Jahon adabiyotining so‘nmas yulduzlari nikolay Alekseyevich ostrovskiy bo‘ron bolalari


Vatikan — Rim papasining saroyi. 20



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/40
tarix12.10.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#154791
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Nikolay Alekseyevich Ostrovskiy. Bo\'ron bolalari

Vatikan
— Rim papasining saroyi.


20 
Edvard davom etib, — chunki bu masalada Avstro-Vengriya ik-
kinchi darajali rol o‘ynaydi. Fransiya general shtabining aniq 
ma’lumotiga ko‘ra, Avstro-Germaniyaning bu yerlarda yigirma 
to‘qqizta piyoda va uchta otliq diviziyasi bor. Qo‘shinlardagi as-
karlarning umumiy umumiy soni — uch yuz yigirma mingdan 
iborat. 
Iyeronim hazratlari miyig‘ida kulib qo‘ydi. 
— Nima sababdan kulayotganingizni bilaman, Iyeronim 
hazratlari. Hozircha: “Fransiyaning bitta ham askari bo‘lmagan 
tuproqda Germaniyaning necha yuz mingta askari borligini bilish 
uchun Parijdan kelib ovora bo‘lib yurishga arzimasdi”, — deb 
o‘ylaysiz. Men hozircha deyapman, chunki hali urush davom 
etyapti... Urush esa, Iyeronim hazratlari, faqat yangi chegaralar-
gina emas, hatto yangi davlatlar ham barpo qiladi. Hozir sizga bir 
harbiy sirni aytib beramanki, mening kelishimga ham asli o‘sha 
sabab. Avvalo, Germaniya urushni boy berib qo‘ydi. 
— Urushni boy berib qo‘ydi? — dedi hayratini yashirmay 
Iyeronim hazratlari. — Nahotki, Antanta Germaniyani g‘arbiy 
frontda tor-mor etgan bo‘lsa? 
— Yo‘q, front hali mavjud, ammo bu jon talvasasi, xolos. 
Uning halokati o‘z ichidan boshlanayotir. Bizning harbiy razved-
kamiz Avstriyada, shuningdek Berlin va Gamburgda ham ish-
chilar bilan askarlarning bir necha bor qo‘zg‘alganliklaridan xa-
bar berayotir. Bronenoslardan birida isyon ham ko‘tarilibdi. Kun 
sayin g‘alayonlar ortib bormoqda, Kayzer hukumati endi uning 
evini qilolmay dog‘da emish. Hech qanday shubha yo‘qki, yaqin 
kunlar Avstriya bilan Germaniyada inqilob bo‘lganligidan xabar 
keltiradi. Nemislarda kuch qolmadi. Ularning joniga hech nima 
oro kirolmay qoldi: na Rossiyaning ular bosib olgan eng mahsul-
dor viloyatlari va na ichidan o‘layotgan Germaniyaga Ukraina-
dan olib ketilayotgan g‘alla bilan chorva. Millatning urushni da-
vom ettirishga madori qolmadi, chunki uning orqa tomoni o‘t 


21 
ichida. Avstriya esa umuman Germaniyaga suyanib yashaydi. 
Ko‘rib turibsizki, Germaniyaning boshiga ham Rossiyanikiday 
kunlar tushmoqda. “Rossiyadagi inqilob kasalligi Yevropaga 
yuqmaydi”, — deb o‘ylash aqlsizlik bo‘lar edi. Bu kasal alla-
qachon yuqqan. “Ukrainadan fransuz frontiga o‘tkazilayotgan 
nemis qismlari o‘sha kasallikka mubtalo bo‘lib, harbiy salohi-
yatini yo‘qotgani, hatto boshqalarni aynitayotgani uchun xavfli 
ham bo‘lib qolgan”, — deb Lyudendorfning o‘zi iqror bo‘ldi... 
— Pan Edvard, qani, ayting-chi, bu narsa yolg‘iz Germa-
niyagagina oidmi? — deb uning so‘zini bo‘ldi Iyeronim hazrat-
lari. 
Oraga bir necha soniya jimlik tushdi. Edvard pechkasi 
yoqilmagan kabinetning sovuqligini endigina sezdi. Lyudviga-
ning royal chalayotgani eshitilib turardi. U ijirg‘andi, qosh-
qovog‘i solindi va musiqa uyg‘otgan issiq, nozik hislarni o‘zidan 
haydab, bo‘g‘iq va qattiq bir ohangda gapira boshladi: 
— Vabo kabi kasallik murtakligidayoq qirib tashlanmasa, 
butun madaniyat dunyosini yeb bitirishi mumkin. — Edvardning 
ovozida mudhish bir qat’iyat va uning ro‘parasida o‘tirgan 
iyezuit arang seza olgan dahshat yangrab ketdi. U o‘rnidan turdi, 
bir necha odim bosdi, so‘ngra Iyeronim hazratlarining oldida 
to‘xtab, so‘zini davom ettirdi: — Germaniya imperiyasining bu-
tun binosi qulamoqda... Keyin nima bo‘lishini aytish qiyin. Agar 
Berlin Moskvaning ishini qilib ittifoq tuzsa, u holda dahshatli 
xavf tug‘iladi. Inqilob olovi lovullab turgan turgan bir mamla-
katga ittifoqchi qo‘shinlarni olib kirish nemislarning Ukraina 
kuniga tushishi bo‘ladi-ku. Agar sotsial-demokratlar — o‘nglar 
to‘g‘risida gapiryapman — hokimiyatni qo‘lda ushlab qolsalar, 
u holda imperator burguti o‘rniga demokratiya tovug‘i o‘tiradi-
yu, Germaniya bir necha yilgacha buyuk davlatlik rolini o‘ynash-
dan mahrum bo‘ladi. 
Edvard Iyeronimning ko‘zlarida hayronlik savolni uqdi. 


22 
— Siz nima uchun kelganligimni va nemislar meni fransuz 
josusi deb otib qo‘yishlari mumkinligini so‘ramoqchisiz-da? 
— Men bu haqda hech nima demadim, shekilli. Lekin, 
iqrorman, bu masala meni qiziqtiradi. 
— Juda soz. Uzoq muqaddimam uchun kechirasiz. Shun-
day qilib, nima uchun kelganligimni so‘ramoqchisiz-da?.. Ber-
linga o‘t tushdi deguncha Ukraina bilan Polshadagi nemis armi-
yasi tarqalib ketadi. Bu shubhasiz. Nemislar ketdimi, ular egallab 
turgan joylarning hammasi Rossiyaning qo‘liga o‘tadi. Ana un-
dan keyin nima bo‘lishini ko‘z oldingizga keltira olasizmi? 
Moskva — Berlin! Bu — Yevropa tamom degan so‘z. Bunga 
Fransiya ham yo‘l qo‘yolmaydi. Angliya ham. Ahvol yomon 
o‘zgaryapti. Burun Avstro-Germaniya armiyasi Yevropani kom-
munistik Rossiyadan ajratib turuvchi g‘ovlik vazifasini ado etar-
di. Endi bu g‘ov buzilayotir. Agar uning o‘rniga boshqa g‘ov sol-
masak, Rossiyadagi inqilob hamma narsani yamlab qo‘yadi... 
Quloqlarini ding qilib eshitib o‘tirgan Iyeronim hazratlari: 
— Buning oldini olib bo‘larmikin? — deb so‘radi. 
Edvard kartani qo‘liga oldi. 
— Milliy armiyali Polsha respublikasi tuzish kerak, ruslar-
ning G‘arbga boradigan yo‘lini shu to‘sib qoladi. Latviya bilan 
Estoniya “mustaqillik” oladi va Polsha Ruminiya bilan birlash-
gan holda Rossiya bilan G‘arb orasida qurolli bufer tuzadi; bu 
bufer Fransiya himoyasida bo‘ladi. Angliya bo‘lsa Murmansk va 
Arxangelsk bilan mashg‘ul bo‘ladi. Ittifoqchilar desanti ruslarni 
shimoldan, flot esa Boltiq dengizidan siqa boshlaydi. Inglizlar-
ning ikkinchi zonasi — Shimoliy Kavkaz, Boku va O‘rta Osiyo 
bo‘ladi. Fransuz floti esa imkon bo‘lishi bilan Qora dengizga 
kiradi-da, Odessa va boshqa portlarni egallaydi. Yaponlar Vladi-
vostokni bosib olishdi, endi Sibirga qarab kelishyapti. Ruslarning 
oq armiyasi bilan chexoslovak korpusi ham shu yo‘ldan kela-
yotir. Polsha bu orada Ukrainaning o‘ng tomonini, Litvani ham-


23 
da Belorussiyani egallab olishga urinib ko‘radi, agar bu narsa-
larga muyassar bo‘linmasa, u holda u yerlarda ruslarga qarshi 
davlatlar tuzadi. Bu halqada siqilgan Moskva bo‘g‘ilib o‘ladi. 
Endi biz polyaklar ham, yurtimizda alg‘ov-dalg‘ov boshlan-
masdan burun, etagimizni yig‘ishtirib olaylik. Shunday qurolli 
kuch to‘playlikki, bu kuch nemislar ketgandan so‘ng Polshada 
qanaqadir partiya yoki shunga o‘xshash biron narsa tuzmoqchi 
bo‘lganlarni bitta ham qo‘ymay o‘z olovida yondirsin. Biz uchun 
eng muhim bo‘lgan narsa — vaqtni boy bermaslik, kuch to‘plash, 
ularni qurollantirish, hokimiyat organlari, jandarmeriya tuzish. 
Fransiya bizga harbiy anjomlar, qurol-aslaha qarz berib turadi, 
bir yarim mingtacha zobit yuboradi. Keyinchalik boshqacha 
gaplashib ko‘ramiz. Ammo hozir harakatni boshlash zarur, bu 
harakat eng qat’iy yo‘llar bilan borishi kerak. Bu masala faqat 
umumiy siyosatgagina oid bo‘lib qolmasdan, balki o‘z taqdiri-
mizga ham aloqador ekanligi boyagi talabning ahamiyatini tag‘in 
ham orttirib yuboradi, chunki polyak qizillarini biz qirmasak, 
bizni ular qirishadi! 
Edvard to‘xtab, kartaga tikilib qoldi. So‘ngra bir narsa 
esiga tushgandek ilova qildi: 
— Aytmoqchi, janob hazratlari kardinal Kamarini: “Agar 
Iyeronim hazratlarining ishlari muvaffaqiyatli chiqsa, bosh 
vikariy
1
vazifasiga Volinda undan muvofiqroq odam topilmaydi, 
shuni aytib qo‘ying”, — degan edilar. 
Iyeronim hazratlarining ko‘zlari odatdagi ifodasini 
o‘zgartmadi. 
— Buyruqlaringizga muntazirman, pane Edvard. 
— Juda soz, Iyeronim hazratlari! — Edvard o‘tirdi. — 
Shunday qilib, harakat qilamiz... Ikki kunlardan keyin men Var-
shavaga — kengashga jo‘nayman. Shunga qadar okrugdagi ham-
1
Vikariy
 — 
yepiskop (popdan yuqorigi mansab, poplar ustidan turuvchi) o‘rinbosari.


24 
kasblaringizni vaziyat bilan tanishtiring. Ammo ehtiyot bo‘lib 
ish ko‘ring. 
Edvard iyezuit barmog‘ining bezovta harakatlarini sezib, 
keyingi jumlani aytish kerak emasligini angladi. 
— Mening kelganligim va ishim to‘g‘risida og‘iz och-
mang. Uch haftadan keyin xotinimning tug‘ilgan kuni keladi. 
Shu bahona bilan okrugdagi kerakli odamlarni hamda bizning 
harakatimizga manfaatdor bo‘lgan boylarni yig‘amiz. Ayni fur-
satda siz ham ksendzlarning
1
kengashmasini chaqirasiz. So‘ngra 
bu yerdagi siyosatchilar bilan shaxsan ko‘rishib turishga harakat 
qiling. Ularning kattasi kim hozir? 
— Pepeeschi
2
advokat Sladkevich. 
— Darrov sotsialist bo‘lib qolibdimi? Juda tez. Ichidan 
pishgan tulki! Undan ehtiyot bo‘ling, Iyeronim hazratlari! Ahvol 
bir yoqlik bo‘lguncha bu odam bizni nemislarga uch marta sotib 
ulguradi. Varshavadan bir nechta zobit olib kelaman, ularni 
tuzuk-tuzuk oilalarga joylashtirish kerak. Odam tanlashga kiri-
shamiz, sekin-asta qurollantiramiz... Hamkasblaringizdan biron-
tasi o‘z va’zida qavmlarni vatan va buyuk Polsha uchun kurashga 
chaqirsin. Agar uni qamab qo‘yishsa, hechqisi yo‘q, qutqazib 
olamiz! Men pul olib kelaman. Hozircha mana bu o‘n besh ming 
markani olib turing. Aytmoqchi, nemis markasi yaqinda barbod 
bo‘ladi, shu to‘g‘rida kerakli odamlarni ogohlantirib ham qo‘-
ying. Varshavada papa vakili bilan ko‘rishib, kelajak ishlaringiz 
to‘g‘risida maslahat olaman. Hozir esa asosiy vazifa — kuch 
to‘plash... Mana, sizga aytmoqchi bo‘lgan gaplarimning barisini 
aytdim, shekilli. Endi sizdan bir iltimos: knyaz Zamoyskiynikiga 
borib, shu xatni berib qo‘ysangiz. 
Ikkovlari ham o‘rinlaridan turdilar.
1
Ksendz
 — 
polyak katolik popi.
2
Polyak sotsialistlar partiyasining a’zosi.



Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin