Jahon adabiyotining so‘nmas yulduzlari nikolay Alekseyevich ostrovskiy bo‘ron bolalari



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/40
tarix12.10.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#154791
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   40
Nikolay Alekseyevich Ostrovskiy. Bo\'ron bolalari

Viza
 — 
ijozat.


36 
sizlab yubordi: 
— Xo‘sh, nima uchun sizning vizangiz yo‘q? 
Novcha kishi: 
— Men nemischa bilmayman, — deya polyakcha javob 
qildi. 
— Bu kishi polyak, sizning tilingizga tushunmayapti, — 
deb askar tarjima qildi. — Biz bu kishi bilan birga kelganmiz. 
Bu ham komendaturaga viza olgani boruvdi, lekin u yerda hech 
kim yo‘q ekan. Ikkovimiz ham shu yerlik, hamshaharmiz. 
Askar bergan izoh kor qilmadi. Shmultke keyingi kunlar 
ichida shu qadar xunob bo‘lib ketgan ediki, biron qaltisroq ish 
qilib qo‘yishdan o‘zini zo‘rg‘a tutib turardi. Hozir ham bir hafta 
burun har qanday zobit oldida dir-dir titrab turadigan bu ablah, 
mana endi, ahmoqona Avstro-Vengriyada pishirilgan bo‘tqaning 
isini sezib, shunday ohangda gapira boshlaganda Shmultke uning 
jig‘ini ezib yuborgisi keldi... Oxiri nima bo‘larkin-da? Bugun 
poyezddan ellik yettita dezertir ushladi, bularning o‘n bittasi 
yarog‘-aslahali. “Askarlar yoppasiga qochib ketishyapti”, — deb 
telegrammalar kelib turibdi. Agar bu to‘lqin shu yerga ham yetib 
kelsa... Hah, qurib ketsin-a! 
— Komendaturaga yuboring bularni! Haqiqatan shu sha-
harda turish-turmasliklarini ertaga tekshirib ko‘ramiz. 
* * * 
Bo‘sh avaxtaga keltirib qamalgan Pshigodskiy tuguncha-
sini g‘azab bilan so‘riga otib urdi-da, tishlarini g‘ijirlatib 
do‘ng‘illadi: 
— Ana xolos, yurtga qaytish deb shuni aytadi-da! Bu taxta 
kanalari ichida kechasi bilan qandingni urib chiqaver endi... 
Ishimizni erta bilan tekshirar emish!.. Butun bir oy yo‘l yurib: 
“Endi uyimga keldim”, — deganingda ostonangdan tutib qamab 


37 
qo‘ysalar-a! Ishqilib, Xudo bironta qorong‘i joyda uni qo‘limga 
tushirmasin-da! 
— O‘zingda ham picha ayb bor, oshna. U bilan biroz 
yumshoqroq muomala qilish kerak edi. Shoshma, o‘zing asli 
qayerda turasan? 
— Shu yerda, shaharga yaqin, Mogelnitskiylar mulkida. 
— U yerda kiming bor! 
— Xotinim bor, otam, akam... Xullas, odam ko‘p. Men 
senga aytsam, turmushlari ham totuvgina! Bizning urug‘ umr 
bo‘yi Mogelnitskiylarga xizmatkor bo‘lib o‘tadi. Otam saroybon, 
akam xizmatkor, xotinim esa oqsoch. Men ularda otboqar edim. 
Xizmatkorlikka olishmadi — xunuklik qilib qoldim. O‘zim 
ham-ku xizmatkor bo‘lishni xohlamas edim-a. It kasbi! Xo‘ja-
yining burningga chertganda oldingi oyoqlaringni ko‘tarib, 
dumingni jilpanglatib turishing kerak. Ot boqish qayoqda-yu, 
xizmatkorlik qayoqda. 
Rayevskiy kamzulini so‘riga solib, shapkasini yechdi, 
so‘ngra askarga qarab uzandi. U esa mo‘ysafid qo‘shnisining ku-
mush sochlariga mahliyo bo‘lib qoldi. 
— Nechaga kirdingiz, pane Rayevskiy? 
— Qirq beshga. Ha? 
— Mo‘ysafid bo‘lib qolganligingizni ko‘rib, shunchaki 
so‘radim-da. Nega bunday bo‘ldi? 
Rayevskiyning o‘siq qoshlari chimirildi. 
— Yigirma yoshida soch-soqoli oqarib ketganlar ham 
bo‘ladi. 
Bir necha daqiqa jim qolishdi. 
— Ichingizda ko‘p gap bor-da, sizning pane Rayevskiy, — 
dedi nihoyat Pshigodskiy. — Ko‘pdan beri razm solib kelaman. 
Boya ham nemisga: “Tilingga tushunmayman”, — dedingiz, 
holbuki to‘g‘ri emas edi o‘sha gapingiz! 
Rayevskiy unga tikilib qaradi. Pshigodskiy tasalli berayot-


38 
ganday jilmayib: 
— Xotirjam bo‘lavering, pane Rayevskiy! Mening zotim 
past bo‘lsa ham, lekin dilim toza. Mening ham o‘ylab yurgan 
narsalarim bor. Agar boyagi nemis qovoq mening shu yil bo‘yi 
qanday “kartoshka kovlaganligim”ni bilsaydi, men bilan bosh-
qacha gaplashgan bo‘lardi. Agar qiziqsangiz, o‘z hayotimdan 
ba’zi narsalarni aytib berishim mumkin. Baribir, qiladigan ishi-
miz yo‘q. Gaplashib o‘tirsak, vaqt tez o‘tadi... — dedi. 
Rayevskiy askarning bezovta harakatlarini kuzatib yotar 
edi. 
— Pshigodskiy, bilasizmi men sizga nima demoqchiman? 
— deb birozdan so‘ng javob berdi u. — Odam aytgisi kelgan 
narsasini har kimga ham aytavermasligi kerak. O‘zingiz tuzuk 
odam ko‘rinasiz. Lekin hozir gapirilmasa ham bo‘ladigan joylar-
da ortiqcha gap sotadigan zamon emas. Masalan, mana bugun 
agar nemisning g‘ashiga tegmaganingizda allaqachon uyimizda 
o‘tirgan bo‘lardik... 
Askar so‘riga kelib, uning yoniga o‘tirdi. 
— Gapingiz to‘g‘ri, bunga bir nima deb bo‘lmaydi! Lekin, 
men sizga aytsam, shunday vaqtlar bo‘ladiki, odamning yuragi 
judayam siqilib ketadi. Ana shunday kezlarda yuragingni 
bo‘shatish uchun dardlashging keladi. Ayniqsa dardlashadigan 
kishingning masalaga insoniylik bilan qaraydiganligini sezsang, 
yana ham yuragingni ochib solging kelib ketadi. Mana hozir 
uyimga kelib qolayozdim, lekin buning uchun qani suyunsam-
chi... 
— Nima sababdan? 
— Buning sababini aytish uchun so‘zni ancha uzoqdan
boshlash kerak... O‘zim urush boshlanishi oldida uylandim. 
Qishloqdan yaxshigina, xushro‘ygina, lekin picha sho‘xroq bir 
qizni topgan edim. Qaylig‘im Fransiska bilan graf chorbog‘ining 
yonidagi qo‘rg‘onda turardik... Urush boshlandi. Graflarning 


39 
taqdiri har xil bo‘lib chiqdi: grafning katta o‘g‘li Edvard (buning 
mulki Varshavaga yaqin joyda) rus gvardiyasiga xizmat qilar edi, 
o‘rtancha o‘g‘li Stanislav esa (uning mulki Galitsiya bilan 
Ukrainada) safarbar qilinganda Avstriya zobiti bo‘lib qoldi. Ne-
mislar biz yoqlarni bosib olishganda shu yerdagi garnizon bosh-
lig‘ining adyutanti bo‘ldi. Urushda qaysi tomon yutib chiqsa 
ham, baribir, Mogelnitskiylar yutqizmaydi. Graf Stanislav otasi-
ning iltimosi bilan meni o‘ziga xizmatkor qilib oldi. Bu ham 
go‘rga edi-ya, lekin xo‘jayinlarning ko‘zi Fransiskaga tushib 
qoldi. Fransiskani yoqtirib, o‘zlariga oqsoch qilib olishdi. U qasr 
yonidagi hujraga ko‘chib bordi. Uni qari grafning xizmatiga 
qo‘yishdi. Chol esa yil o‘n ikki oy kasal. Kechasi bilan unga 
qarab chiqish kerak. Ana shundan keyin xotinimda allaqanday 
xunuk narsalar seza boshladim. O‘zi menga hech nima demaydi-
yu, lekin ichidan eziladi. Men har kuni kechqurun uning oldiga 
shahardan kelib turardim. Bir kun ertalab qarasam (o‘zi uxlab 
yotgan edi), xuddi birov tishlaganday, ko‘kragi momataloq bo‘-
lib ketibdi. Yuragim yorilib ketay dedi. Bo‘g‘ib o‘ldirishimga sal 
qoldi! Shunda xotinim qari grafning osilib yurganligini bo‘yniga 
oldi. Hamma yog‘ini ko‘kartirib yuboribdi. Cholning dastidan 
qutulolmas emish. Xotinim o‘zini himoya qila boshlagan ekan, 
chol: “Ertagayoq eringni urushga haydab, o‘zingni saroydan 
quvaman”, — deb do‘q uribdi... Xotinim menga shunday narsa-
larni aytib berdiki, tepa sochim tikka bo‘lib ketdi. U qari gazanda 
allaqachon o‘lishi kerak edi! Axir, bir oyog‘i yerda bo‘lsa, bir 
oyog‘i — go‘rda! Hech narsaga yaramaydi... Yaramasa ham 
xotinlarga osiladi. Tishlaydi... Kun bo‘yi jinni bo‘lib yurdim. Ke-
chasi kelsam, xotinim yo‘q. Grafning uyiga qarab yugurdim. 
Cholning eshigiga suqila boshladim. Keyin nima bo‘lganligini 
o‘zim ham bilmayman! Esimda yo‘q... Hammasi duv yig‘ilib 
kelibdi, jinnilarcha mushtlashishimga qaramasdan ichkariga kir-
gizishmabdi! Graf Stanislav to‘pponcha bilan boshimga shunday 


