Moskal
—
moskvalik so‘zining masxara bilan aytilgani.
61
larcha zikr etilmagan knyaz Zamoyskiy jahl bilan labini tishladi.
Barankevich o‘z tizzasiga bir musht tushirib:
— He... um... Ha!.. — deb xirilladi (u g‘azabidan o‘zini
zo‘rg‘a-zo‘rg‘a tutib turardi), Barankevich o‘z suhbatdoshlarini
odatda qattiq yo‘talish bilan cho‘chitar va bu yo‘talini albatta,
“ha” nidosi bilan tugatardi. — Afv etsinlar, yepiskop hazratlari!
Demak, zavodimni tashlab, Varshavaga qarab qochishimni mas-
lahat ko‘radilar-da? Bu maslahat shu yerda o‘tirganlarning ham-
masiga ham oid-da, shundaymi? Butun mulkni, ro‘zg‘or-anjom-
larni tashlab, Varshavaga gadoy bo‘lib borar ekanmiz-u, u yerda
Polsha qirolligini “mustahkamlar” ekanmiz-da? Rahmat! Lekin
biz boshqacha o‘ylaymiz! Biz oxirgi nafasimizga qadar kurasha-
miz... Butun bor-burdimizni bir to‘da quturgan hayvonlarga o‘z
ixtiyorimizcha berib qo‘yar emishmiz-a! Bizni kim deb o‘ylay-
dilar o‘zlari?
Yepiskop nafratlanib lablarini qisdi.
— Pan Barankevich ahvolga o‘z zavodining mo‘risidan
turib qaraydi, holbuki uning ustidan faqat besh kilometr atrofgina
ko‘rinadi. Polshaning bir millat sifatidagi manfaatlari esa u kishi-
ga yot.
— Iye, dengizdan dengizgacha cho‘zilgan buyuk Polsha
har bir pan polyakining ideali emasmi? — deb qichqirdi Zarem-
ba.
Yepiskop u tomonga qaramadi ham.
— Yomon misol bu, poruchik janoblari! Ukrainaning bir
qismini, Litva va Belorussiyani egallagan buyuk Polsha bir ming
yetti yuz yetmish ikkinchi yilda (Polshaning chegaralari o‘sha
mahallarda ham Qora dengizdan ancha yiroqda edi) shu sabab-
dan halok bo‘ldiki, o‘sha kezlarda har bir uyezd yolg‘iz o‘zini-
gina o‘ylar, har bir hokim o‘z mulkiga qo‘shib olish uchun iloji
boricha yerni ko‘proq bosib olishga tirishar, chunki hech bir
magnat davlat g‘amini yemas, balqi faqat shaxsiy manfaatinigina
62
o‘ylar edi... Sizlar ham shunga o‘xshash bir narsani takrorla-
moqchi bo‘lasizlar, — deb sovuqqina javob berdi Zarembaga
yepiskop.
Knyaz Zamoyskiy zarda qilib ping‘illadi:.
— G‘alati gap, Ukrainani nemislar ishg‘ol qilganda yepis-
kop hazratlari hech qarshilik ko‘rsatmagan edilar-ku!
— U real kuch edi... Hozir esa imperiyalar yemirilmoqda,
tojlar qulamoqda... Rossiya o‘t ichida. Agar o‘zimizni halok
etgimiz kelmasa, ehtiyot bo‘lishimiz kerak. Men tayanch bor
joyda mustahkamlanish tarafdoriman! Men ehtiyot bo‘lish taraf-
doriman. Xudo o‘zi ko‘rib turgandir, agar sizlarda ham kuch
bo‘lganda, men la’nati, inqilobchilarni qirishga fatvo bergan
bo‘lardim, bu fatvom faqat Polsha uchungina emas, balki... Bo‘l-
di, men ketaman endi, lekin panlar unutmasinlarki, shu yerning
o‘zida, o‘z yurtimizda bizga go‘r qaziyotganlar ham kam emas.
Eslaringizda bo‘lsin: hatto Polshada ham Dashinskiy hukumati-
dan tashqari u yer-bu yerlarda inqilobchilar hukumati vujudga
kelgan.
Yepiskop o‘rnidan turdi, umumiy ta’zimdan so‘ng xona-
dan chiqdi. Haliga qadar churq etmay o‘tirgan Iyeronim hazrat-
lari ham turib, yepiskop ketidan chiqdi. Ular birovga sezdirmas-
lik uchun orqa tomondagi zinapoyadan tushib ketishdi. Sharpa
chiqarmay bog‘ga o‘tishdi-da, yepiskopning u yerda turgan soya-
bonli foytunga jimgina o‘tirishdi. Faqat shaharga yaqinlashib
kelganlaridagina yepiskop Iyeronim hazratlariga o‘girilib sekin-
gina dedi:
— U yerga yana qaytib borarsiz, albatta, Iyeronim hazrat-
lari? Borsangiz, ertaga mening oldimga kelib, butun bo‘lgan
gaplarni aytib berasiz. Grafga ta’sir qilishga tirishing, u hadeb
Zamoyskiy bilan Pototskiylarning taklifiga berilavermasin. U
tuzgan harbiy bo‘linmalarning hammasi shu yerda qolishi kerak,
Ukrainaning ichkarisiga bormasin. Keyin qulog‘imga chalinib
63
qoldi: kecha siznikiga mahalliy ksendzlar kelgan ekan... “Endi
kelasi safar yig‘ilganda menga ham aytarsizlar”, — deb o‘ylay-
man. Shaharda o‘n kuncha tursam kerak. Mening Krakov yepis-
kopligiga ko‘chirilayotganimni, albatta, bilarsiz? Biroq hali-
hozir men shu yerda ekanman, iltimos, mensiz hech nima qilin-
masin... Esingizda bo‘lsin, Iyeronim hazratlari, agar bu ish bar-
bod bo‘lsa, bir umr yepiskop muovini bo‘la olmaysiz. Shuning
uchun mening yordamimga, maslahatlarimga parvosiz bo‘l-
mang... Esingizda bo‘lsin, ehtiyotkorlik donolik hamshirasi
demakdir!
Iyeronim hazratlari lablarini tishlar edi. U o‘zini jinoyati
ustida tutilib, quloqlaridan cho‘zilgan maktab bolasiday his etar-
di. “Bu qari tulki qayerdan bilarkin bularning hammasini? Ha, bu
jubbali shaytondan ehtiyot bo‘lish kerak!”
Foytun shu yerlik bir ksendzning uyi oldida to‘xtadi.
Iyeronim hazratlari arava eshigini ochdi, yepiskopning
tushishiga yordam berdi.
Yepiskop xayrlashib turib:
— Xudo panohingiz bo‘lsin! — dedi. — Izvoshchi eltib
qo‘yadi sizni.
* * *
Yemakxonada esa vinolar quyilar, qadahlar jaranglardi.
Bu yerda ichilgan ichkiliklarning, yeyilgan ovqatlarning
haddi-hisobn yo‘q edi. Bir-birlarining so‘zlariga quloq solmas-
dan, hammalari birdan gapirishar edi. Qizishar, talashar, o‘z gap-
larining isbotiga kirishardilar.
Xizmatkorlarning oyoqlarida oyoq qolmadi.
Yuzef graf Edvard bergan o‘n besh ming markaning yeyi-
lishiga yuragi achishib qarab turardi.
Yoshlari o‘tib qolgan xonimlar mehmonxonalardagi di-
64
vanlarda o‘tirishib, yaqinlarining g‘iybati bilan ovora bo‘ldilar.
Yosh yigitlar Vladislav bilan birga sport bo‘limiga to‘p-
landilar. Poruchik Zaremba vatanparvarlik da’vatlari bilan to‘liq
nutqidan keyin ko‘ngillilarni yozishga kirishdi. Nomzodlarning
hammasi oldindan belgilab qo‘yilgan edi. Olinganlarning har
biriga vazifa va dastur berilib bordi. Qutilarda qurollar keltirib
qo‘yildi, ular ertaga kechqurun tarqatiladigan bo‘ldi. Ba’zi birlari
zimdan qo‘rqsa ham, lekin sir boy bermasdi. Vladislav zobitlik
nishoni tikilgan mundirini javondan olib, hadeb maqtanardi; buni
unga akasining mundiridan bo‘yiga munosib qilib tikib bergan
edilar. Ko‘ngillilar yozib bitirilgandan so‘ng, ruhni ko‘tarish
uchun “Yeshe Polska ne sginela” madhiyasini aytib, hammalari
zalga yopirilib kirdilar.
Nemislar qari grafning kabinetida karta o‘ynashar, ularni
zo‘r berib vino bilan mehmon qilishardi. Stefaniya tez-tez kelib,
stoldagi vinolarning yetarlimi-yo‘qligini, zobitlarning boyagiday
karta o‘yini bilan mashg‘ulmi-yo‘qligini tekshirib turdi. U vino-
ning oz qolganini ko‘rib:
— Ayt, kabinetga Burgund vinosidan olib kelishsin, —
dedi Vladislavga.
Vladislav juda ko‘p ichib qo‘yib, o‘lguday bezovta bo‘l-
gan edi. Uning ko‘ziga duch kelgan birinchi oqsoch qizi Xelya
bo‘ldi.
— Yugur, tez borib yerto‘ladan bir savat Burgund vinosi
olib kel! Tez bo‘l!
— Men vinoning xillarini bilmayman, oliynasab! pan.
Otamga aytaman, o‘zi olib keladi.
Vladislav ko‘zlarini qiz gavdasiga bir necha soniya sayr
ettirdi.
— Darrov olib kelish kerak! Yur bo‘lmasa, o‘zim olib be-
raman.
Yerto‘laga tushishgandan so‘ng, Vladislav sekingina
65
eshikni berkitib qo‘ydi. Oldinda sham ko‘tarib ketayotgan Xelya
buni sezmay qoldi.
Xelya savatni shishalar bilan to‘lg‘azgach, engashib ko‘-
tarmoqchi bo‘ldi. Shu asnoda Vladislav bir turtib qizni yerga
yiqitdi.
Yuqorida aysh-ishrat davom etardi...
Vladek yerto‘la eshigini sekingina ochdi — hech kim
yo‘q. Shishali savatni zinapoyaga olib chiqdi-da, apil-tapil eshik-
ni yopdi, keyin qo‘rqoq ko‘zlari bilan jalanglab eshikni qulflay
boshladi. Shu payt yuqoridan allakimning oyoq tovushlari
eshitilganday bo‘ldi. U kalitni qulfda qoldirib, yon tomondagi
eshikdan lip etib hovliga o‘tib ketdi. Cho‘llagan itday bufetxona-
ga kirdi, bir stakan portveynni bir shimirib ichib yubordi.
Bufetxonaning burchagida ikki mehmon bugungi kechaga
o‘zlarining yot ekanligini sezib o‘tirardilar. Ularning biri tikuv
ustaxonasining egasi Shpilman bo‘lib, jussasi kichkinagina,
chaqqongina odam edi. Ikkinchisi esa tijorat bankining direktori
Abramaxer edi, bu kishi dunyoni suv bossa, to‘pig‘iga chiqar-
maydigan parvosiz va anchagina asabiy edi. Ular Vladislavning
kelganligini sezmasdan suhbatni davom ettiraverdilar.
— Men sizga aytsam, Abramaxer janoblari, bu narsa izzat-
nafsimga juda yomon tegdi! Mening Isaakim ham yozilmoqchi
bo‘lgan edi, “Yahudiylar qabul qilinmaydi”, — deyishibdi! Bila-
sizmi, u polyak armiyasi emish.
— Xo‘sh, innaykeyin nima bo‘ldi?
— Isaakning jahli chiqdi. Bir vaqt Barankevichni tutib
olib, tikkasiga: “Menga qarang, men-ku bu ishga o‘n ming marka
berdim, tag‘in uch yuz sidra harbiy kiyim ham beraman! Nahotki
Isaakni kaptenarmusmi
1
yoki xo‘jalik qismining bironta zobitlik
vazifasigami joylashtirish mumkin bo‘lmasa? Xudoga shukur, u
1
Dostları ilə paylaş: |