“Xat harbiy pochta bilan yuborilsa ham, har holda,
hamma narsani yozolmayman. Afsuski, taskin bergulik hech bir
narsa deyolmayman. Ukraina iniga bir qancha cho‘p suqilgan
ari uyasiga o‘xshay boshladi. Shu cho‘plardan biri bizning nemis
armiyamiz. Arilar borgan sari ko‘p chaqayotir. Po‘lat to‘r tut
-
masdan ko‘chaga chiqib bo‘lmay qoldi. Kim biladi deysiz, ehti
-
mol, tez kunda sizlar bilan ko‘rishsam. Umid qilamizki, tole biz
uchun fojialar tayyorlamas, eson-omon, sog‘-salomat ko‘rishar
-
miz. Edvarddan xabar bormi? Hammangiz sog‘-salomatmisiz?
Hammangizga, qimmatli Lyudvigaga, dadamga hamda Vladikka
salom! Stefaginam, seni esa o‘paman va...”
— Xo‘sh, bu yog‘i menga tegishli, — deb Stefaniya kulib
yubordi. — Stanislavning kelishini eshitib biram suyunyap-
manki! O‘zim ham sog‘inib o‘layozdim. Bu uchi-keti yo‘q urush
keyingi yillarda ko‘ngilga ham tega boshladi. Butun bir fasl
ichida bor-yo‘g‘i ikkitagina bal o‘tkazsak-a! Odamlarning eng
ajoyiblari frontda. Qayerga borsang shu askarlardan boshqasini
ko‘rmaysan. Ayniqsa mana shu dehqonlar Ukrainasida shunday.
Chog‘imda, Berlin bilan Parijdagi odamlarning turmushi rohatda
o‘tsa kerak, bu yerda esa zerikib jinni bo‘lasan kishi.
— Qaydam, suyunadigan hech nima yo‘q-ku, — dedi chol
achitib.
17
— Nega hech nima yo‘q? Stas keladi-ku.
Kazimir Mogelnitskiy Stefaniyaga norozi bo‘lib qaradi.
— Kelish ham har xil bo‘ladi. Xatdan aniq ravshanki, ne-
mislarning ahvoli hozir juda tang emish. Agar ular Ukrainani
tashlab chiqib ketishsa, nimalar yuz berishini tasavvur etish qiyin
emas. Axir, ular ketdi deguncha, inqilobchilar yetib kelishadi-ku!
Vladislav nafratli qilib ping‘illashni zarur topdi.
— Senga nima bo‘ldi, dada! Ukrainada hozir uch yuz
mingta nemis askari bor. Bu dunyoda eng yaxshi armiya hisob-
lanadi, dushmanlar bo‘lsa miltiqlar bilan qurollangan bir to‘da
dehqon, broneavtomobilni bir ko‘rishdayoq tumtaraqay bo‘lib
ketadigan bir poda, xolos. Bu podani Brest-Litovskdan Rostov-
gacha quvib borishganini Shmultkedan eshitdim. Leytenant
nemislarning tez orada Bokuni, keyin Moskvani ishg‘ol qilish-
lariga qat’iy ishonadi.
Chol qo‘lini siltadi.
— Obbo, bo‘ldi endi, hadeb pesh qilaverma Shmultkeng-
ni! Tumshug‘ining qoq tagida turgan dehqonlarni udda qilol-
maydi-yu! Zayonchkovskiylarning daladagi pichanini dehqonlar
bosib olganlarida o‘sha Shmultkeng bilan Zonnenburging nima
qildi? “Bir eskadron askar bilan u yoqqa borish xatarli”, — dedi.
Xo‘sh, Barankevichning qand zavodida nima bo‘ldi? Bunga kul-
ging qistaydi! Pulemyotli bir to‘da bola bularingni uch soatgacha
zavodga yaqin keltirmadi. Senga bu hazilday ko‘rinadi! Har kun
olov ichida uyg‘onishimiz mumkin. Uyqularim harom bo‘lib
qoldi: tinch uxlayolmayman. U yirtqichlarning qo‘lidan nimalar
kelishini bilaman, ular odam o‘ldirishga o‘rganishib oldi. Ularni
faqat kuchgina ushlab turishi mumkin. Agar shunday kuch bizda
topilmasa, nimalar bo‘lishini o‘ylab yuragim orqamga tortib ke-
tadi. Nemislar — bizning birdan bir tayanchimiz. Agar ketib
qolishsa, biz halok bo‘lamiz!
Cholning nafasi bo‘g‘ilib qoldi. Chakkasidagi ko‘k tomir-
18
lari chuvalchangday bo‘rtib chiqdi. U butun gavdasi titrab, qattiq
yo‘taldi.
Hamma jim bo‘ldi.
Lyudviga deraza oldiga keldi.
Ko‘cha eshigi oldida foytun turardi.
Lyudviga eshik tomon borayotib:
— Kechirasizlar, men hozir qaytib kiraman, — dedi.
* *
*
Lyudviga ularni xoli qoldirib chiqib ketgach:
— Xizmatlariga tayyorman, pan Edvard! — dedi sekin-
gina Iyeronim hazratlari.
Ular yozuv stoli yonidagi chuqur kreslolarda ro‘baro‘
o‘tirgan edilar. Iyeronim hazratlarining pirpirab turgan kichkina-
gina qora ko‘zlari qisiq kipriklari orqasidan Mogelnitskiyni ehti-
yot bilan kuzatib turardi. Iyeronim hazratlari garchi charchab,
mudrab o‘tirganday ko‘rinsa ham, lekin buni Edvard sezib turgan
edi.
To‘qima kamarining qora popugini o‘ynab o‘tirgan suh-
batdoshining chayir barmoqlari harakatini kuzatib turgan
Edvard:
— Iyeronim hazratlari, mening kelganimga picha hayron
ko‘rinasizmi? — deb so‘radi.
— Hayron? Hm... Ehtimol!
Ko‘zlari bir-biriga tushdi. Bu atigi bir necha on davom et-
gan so‘zsiz to‘qinish edi; Edvard ustaraning tig‘iga tegib ketgan-
day bo‘ldi.
— Men o‘ylaymanki, o‘zaro ochiqchasiga gaplasharmiz
va darhol asil maqsadga ko‘chib qo‘ya qolarmiz, — deb sukunat-
ni buzdi Edvard. Iyeronim hazratlari unga sinchkov nazar bilan
qaradi.
— Janob hazratlari kardinal Kamarini sizga salom ayti-
shimni va kichkinagina bir maktubchani berib qo‘yishimni ilti-
19
mos etgan edilar. Mana maktubcha.
Iyeronim hazratlari bir enlik qog‘ozdagi xatni qayta-qayta
o‘qib chiqdi: xatda retseptga o‘xshatib lotin tilida allanarsalar
yozilgan edi.
Iyeronim hazratlarini kuzatib o‘tirgan Edvardning miyasi-
ga “Xo‘p boksyor bo‘ladigan odam ekan-da” degan o‘y keldi.
Haqiqatan ham, Iyeronim hazratlarining kallasi katta, jag‘lari
chorqirra, bo‘yni yo‘g‘on edi. Qora jubbasi tagidan semiz, ba-
quvvat badani sezilib turardi.
Nihoyat Iyeronim hazratlari:
— Mening tushunishimcha, janob hazratlari sizga yordam
qilishimni va menga beradigan topshiriqlaringizni siz aytgandan
ham ortiqroq qilib bajo keltirishimni orzu etganlar, — dedi.
— To‘g‘ri tushungansiz. Lekin, menga ma’lum bo‘lishi-
cha, Vatikanning
1
yangi xatti-harakatlari sizga u qadar ravshan
emas ko‘rinadi. Bu haqida keyincha to‘la izoh olasiz, hozir esa
ahvolni sizga aytib beray, — deb javob berdi Edvard.
— Ha, bu masala meni juda qiziqtiradi.
Edvard shipshiganday qilib so‘z boshladi:
— Bo‘lmasa, gap shunday, Iyeronim hazratlari, siz nemis
armiyasining turgan joyini, albatta, bilsangiz kerak.
— Ha, asosan bilaman...
Edvard yon cho‘ntagidan geografiya kartasini olib, stolga
yoydi. Ikkovi ham karta ustiga engashdi. Edvardning barmog‘i
Qora dengizdan sekin-sekin Boltiq dengiziga qarab surildi.
— Mana, taxminan, nemislar ishg‘ol etgan joylarning che-
garasi: Rostov-Don, Xarkov — xullas, butun Ukraina... so‘ngra,
Polsha, Belorussiya, Litva, Latviya va Estoniyaga kelib tugaydi.
Bu Germaniyaning o‘z tuprog‘idan qariyb uch baravar katta.
Men faqat Germaniya to‘g‘risidagina gapiryapman, — dedi
1
Dostları ilə paylaş: |