40 
uribdiki, meni o‘ldi deb hovliga chiqarib tashlashibdi. “Mast 
bo‘lib kelib to‘polon qilganim” uchun qamashdi. Ertasiga bo‘lsa 
eshelonga solib to‘g‘ri frontga jo‘natishdi. Frontda-chi, paytini 
topib turib, ruslarga taslim bo‘lib qola qo‘ydim. Bizni Sibirdagi 
konsentratsion lagerlarga olib keldilar. Bu voqea o‘n beshinchi 
yilning oxirida bo‘ldi. U yerda boshimizga qanday balolar tush-
madi! Kunda askar boshiga o‘ttiz besh tiyindan pul berishadi! 
Zobitlarga esa yetti so‘mdan. Askarlar terlama va ochlikdan rosa 
qirilishdi, zobitlarning esa bir mo‘yi ham kam bo‘lmadi... Biroq 
shundan keyin inqilob bo‘lib qoldi. O‘n yettinchi yilda na u yoq-
qa o‘ta oldik va na bu yoqqa. Inqilobchilar odamini topib kekir-
dagidan bo‘g‘a boshlaganda biz asirlarga ham jon kirdi. Zobitlar 
ichida leytenant Shaypo degan bir venger yigit bor ekan. U bizga 
qarab: “Og‘aynilar, omborlarni talanglar, oziq-ovqat va harbiy 
anjomlarni olinglar!” — dedi. Biz ham shunday qildik. Lekin 
inqilob hali u yerga yetib kelmagan edi. Bizni o‘qqa tutib, tumta-
raqay qilishdi. Keyin Shaypo bilan bizni askarlardan ajratib, qa-
moqqa tiqishdi, ishimizni harbiy dala sudida ko‘rmoqchi bo‘lib 
turishgan edi, birdan alg‘ov-dalg‘ov boshlanib qoldi. Inqilob-
chilar bizning lagerlarga ham yetib kelishib, hammani bo‘shatib 
yuborishdi. Mitinglar o‘tkazildi. Shunday qilib, asirlarning bir 
qismi inqilobchilarga yordam bermoqchi bo‘ldi. Agar ortiq bo‘l-
masa, vengriyalik va galitsiyaliklardan bo‘lib bir yarim ming ki-
shi to‘plandik. Ko‘pchiligi otliq askarlar. Qurollandik, otlar 
topdik. Shaharni qo‘lga olib, qamoqxonani ochdik va Shayponi 
topib, masalani ko‘ndalang qo‘ydik: “Agar chinakam tuzuk 
odam bo‘lsang, oddiy xalqqa achinsang, komandirlikni zim-
mangga ol-u, harakat boshla”, — dedik. Leytenant uzoq o‘ylab 
turmadi, jon-dili bilan: “Qani, menga bir ot bilan ikkita mauzer 
beringlar!” — dedi. Ana shundan keyin janob rus zobitlarini 
chunonam solib ketdikki! Menga bu narsa juda ham yoqib qolgan 
ekanmi, qarang-a, yarim yilgacha otdan tushmabman. Leytenant 


41 
Shaypo harbiy asirlar bilan Uzoq Sharqda partizanlik qilib qoldi, 
mening ko‘nglim esa uyimga yaqinroq joyni qo‘msay boshladi. 
Shunday qilib, Ukrainaga kelib oldim. Bu yerda ham o‘zimga 
yarasha ish topildi. Nemislarning changaliga tushguncha urish-
dim. Qishloqqa razvedkaga yuborishuvdi, dushmanga to‘g‘ri ke-
lib qoldim. Yaxshi hamki yonimda qurolim yo‘q ekan. “Harbiy 
asirman”, — dedim — eski hujjatlarim jonga aro kirdi. O‘zlari 
ham meni rosa sarson qilishdi, ming chig‘iriqdan o‘tkazishdi, 
axiri, uyimga javob berishdi... 
Pshigodskiy to‘xtadi va boshini horg‘in solintirib, qimir-
lamasdan o‘tirdi. 
— Nima uchun inqilobchilar bilan qilgan ishlaringni 
menga aytasan? Men senga yot odam bo‘lsam, faqat uch kundan 
beri birga kelyapsiz, xolos. Birdamas-birda shunday gaplaring 
bilan bironta ablahning qo‘liga tushasan-u, o‘zingni o‘zing 
o‘limga tutib berasan, — dedi sekingina Rayevskiy. 
— “Yomon qaramang”, — deb aytdim-da sizga... 
— Men bilan nima ishing bor? G‘alatisan. Xuddi yo‘lning 
tersidan kelayotgan odamga o‘xshaysan. Gapni qo‘y endi, 
uxlaylik. 
Avaxtaga ola qorong‘i tushdi. Devor orqasidan kelib tur-
gan odam tovushlari tindi. Deraza oynalariga urilayotgan yom-
g‘ir sharpasi eshitilib turardi... 
— O‘rtoq Rayevskiy, shapkangizni olganingizdan keyin 
endi tanidim sizni. Uch kundan beri: “Qayerda ko‘rgan ekan-
man?” — deb o‘ylayman. Xuddi baynalmilal guruhlarning ko-
missariga o‘xshaysiz. Faqat bu joy sizga munosib emas, xolos. 
Familiyangiz ham boshqa — uni o‘rtoq Xmuriy deb atar edik. 
Sizga tikilibroq razm solinsa, o‘sha odamning o‘zi bo‘lib chiqa-
siz... Shuning uchun ham: “Menga yomon ko‘z bilan qarab yur-
mang”, — deb aytib berdim. Qarang, biz unchalik begona odam-
lar emas ekanmiz. 


42 
Rayevskiy oq mo‘ylovlari tagidan kulimsirab qo‘ydi. 
— Odamlarda shunaqa o‘xshashlik bo‘ladi! Lekin bunisi 
xavfli. Bekordan bekorga dorga osib qo‘yishlari mumkin... 
Pshigodskiy qo‘lini Rayevskiyning yelkasiga tashladi. 
— Xotirjam bo‘lishingiz mumkin, o‘rtoq Xmuriy... kechi-
rasiz, o‘rtoq... ya’ni pane Rayevskiy. Yarim yillik umrimni inqi-
lobchilar bilan bekorga o‘tkazganim yo‘q — ba’zi narsalarni 
o‘rganib oldim... 
Devor orqasidan yaqinlashayotgan poyezdning gurullagan 
ovozi eshitildi. Yana odamlar g‘ovurlay boshladilar. Birov eshik-
ni ochdi. Yo‘lakdan baland ovozli buyruqlar eshitildi. Avaxtaga 
Avstriya askarlarining har xilidan bir to‘dasini olib kirdilar. Xona 
ular bilan liq to‘lgandan keyin nemis dragunlari
1
eshikni berkit-
dilar. Xona ichi toraydi, shovqinga to‘ldi. Askarlar so‘riga, pol-
ga, deraza tokchasiga, stol o‘rniga qo‘yilgan qutilarga joylash-
dilar. 
Ko‘kragiga “Temir xoch” ordeni taqqan bir jangari suvo-
riy Pshigodskiyga ko‘zini qisib qo‘ydi. 
— Sen ham chekinyapsanmi kamrad
2
? Ha, pogonlaringni 
o‘zing olib tashladingmi yo anavi it emgan obermi? 
— Men harbiy asirman. Xo‘sh, o‘zlaringiz-chi, yigitlar, 
uyga ketyapsizlarmi? — deb so‘radi Pshigodskiy beixtiyor 
kulimsirab. 
Yengiga yefreytorlik nishoni taqilgan bir miqti asir suvo-
riy o‘rniga javob berdi: 
— Ha, muhlatsiz ta’tilga. 
Hamma kulib yubordi. 
— Uyga borib baliq ovlagani. 
— Xotinlarimiz ultimatum yuborishibdi: agar uyga tez 
1

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin