Jahon adabiyotining so‘nmas yulduzlari nikolay Alekseyevich ostrovskiy bo‘ron bolalari



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/40
tarix12.10.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#154791
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   40
Nikolay Alekseyevich Ostrovskiy. Bo\'ron bolalari

45 
* *
*
Saharda ularni miltiq otishmasi uyg‘otdi. Hamma dast 
o‘rnidan turdi, hayajon ichida bir-biridan so‘rashdi. 
— Nima bo‘ldi? — deb so‘radi Pshigodskiy Rayevskiy-
dan. 
Rayevskiy, bilmayman, deganday kift qoqdi. Yigirma da-
qiqalardan keyin masala oydin bo‘ldi. Qo‘ndoq bilan urib pa-
chaqlangan eshikka bir necha askar kelib suqildi, har yoqdan 
shodlik qichqiriqlari turdi: 
— A-a-a! Biznikilar-ku bu, o‘ttiz yettinchi o‘qchi polk! 
Beliga xanjar taqib olgan g‘o‘labur to‘pchi yo‘g‘on ovoz 
bilan g‘o‘ng‘illadi: 
— Yig‘ xaltalaringni, kamradlar! Tez bo‘l! Ketamiz. 
Dragunlarning picha surobini berib qo‘ydik... O‘tib ketishimizga 
sal qolibdi, xayriyatki sizlarning shu yerda ekanligingizni bilib 
qoldik. Qani, tezroq bo‘linglar! 
* * * 
Ular shahar maydonida ayrilishdi. Pshigodskiy hamrohi-
ning qo‘lini mahkam siqdi. 
— Yaxshi qoling! Agar men kerak bo‘lib qolsam, qayerda 
turishimni bilasiz. Yaxshi qoling, pane Rayevskiy! 
Pshigodskiy bir necha qadam yurgandan keyin orqasiga 
o‘girilib, xayrlashib qo‘l siltadi. 
Rayevskiy bosh irg‘itib, javob qildi... 
Rayevskiy yerto‘laning tanish eshigi oldiga kelib to‘xtadi. 
Yuragi o‘ynayotganligini sezardi. O‘n bir yil muqaddam bu yer-
dan uni uch nafar jandarm olib chiqqan edi. Yadviga Raymond-
ning mitti qo‘lchasidan ushlab, mana shu zinapoyada turgan 


46 
to‘rtinchi jandarm uning oldini to‘sib olgan edi... Nima bo‘ldiy-
kin ular? Tirikmikin? G‘alati-ya, pastga tushib eshikni qoqishga 
yuragi betlamaydi. 
Ana, eshik ham ochildi. Oddiygina to‘r nimcha kiygan bir 
qiz zinapoyadan yuqoriga tez chiqa boshladi. Eshik tag‘in 
ochilib, bir bolaning boshi ko‘rindi. 
— Sarra xola, konfet olib kelasanmi? 
— Albatta olib kelaman, mallavoyim! Yop eshikni. 
Rayevskiy xotirjam gapirishga tirishib: 
— Shu yerda Yadviga Rayevskaya degan turadimi? — deb 
so‘radi. 
Qiz to‘xtadi. 
— Rayevskaya? Yo‘q... Darvoqe, u bir necha yil burun shu 
yerda turardi. Hozir bu yerda etikdo‘z Mixelson turadi. Ra-
yevskiylar esa Krakov tor ko‘chasida turishadi. 
— Demak, u bilan o‘g‘li tirik ekan-da? 
— Yadviga Bogdanovna bilan Raymondmi? Albatta tirik. 
Ha, ularni ko‘rmaganingizga ko‘p vaqt bo‘ldimi? 
— Ha, ko‘p vaqt bo‘ldi... Uylarining raqamini bilarsiz? 
— Agar o‘shalarnikiga boradigan bo‘lsangiz, yuring men 
bilan. Men doim ertalab Yadviga Bogdanovnanikiga kirib o‘ta-
man — ikkovimiz bir ishxonada ishlaymiz. Yuring. 
* * * 
Rayevskiy yonida taq-tuq bosilayotgan poshna tovushini 
eshitib bordi. 
Qizga qaramasdan borsa ham, lekin ko‘zining qiri bilan 
qizning qiziqsinuvchi qarashlarini sezib qoldi. U odamlarni 
darrov eslay olar edi, ayniqsa boyagi kichkina bola Sarra deb ata-
gan bu qiz hammadan ham ravshanroq esiga tushdi. Uning kich-
kina bola bilan gaplashgan soati sovuq beparvolik ifodasini 


47 
yo‘qotgan katta-katta qora ko‘zlari ayniqsa tez gavdalandi. Agar 
qiz shu qadar yosh bo‘lmaganda (yoshi o‘n yettidan oshmagan-
dir), uni boyagi mittining onasi deyish mumkin edi. 
Uning Yadviga bilan o‘g‘li to‘g‘risida qiz aytgandan ko‘p-
roq narsa bilgisi kelsa-da, lekin odat qilgan ehtiyotkorligi surish-
tirishga yo‘l qo‘ymasdi. Garchi ezib turgan tog‘ ustidan yuma-
lagan, ya’ni bola-chaqasining tirikligini bilgan bo‘lsa ham, kela-
jak uchrashish qarshisida bunyodga kelgan hayajon hamon oshib 
borardi. O‘g‘li qanday bo‘lib qoldiykin? Axir, o‘n sakkizga kirdi-
ku. Chinakam erkak degan so‘z-ku bu... Yadviga-chi? Boshqa er 
qilgan bo‘lsa-ya? Axir, oradan o‘n bir yil o‘tdi! Bu orada qancha-
qancha tollar kesilib ketdi! Soch-soqollarning oqarishidan qutu-
lish mumkin bo‘lmaganidek, bu uzoq hijron yillari yukini yelka-
dan qulatishning ham iloji yo‘q edi... 
— Mana, keldik 
Qiz tovushi xushohang edi. 
U qizga yana bir qaradi: boshida rangi nimchasiga uyg‘un, 
odmigina kiyilgan kulrang to‘r shapkacha, xushbichim burun
to‘g‘ri chiziqli go‘zal og‘iz. 
Qiz nimanidir elas-elas payqagandek jilmayardi. 
* * * 
— Ha, Sarrajon! Hozir chiqaman... 
— Yolg‘iz emasman, Yadviga Bogdanovna, mehmon ham 
bor. Salom, Raymond! 
Rayevskiyning boshi kichkinagina pastak uyning shiftiga 
tegib qolayozdi. Birdan bir derazasining ham oldida allaqanday 
saroy devori bor edi. Uy ichi tor va qorong‘i. 
Yadviga paltosini kiyib turgan yeridan o‘girilib qaradi. 
Sigizmund og‘irlashib ketgan qo‘li bilan shapkasini olib, 
sekingina: 


48 
— Salom, Yadzya! — dedi. 
Yadviga chaqchaygan ko‘zlari bilan bir necha soniya qa-
rab qoldi: 
— Zigmund!.. 
U erini devonalarcha quchoqlab, ho‘ng-ho‘ng yig‘lar, 
go‘yo yana ajrab qolayotgandek qo‘rqardi. 
— Nega yig‘laysan, nega? Mana tag‘in topishdik. Yig‘la-
ma, Yadzya... — deb unga tasalli berardi Rayevskiy. 
Raymond otasidan ko‘zini uzmay qarab turar edi. Uzun 
kechalarda muhabbat va latofat bilan onasi hikoya etib yurgan 
kishi shu edi. Raymondning xayolida otasining botir, kuchli, odil 
va oriyatli go‘zal bir obrazi yashardi. 
Bolaning qalbida otasiga bo‘lgan muhabbati bilan birga, 
uni ta’qib etgan, kishanlab, surgunga yuborgan kishilarga nafrati 
osha bordi. 
Bola “surgun”ning nima ekanligini aniq tasavvur qilolmas 
edi. 
U faqat surgunni rahmsiz, najotsiz bir narsa debgina tu-
shunardi. Onasi unga dunyoning bir burchida bo‘lgan uzoq Sibir 
degan yurtni, undagi dahshatli sovuqni, odam o‘tib bo‘lmaydigan 
o‘rmonlarni yoki qor bosib yotgan jonsiz dalalarni aytib bergan 
edi. Yuz kilometrlab yo‘l yursang ham aqalli zog‘ uchramaydi. 
Ana shu dahshatli yurtda oyoqlari kishanli odamlar chuqur yer 
ostida podsho uchun oltin qaziydilar. Ularni askarlar qorovullab 
turadilar. Surgun deb shunga aytiladi. Uning otasi ana o‘sha 
yerda. 
Bola onasining faqat bir narsanigina — faqir va haqirlarga 
baxtli hayot baxsh etishnigina, xohlagan kishi to‘g‘risidagi qay-
g‘uli qissalarini eshitib qanchalar yosh to‘kdi... 
Ona o‘zining bitmas-tuganmas qayg‘ularini, xazon etilgan 
yosh hayotini, o‘zi sevishdan charchamagan va shu uzoq yillar 
bo‘yi kutgan kishisini o‘g‘liga aytmasa, axir, kimga aytsin? 


49 
Onasi sarf etilmagan mehrini butunlay o‘g‘liga berdi. 
Bola o‘zgalar qayg‘usi va iztirobiga tushunadigan, kuyadi-
gan bo‘lib yetishdi. U onasi uchun yagona bir quvonch edi, onasi 
faqat shu quvonch bilangina yashardi. Yillar o‘tdi. Bola o‘sib, 
baquvvat kishi bo‘ldi. O‘g‘liga qarab, onasi o‘zining yoshligini, 
Sigizmundning ham shunday yosh va kelishgan holda uchra-
shuvga kelib yurgan kezlarini eslardi. Uni hayot naqadar masxara 
etdiki... 
Hayotning eng go‘zal yillarini do‘stisiz o‘tkazish, do‘sti-
ning azob chekayotgan har bir soatini bilib turish... Mana endi u 
qaytib keldi. Soch-soqollari oqargan, dahshatli bir surat olgan. 
Peshonasida qilich izidek chuqur ikki ajin... 
Otasi o‘g‘lidan novcharoq. Kuchli. Raymond buni o‘z 
yelkasidan quchoqlagan qo‘llardan sezdi. 
— Tato, azizim! — deb sekin shipshidi u. 
* * 
*
Sarra bu hodisaga uyalinqirab qarab turdi. U ixtiyorsiz 
ishtirokidan o‘ng‘aysizlanardi. “Ha-a, Raymondning sirli otasi 
shu ekan-da! Men ham boya payqaganday bo‘lgan edim”, — deb 
o‘ylanardi do‘stlari uchun shodlangan Sarra. 
— Yadviga Bogdanovna, men boray, siz qola qoling. “Ka-
sal bo‘lib qolibdi”, — deb qo‘yarman, — dedi qiz sekingina. 
Yadviga hushiga keldi. 
— Ha-ya, ishxona... Shoshmay tur, Sarrajon! Qololmay-
man. Shpilman bugun ikkovimizga: “Mogelnitskiylarnikiga 
borasizlar”, — deb buyurgan edi-ku. Bormasam naq ishdan hay-
daydi... — dedi u, so‘ngra eriga qarab, o‘zini oqlayotgandek pi-
chirladi: — Kechir, Zigmund, borishim kerak. Qimmatli buyurt-
mani o‘zim o‘lchab, o‘zim topshirishim kerak. Ertaroq kelishga 
tirishaman... Xo‘p... Raymond aytib berar senga hamma gapni... 


50 
Parvardigor! Nahotki kelganing rost bo‘lsa? 
Ostonada erini yana bir quchoqladi-da, keyin eshikni 
yopib chiqib ketdi. 
Sigizmund apil-tapil o‘g‘lidan so‘radi: 
— Bu qiz sizlarga yaqin odam bo‘ladimi? 
— Ha, dada. 
— Yugur orqalaridan, onangga borib ayt: mening kelgan-
ligimni onang ham, haligi qiz ham og‘izlaridan chiqarishmasin. 
Raymond tushunib, uydan yugurib chiqib ketdi. 
U qaytib kelganda, otasi sochlari oqarib ketgan boshini 
qo‘liga suyab, stol yonida o‘y surib o‘tirar edi. U o‘g‘liga qaradi-
da, kuchli mehr bilan jilmayib qo‘ydi. Raymond ro‘parada 
gapirishga so‘z topolmay turardi. 
Nihoyat past ovoz bilan: 
— Qorningiz ochdir? — deb so‘radi u. 
— Ha. Lekin meni “siz”lama. 
Oraga yana sukunat tushdi. Ular bir-birlariga qarab-qarab 
qo‘yishar edi. O‘g‘li otasi to‘g‘risida ko‘p narsa bilar, otasi esa 
o‘g‘li to‘g‘risida hech narsa bilmas edi. Sigizmund Rayevskiyni 
mana shu bilmaslik tashvishga solardi. Bu qomatdor yigit nima 
bilan yashab, nimaga intilib kelgan ekan? Ota-bolaning munosa-
bati qanday bo‘larkin? U otasining do‘sti va sirdoshi bo‘larmikin 
yo burjua qo‘shnilar singari undan ham berkinib yurishga to‘g‘ri 
keladigan begona, chet kishi bo‘lib qolarmikin? Rayevskiy har 
vaqtdagiday xatar sari yuz o‘girdi. 
— O‘tir, o‘g‘lim, qani ayt-chi, turmushlaringiz qalay 
kechdi?.. 
Raymond uyalinqirab kulimsiradi-yu, stol yoniga kelib 
o‘tirdi. Otasi uning qizlarnikiga o‘xshash nozik, chiroyli yuziga 
qarab xo‘mrayardi. U bu yuzdan botirlik izlardi, istagan narsasi 
faqat ko‘k ko‘zlaridagina bir yilt etib ko‘rindi. 
— Nimadan boshlay, dada? 


51 
— O‘qiysanmi? 
— Yo‘q, uch yildan beri o‘qimayman, shahar maktabini 
bitirganimdan keyin o‘qishni yig‘ishtirib qo‘ydim. Pul bo‘lmadi. 
Oyim xohlasa ham, lekin oyimni kunda yigirma soat kiyim tik-
tirib o‘qishga rozi bo‘lolmas edim. Shundan keyin Barankevich-
ning qand zavodida ishlay boshladim... 
Uy ichi jimjit. Faqat soatning o‘lchab bosgan qadamlari-
gina eshitilib turadi. 
— Bugun men tufaylimdan zavodga bormadingmi? 
— Yo‘q... Bir necha oydan beri u yerda ishlamayapman... 
— Nega? 
Raymond bezovtalik bilan qimirladi. 
— Zavoddan haydab yuborishdi. 
— Nima sababdan? 
Raymondning ko‘zlari qisildi. 
— Ular menga “Omborni talashda ishtirok etgani uchun 
bo‘shatildi” degan guvohnoma berishdi... 
Raymond otasining keskin jiyirilgan qoshlarini ko‘rib, 
to‘xtadi. 
— Lekin bu to‘g‘ri emas, dada! Qip-qizil yolg‘on! Biz fa-
qat olti oylik ish haqimizning to‘lanishini talab etgan edik, xolos. 
Ishchilar Barankevich huzuriga yuborish uchun delegatsiya say-
lashdi, yoshlar meni yuborishdi. Barankevich bizni xuddi itga 
baqirgandek baqirib quvib chiqardi. Bizni idora oldida butun 
zavod ishchilari kutib turgan edi. Xo‘jayin bizni qanday qabul 
qilganligini aytib berdik. Ana shunday qilib, butun gap shu yer-
dan boshlanib ketdi. Nemis qo‘riqchilari bizni hayday boshlovdi, 
biz ularni qurolsizlantirib, pulemyotini tortib oldik. Hisobchini 
ro‘yxat bilan oylik to‘lashga majbur etdik. Kassadagi pul yetma-
gandan keyin omborni ochib, omborchiga pul yetmay qolgan-
larning har biriga uch qopdan qand berishni buyurdik. Hech 
qanday talonchilik qilingani yo‘q! Biz qari askarlar bilan ko‘cha-


52 
ni nemis dragunlaridan saqlab turdik. Barankevich ularni darrov 
telefon bilan shahardan chaqirgan ekan. Bor o‘qimizni otib bo‘l-
ganimizdan keyin qochib ketdik. Lekin pulemyotni nemislarga 
bermay, ishonchli joyga berkitib qo‘ydik... 
Shu gaplarni aytgandan so‘ng Raymond to‘xtab qoldi. 
Otasi o‘y surib o‘tirib, oppoq mo‘ylovlarini burar, kulimsirar edi. 
— Keyin nima bo‘ldi? 
— Keyin nemislar hammaning qandini tortib oldi. Ko‘p-
larni qamashdi, qolganlarini Barankevich bir tiyin ham to‘la-
masdan haydab yubordi. Menga va delegatsiyaning boshqa a’zo-
lariga zavod ma’muriyati bo‘ri patta berdi. Lekin men bir qadoq 
ham qand olganim yo‘q, dada! Barankevich mening bir yuz yet-
mish markamni bermadi. Bu yarim yillik ish haqim edi. 
— Mayli, o‘g‘lim. O‘sha pulemyotchilaring bilan meni bir 
tanishtirib qo‘yasan-da. Agar bo‘lsa, kel, endi bir ovqat qilib 
olaylik. 
— Kechir, tato, faqat sho‘r baliq bor, xolos... 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin