo‘ldi! Sizlar bo‘lsangiz faqat bir oydan
keyingina askarlaringizning ikki mingga yetishini umid qilasiz...
Panlar, men Pototskiylar, Radzivillar, Sangushkolar va boshqa
besh-oltita magnatlarning manfaatini qurbon berib, Polsha qirol-
ligini tayanchimiz bor joyda mustahkamlasak deyman...
Yepiskop tomonidan ismi magnatlar qatorida diplomat-
1
Dostları ilə paylaş: