Jahon adabiyotining so‘nmas yulduzlari nikolay Alekseyevich ostrovskiy bo‘ron bolalari



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/40
tarix12.10.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#154791
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   40
Nikolay Alekseyevich Ostrovskiy. Bo\'ron bolalari

Kaptenarmus
 — 
askarlarning kiyim-boshlarini javobgar mansab
 (tarjimon).


66 
tijorat maktabini bitirgan, undan tashqari, cho‘ntagida aqalli bir 
pul ham bo‘lmagan bu panvachchalardan esliroq! Iye, o‘z ittifoq-
chilariga: “Sen yahudiysan”, — deb shunday muomala qilish 
yaxshimi?” — dedim. 
— Xo‘sh, innaykeyin nima bo‘ldi? 
— Innaykeyin, Barankevich to‘g‘riladi. Isaakni xo‘jalik 
qismiga oldilar. Lekin, baribir, zobitlik unvoni bermadilar. Ho-
zircha — serjant. Mayli, hechqisi yo‘q! Isaak — aqlli bola, agar 
ishi yurishib ketsa, oxiri borib zobit bo‘ladi. Agar bu narsa men 
uchun tag‘in o‘n mingga tushsa ham, sadqayi sar! 
Abramaxer Vladislavni ko‘rib, Shpilmanning biqiniga tur-
tib qo‘ydi. Endi pichirlab gaplashisha boshlashdi. 
— Menga qarang, Shpilman janoblari: “Ular hokimiyatni 
qo‘lga olishadi”, — deb o‘ylaysizmi? 
— Bo‘lmasa-chi, yo‘qsa bu ishlardan nima foyda? 
— Xo‘sh, bunga siz qanday qaraysiz? 
— Qani, o‘zingiz ayting-chi, Abramaxer janoblari, qanday 
qarayin? Chamamda, o‘zingiz ham inqilobchilar hokimiyatidan 
ko‘ra panlarni afzal ko‘rsangiz kerak. Yalangoyoqlar panlarni 
yengguday bo‘lsa bormi — ular na sizning biron narsangizni 
qo‘yishadi va na menikini. Innaykeyin, kim biladi deysiz, ehti-
mol, boshimizni ham qo‘yishmas... Men hamma gapni eshitdim: 
kecha ishchilarim orasida shunday gaplar bo‘libdi: “Ishqilib, 
inqilobchilar hokimiyati bo‘lsin, innaykeyin bu qonxo‘r Shpil-
manning ko‘zini moshday ochib qo‘yamiz...” — deyishibdi. Tuf-
e, ifloslar! Men bu gadoyvachchalarni boqayin-da, minnatdor-
chilik eshitish o‘rniga “qonxo‘r” bo‘layin! Ayting, axir, dunyoda 
insof degan narsa bormi?! 
— Bu so‘zlarni kim aytganligini bilasizmi? — deb so‘radi 
Abramaxer. 
— Bo‘lmasam-chi! Mening ham odamlarim bor. Bu gapni 
etikdo‘z Mixelsonning qizi Sarka aytibdi. Mixelson sizning 


67 
uyingizda tursa kerak? Bu shang‘i qizni ertagayoq ishdan hay-
dayman-ku-ya! Lekin u yolg‘iz deysizmi? Bu bo‘tqani pishirish-
ning avstriyaliklar uchun nima keragi boridiykin-a! O‘zi tuzuk 
xalqqa o‘xshaydi-yu, inqilob qilib o‘tirgani qiziq! 
Abramaxer chidamay uning so‘zini bo‘ldi: 
— Shunday qilib, ertaga o‘z hisobingizdan chet el pullarini 
mendan olib ketasiz, a? Uni uzoqroq joyga berkitib qo‘yish 
kerak, deyman. Hozircha, afsuski, u pullarni biron yerga ko‘chi-
rish ham mumkin emas, olib ketish ham... Har holda, tezroq qi-
mirlang, kim biladi deysiz, tag‘in nimalar bo‘larkin! Boxabar 
bo‘ling, bu Mogelnitskiy changalini bizning bankka ham tash-
lashi mumkin. Nega tashlamasin ham? 
— Oltin odamsiz-da, Abramaxer janoblari! Yerning tagi-
da ilon qimirlayotganini ham bilasiz. Ishoning, agar ishxonam 
bilan uylarimni oladigan bironta ahmoq topilsa, sira hayal qil-
masdan, shu bugunoq sotardim! Xudo haqqi, yarim qimmatiga 
bo‘lsa ham sotardim! Ahvol shu qadar yomonki!.. 
* * * 
Iyeronim hazratlari qasrga yana o‘sha orqa yo‘l bilan qay-
tib kelayotib, yerto‘la eshigi orqasidan bo‘g‘iq bir ingrashni 
eshitdi-yu, to‘xtadi. 
— Oching! Xudo haqi! Qo‘rqyapman. 
U ovoz xotin kishiniki edi. Kalit qulfda edi. Iyeronim haz-
ratlari kalitni buradi. Telbalangan Xelyaning ko‘ziga qoron-
g‘ilikda shayton ko‘ringanday bo‘lib ketdi. 
— Yo hazrat Iso! Muqaddas Maryam! Rahm qilinglar! — 
deb chinqirib yubordi u. 
— Senga nima bo‘ldi, bolam? Qo‘rqma! Iyeronim hazrat-
larini tanimayapsanmi? 
Xelyaning qovushmagan so‘zlari bo‘lgan voqeani to‘la 


68 
bayon qildi. Iyeronim hazratlari qizni qo‘lidan tutdi. 
— Yur men bilan... 
Yuqori qavatning eshigini taqillatishdi; eshikni shu yerda 
turgan Stefaniya ochdi. 
Stefaniya Xelyaning rasvo etilgan yuzini ko‘rib qo‘rqdi-
yu: 
— Nima gap, Iyeronim hazratlari? — deb so‘radi. 
— Kechiring, grafinya, men bu bola bilan tanho gap-
lashishim kerak. Ijozat bersangiz, sizning bo‘lmangizga kirsak. 
— Marhamat, lekin nima gap o‘zi? 
Iyeronim hazratlari unga qo‘li bilan “Damingizni chiqar-
mang” degan ishorani qildi-yu, Xelyani bo‘lmaga olib kirib ket-
di. Qizni divanga o‘tqazdi, keyin eshikni yopib, Stefaniyaning 
oldiga chiqdi. 
Iyeronim hazratlari shoshib pichirladi. 
— Juda xunuk bir hodisa bo‘libdi. Bir ish qilish kerakki, 
bu narsa yeng ichida qolib ketsin. Siz yotog‘ingizga kirib quloq 
solib turing. Keyin menga kerak bo‘lasiz. 
— To‘g‘ri, bolam, agar rost gapirgan bo‘lsang, sen aytgan 
narsalar haqiqatan ham, dahshatli. Endi mening so‘zlarimga 
quloq sol, qizim. Sen buni ota-onangga aytmoqchisan. Zinhor 
ayta ko‘rma! O‘zingni o‘zing halok qilib qo‘yasan! Xo‘jayin-
laring ota-onangni ko‘chaga haydab chiqarishadi-yu: “Tuhmat 
qildi”, — deb, o‘zingni qamoqqa olishadi. Axir, o‘zing aytding-
ku: “Ikkovimizni hech kim ko‘rgani yo‘q”, — deb. Sen mening 
— o‘z ruhoniy otangning so‘ziga kir. Dushmanning yetkazgan 
ozorlarini Xudoning O‘zi: “Kechir”, — degan! Agar shularning 
hammasini esingdan chiqarib yuborsang, bu nasroniy xulqing 
uchun savobing ancha ortadi... Agar og‘zingdan chiqarmaslikka 
va’da bersang, senga yetgan ozorni grafinya Stefaniyaga ayta-
man. U juda mo‘min katolik juvon, shu sababdan senga ozor 
bergan kishining gunohini Xudoyi taolo oldida ozgina bo‘lsa 


69 
ham yuvish uchun oltinni ayamaydi. “Bu voqeani hech kimga 
og‘zimdan chiqarmayman”, — deb, Bibi Maryam haqqi qasam-
yod qil, bolam! Ishongil, men senga faqat yaxshilikni tilayman. 
Gunohingni Xudodan o‘zim so‘rab olaman. Nomussiz odam 
hech vaqt Xudoning jazosidan qochib qutulolmaydi! 
Iyeronim hazratlarining ko‘zlari bilan gipnozlangan Xelya 
eshitilar-eshitilmas qilib shipshidi: 
— Aytmayman. 
Iyeronim hazratlari og‘ir qo‘lini qiz boshiga ohista qo‘ydi, 
keyin pichirlab duo o‘qidi. 
Stefaniya qo‘shni xonada turib, Iyeronim hazratlarining 
marhamati bilan bu voqeada ikki xil rol o‘ynash majburiyati qar-
shisida uyalganidan qizarar, qutichasidan mayda tilla buyumlar 
tanlardi... 
* * * 
Butun kecha bo‘yi Lyudviganing chehrasi ochiq, kayfi 
chog‘ bo‘ldi. Umumiy e’tibor, hayrat, o‘z go‘zalligini anglash, 
Edvardning yaqinligidan bunyodga kelgan baxt, bu shovqinli 
jamiyatda uni to‘lqinlatayotgan afzallik hissi uning boshini 
aylantirardi. Eng yaxshi oilalarga mansub yosh yigitlar uni ma-
zurkaga yo krakovyakka taklif qilishni sharaf deb bilardilar. U 
ham jo‘shqin milliy raqslarga to boshi aylanguncha tushar, mo‘y-
safid chollarning ham, yoshlarning ham dillarini shod etardi. 
Varneri raqs tushayotgan Lyudvigadan hirsli ko‘zlarini 
uzmasdan: 
— Judayam ajoyib ekan-da! — dedi. 
U Edvardni knyaz Zamoyskiy bilan qoldirib, kapitan 
Vrona bilan zalga tushar, zinapoyaning pastki pog‘onalaridan zal 
kaftday ko‘rinib turardi. 
Vrona fransuz tilining pes-moxovini chiqarib: 


70 
— Xotin kishi mening mijozimga to‘g‘ri kelmaydi, janob 
Varneri! Menga bu pattali go‘zallardan ko‘ra bir chimdim kokain 
ko‘proq huzur beradi, — deb javob qildi. 
Varneri jirkanib yuzini tirishtirdi. 
— Did masalasida talashmaydilar... Nima deysiz, agar uni 
valsga taklif qilsam, o‘ng‘aysiz bo‘lmasmikan? Rost gapni ayt-
sam, grafinyani yaxshi ko‘rib qoldim! 
— Agar betoqat bo‘lib ketayotgan bo‘lsangiz, taklif qilish 
mumkin deyman. Lekin esingizdan chiqmasin: boshqalar ko‘zida 
siz Zamoyskiyning kichik o‘g‘liga murabbiysiz... Muvaffaqiyat 
tilayman! Garchi umid bo‘lmasa ham, — dedi bo‘shashib Vrona. 
* * * 
Pakana vaxmistr: “Leytenant Shmultkeni chaqirib bera-
san”, — deb, Yuzefni holi-joniga qo‘ymadi. Chol vaxmistrning 
ruxsatsiz ham kirib ketaveradigan vajohatini ko‘rib, xabar qil-
gani ketdi. 
Bir necha daqiqadan keyin Shmultke Stefaniya bilan qo‘l-
tiqlashib chiqdi. Ober-leytenantning kayfi bor edi. Vaxmistrni 
ko‘rib, imperator Vilgelmnikiga o‘xshash mo‘ylovini jahl bilan 
o‘ynatdi. 
— Nima gap, Zuppe? “Har qanday behuda gap bilan 
bezovta qilib yurma meni”, — deb aytmovdimmi! 
Shmultke Stefaniyaning qo‘lini qo‘yib yubormas, u ham 
ketishga shoshilmas edi. Vaxmistr Stefaniyaning oldida gapirish-
ga botinolmay turdi, so‘ngra leytenantning dahshat bilan qimir-
lagan mo‘ylovlarini ko‘rib, shoshib-pishib hisobot bera boshladi: 
— Jur’at bilan arz etamanki, ober-leytenant janoblari, 
qo‘rg‘onda men tomondan Mechislav Pshigodskiy degan qo‘lga 
olindi, bu odam bir marta janoblari tomonidan hibs etilgan va 
o‘zini harbiy asir deb atab, so‘ngra dezertirlarning vokzalga qil-


71 
gan hujumlari vaqtida boshqa mahbuslar bilan qochib ketgan 
edi... 
— Qo‘lga olibsan — juda soz! Buni ertaga aytsang ham 
bo‘laverardi. 
Vaxmistr nima qilarini bilmasdan, og‘irligini bir oyog‘i-
dan ikkinchi oyog‘iga soldi. 
— Lekin bu odam askarlar o‘rtasida g‘ulg‘ula soldi... Un-
dan tashqari, janob mayorning xizmatkori allaqayerdan bir savat 
vino bilan qo‘rg‘onga mast bo‘lib keldi. U askarlarga shunday 
narsalarni ayta boshladiki, go‘yo Germaniyada... — vaxmistr shu 
yerga kelganda tomog‘iga bir nima tiqilganday bo‘g‘ilib qoldi-
yu, dahshatli so‘zni aytolmadi. 
Shmultke Stefaniyaning qo‘lini bo‘shatdi. 
— Nima-nima? 
— Shundan keyin boyagi harbiy asir: “Janob zobitlarni 
qamash kerak”, — deb askarlarni yo‘ldan ura boshladi. 
— Bo‘ldi! O‘zing qayerda eding? Kechiring, grafinya, 
men ketishim kerak. 
Hayajonga tushgan Stefaniya shoshib-pishib yuqoriga, 
Edvard yoniga chiqdi. Eshik oldida o‘tirgan Yuzefga o‘g‘lining 
qamalganligini naridan-beri qilib aytdi. Chol darhol pastga 
tushdi. 
Edvard Stefaniyaning so‘zini eshitib, shu on uyga kirib 
kelgan Vronadan so‘radi: 
— Yuzefning ikkinchi o‘g‘lini askarlikka olganmisiz? 
— Yo‘q. Juda g‘alati odam ekan... Ertalab mening tak-
lifimga: “Urishib bo‘ldim, menga kifoya shu”, — deb javob 
berdi. 
Hamon o‘g‘lining kabinetida o‘tirgan Kazimir Mogel-
nitskiyning mudrab ketgan ko‘zlari ochildi. 
— U haromini Shmultke qo‘lidan chiqarmasligi kerak... 
Qha-qha-qha... Qayerdan kelganligi umuman shubhali, — chol 


72 
tag‘in yo‘taldi — axir, bu nusxa har qanday jinoyatdan toy-
maydi... Uning shu yerdaligini faqat bugungina bildim. Fransis-
kani uribdi... Edvard, o‘tinaman sendan, chorasini ko‘r! 
— Xotirjam bo‘l, ota, nemislar bizsiz ham kerakli joyga 
tiqib qo‘yishadi. Axir, bu hodisa oqibat e’tibori bilan bizning 
foydamiz... Xizmatkor, aftidan, mayorning maxfiy xatlarini 
o‘qib yursa kerak; askarlarning inqilobni eshitganlari yaxshi 
bo‘libdi. Mayli, Stefa, bularning hammasi ahamiyatsiz narsalar. 
Qani, knyaz, boloxona ayvoniga chiqaylik, yoshlarning o‘yin-
kulgisini tomosha qilamiz, u yerdan hamma narsa kaftdagiday 
ko‘rinib turadi. 
* * * 
Butun kecha bo‘yi Fransiska oshxonada ishladi. Betida 
ikkita kattakon momatalog‘i bo‘lgani uchun uni mehmonlarning 
xizmatiga qo‘ymadilar. Yuzef keliniga erining qamalganini ayt-
ganda, dastavval sarosimaga tushib qoldi, keyin esa jahl bilan 
patnislarni sharaqlata boshladi. 
— Qamalsa, qamalar! Mening nima ishim bor? U mening 
erim emas! Bunday turmushni Xudo ko‘tarsin! Menga qolsa, 
tutib dorga osishsin, tirnoqcha ham achinmayman. 
Ko‘z yoshlari gapirishga xalal berardi. U o‘ziga, o‘zining 
xazon bo‘lgan yoshligiga achinardi. Bu uyda tortgan barcha jabr-
u jafolari, eshitgan haqoratlari esiga tushdi. Hammadan ham 
ko‘proq Mechislavni koyirdi, u kelgan kuniyoq Fransiskani ur-
gan edi. Oh, qanday xunuk so‘zlar bilan so‘kmadi bechorani! 
Ko‘z yoshlari tag‘in ham ko‘proq oqa boshladi. Endi o‘ziga ham, 
eriga ham achinar edi. Nima qilib qo‘ydiykin u? Buning oqibati 
nima bo‘larkin?
Mechislavning boshiga tushadigan kulfatlar uni tash-
vishga solardi. U erining taqdiri uchun yeyayotgan vahimasini, 


73 
hamon erining o‘zi uchun qadrli ekanligini bo‘yniga olgisi 
kelmasdi. 
* * * 
Stefaniya Fransiskaga yuragi achishib qaradi. U esa ko‘z 
yoshlarini arang tutgan, uyalgan holda peshbandining peshini 
g‘ijimlab turardi. 
— Qaydam, qo‘limdan biron narsa keladimi-yo‘qmi. Qari 
graf eringni juda yomon ko‘radi. Undan tashqari, hozir zamon 
o‘zi shundaqa... 
Fransiska yolvorib pichirladi: 
— Sizning qo‘lingizdan hamma narsa keladi, oliynasab 
pani. O‘tinaman sizdan! Zobit janoblari bilan bir gaplashsangiz, 
qo‘yib yuborardi. 
Stefaniya “bo‘lmaydi” deganday ishora qildi. 
— Yo‘q, hozir bu haqda leytenant bilan gaplashol-
mayman! Innaykeyin, men hayronman, u seni ursa-yu, sen... 
— Ursa, nima?! Urgani sevgani-da... 
— Ha, hali shundaqami! — dedi Stefaniya va bu ishda qari 
graf o‘ynagan rolning ma’nosini payqab, so‘zni cho‘rt kesib qo‘-
ya qoldi. Oqsochni noma’lum va’dalar bilan ishontirib, yo‘lak-
dan zalga qaytib kirib ketdi. 
* * * 
...Xelya ko‘rpa ichida dir-dir titrab yotardi. 
Vahm bosgan onasi yonida o‘tirar edi. 
— Yo doktorga odam yuboraylikmi, a, jon bolam? 
— Yo‘q, onajon, o‘tib ketadi. Biroz sovqotdim, xolos. 
Meni xoli qo‘y... 


74 
* * * 
— Ha-a, qo‘limdan qochib qutulib bo‘psan endi, xumpar! 
“Zobitlarni qamash kerak”, — degan senmisan? Hali sening it 
kuningni qisqartirish qo‘limizdan keladi... Qani, savollarimga 
javob ber, yo‘qsa... — Shmultke to‘pponchaning og‘zi bilan stol-
ga bir urdi. — Oting, familiyang? 
— Mechislav Pshigodskiy. 
* * * 
Katta zalda mazurkaga raqs tushmoqda edilar. Panlar 
poshnalarini polga urib sho‘x o‘ynar, ayollar mayin-mayin sir-
g‘anishardi. 
— Sizga maftun bo‘ldim, grafinya! 
Lyudviga jilmayardi. U Varnerining yelkasi osha boloxo-
na ayvoniga qaradi, u yerda mag‘rur va og‘ir Edvard turar edi. 
Leytenant bo‘lsa: “Lyudviga menga jilmayyapti”, — deb o‘ylar-
di... 
Vino ichaverib boshidan ayrilgan Vladislav: 
— Yashasin dengizdan dengizgacha cho‘zilgan buyuk 
Polsha! Yashasin buyuk polyak dvoryanligi! Dushmanlarimizga 
o‘lim! — deb qichqirar, zaldagilar orkestr ovozini bir zumgina 
bosib, unga: 
— Vivat
1
, — deb javob qilardi. 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin