Jahon adabiyotining so‘nmas yulduzlari nikolay Alekseyevich ostrovskiy bo‘ron bolalari


Gopak  — ukrain milliy kuy raqsi.  114



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/40
tarix12.10.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#154791
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   40
Nikolay Alekseyevich Ostrovskiy. Bo\'ron bolalari

Gopak 
— ukrain milliy kuy raqsi. 


114 
Andriy Vasilyokka qaradi. U endi yostiqda o‘tirib, yalang 
oyoqlarini o‘ynatib, kuyib-pishib burnini kovlar edi. 
— Vasilyok, bir ko‘chaga chiqib kel-chi! 
— Ko‘chada nima bor, ko‘rmabmanmi? 
— Men senga aytdim-ku, chiqib kel, deb! Bu yerda sensiz 
ham o‘tiraveramiz. 
— Chiqmayman. Ko‘cha sovuq, oyog‘imda etigim yo‘q. 
— Oyimning botinkasini kiyib ol. 
— Bor-e! Keyin meni tutib olib ursinmi! 
— Nima balo, kamar yeging kelib qoldimi? Nima deb 
o‘ylayapsan, sendan qochib eshikka chiqishim kerakmi? 
— Seni birov chiq deyaptimi? Qulog‘imni berkitib tura-
man, gaplashaveringlar. 
Andriy baqirdi: 
— Vaska! 
Lekin Vasilyok hamon o‘tirar, hech bir bo‘ysungisi kel-
mas edi. Andriy kamarini yecha boshladi. Vasilyok ziyraklik bi-
lan qarab turdi. Raymond Ptaxani qo‘lidan ushladi. 
— Yur, Andryusha, eshikka. Chindan ham tashqari sovuq. 
Ular tashqariga chiqib zinapoyaga o‘tirishdi. Uy eshigi 
sekingina g‘ijilladi. 
— Vaska! Teringni shilib olaman! Nega quloq solyapsan! 
Eshik darrov berkildi. 
— Hay, rostdan ham ukangni urasanmi? 
— Yo‘g‘-e! Shumtaka quyib qo‘yganday xuddi mening 
o‘zim!!! Dard desam, balo deydi. Urgim kelmaydi, qurg‘urni 
yaxshi ko‘raman. Urmasligimni biladi-da. Lekin yaxshilikcha 
gapirsang, hamma ishni qiladi. Birovning buyruq qilishini yoqtir-
maydi, qurbaqa... 
Ular uzoq shivirlashib o‘tirishdi. 
Andriy Raymondni darvozagacha kuzatib qo‘ydi. U yerda 
siqishgan qo‘llarni bo‘shatmasdan indamay turishdi. 


115 
— Andriy, ammo-lekin bu narsani hech kim bilmasligi 
kerak. 
— Raymond, axir aytdim-ku! Birovga aytgandan ko‘ra 
o‘lganim yaxshi! O‘zim ham: “Nahotki dunyoda haq-haqiqatni 
o‘rnatadigan odamlar topilmasa?” — deb o‘ylab yurardim. Mana 
endi qarasam, o‘shanday odamlar bor ekan. 
— Ehtimol, so‘zingdan aynirsan? Aynisang, ertaga menga 
aytgin. 
— Menmi? Agar so‘zimdan qaytadigan bo‘lsam, bu 
dunyoda bosh ko‘tarib yurgandan, o‘lganim ming marta yaxshi. 
Eh, Raymond, mening fe’limni bilmaysan-da! Valdir-vasar deb 
o‘ylaysan... Axir, mening ham ko‘nglim chinakam hayotni 
qo‘msaydi... 
* * * 
Qorong‘i, qahraton kecha. Temir yo‘llarda izg‘irin izg‘ib 
yuradi. 
Vokzaldagi jandarm bo‘limining eshigiga osilgan taxta 
o‘zgartirilgan. Nami boyagidek qolgan bo‘lsa ham, lekin bunisi 
polyakcha yozilgan. 
Zaxira yo‘lda manyovr qilib yurgan parovozning yakka 
turgan bir vagonga qo‘qqisdan kelib urilganini, uni oldiga solib 
quvganini, so‘ngra yana sekingina to‘xtab, orqasiga qaytganini 
jandarm bo‘limida o‘tirganlarning bittasi ham bilmay qoldi. 
Vagon esa yigirmatacha odam kutib turgan tomonga qarab o‘zi 
g‘ildirab ketaverdi. Saharlab boyagi parovoz vodokachka oldi-
dan vagonni tag‘in eski joyiga keltirib qo‘ydi. 
Raymond qopga solingan xitobnomalarni bosmaxona om-
boridan tong yorishmay olib chiqib ketdi. U kechasi bilan uxla-
madi. Lekin oldinda yana ham xavfliroq bir ish bor edi. 
Erta bilan Mixelsonlar oilasi Rayevskiylarnikiga ko‘chib 


116 
keldi. Yadviga uy egasiga: “O‘g‘lim bilan shahardan ketyap-
miz”, — deb aytdi. 
Vodokachkaga yangi bir kishi kelib qo‘shildi... 
* * * 
Vrona yangi bosilgan varaqani uch karra o‘qib chiqdi. 
“Butun dunyo ishchilari, birlashing!” Sarlavha rus, ukrain, pol-
yak va nemis tillarida yozilgan. Qurolli qo‘zg‘olonga chaqiriq! 
“Butun hokimiyat ishchilarga! Bitsin kapitalistlar, dvoryanlar... 
Yer dehqonlarga...” Eh, psya krev! Axir, buni tumshug‘imiz 
tagidagi bosmaxonada bosishgan-a!.. Mogelnitskiy nima deydi? 
Hammasidan ham padari qusur imzosi-chi: “Inqilobiy qo‘mita”. 
Bundan chiqdi, shunaqa narsa bor ekan-da... 
— Hoy, kim bor! 
Eshikda soqchi ko‘rindi... 
— It emgan Dzebekni chaqir bu yoqqa! 
Dzebek shopini sudrab jandarm boshlig‘ining kabinetiga 
kirdi; uning shopi Avstriya sipohlariniki singari yerda sudralib 
yurardi. 
— Xizmatlariga hozirman... 
Vronaning yuzi birdan tirishib ketganini ko‘rib, Dzebek-
ning dami ichiga tushib ketdi. 
Kapitan qo‘lida xitobnoma bilan stol orqasidan turdi. 
Dzebek bilmas edi: u kulyaptimi yo bo‘lmasa lablari tomir tortib 
qimirlayaptimi? 
— Bu nima? 
— Xabar etish sharafiga noilman, boshliq janoblari, josus-
larim buni hozirgina yetkazishdi. Ertalab kino afishalari bilan bu 
varaqalarni allaqanday odamlar yopishtirib ketgan emish. Mar-
hamat aylab qarasinlar, boshliq janoblari, varaqaning bir yog‘ida 
janoblarining buyrug‘i, ikkinchi yog‘ida esa xitobnoma. Ular joy 


117 
o‘ng kelsa, xitobnomani — bo‘lmasa, buyruqni yopishtirishibdi-
da... Yana xabar etamanki, o‘n yoshlar chamasidagi bir bola 
markaziy ko‘chadan bizning gazetamizni ko‘targanicha yugurib 
o‘tib, bu varaqalarni sochibdi va qichqirib: “Shtab buyrug‘ini 
o‘qinglar!” — debdi. Postda turganlar o‘qib qarashadiki ish cha-
toq, lekin bolaning arvohini ham topisholmabdi... Yana shuni 
ham xabar etamanki, bu varaqalarni zavod va temir yo‘llarda no-
ma’lum odamlar tarqatibdi... Bosmaxonani batamom tintuv qil-
dim. Lekin u yerda o‘zimizning materiallarimizdan boshqa hech 
nima topilmadi. Bundan tashqari, u yerda ikkita PPS a’zosi ham 
bor, ular: “Bu yerda hech kim bosolmaydi, agar yolg‘on chiqsa, 
kallamizni olinglar”, — deyishdi. Bundan chiqdi, ularning xusu-
siy mashinasi bor ekan-da!.. 
— Unday bo‘lsa buyruqlarni qayerdan topishdi? 
— Idoradan olishgan bo‘lsa kerak. Buyruqlar varaqasi 
idoraning yo‘lagida bog‘lam-bog‘lam bo‘lib yotibdi. Xohlagan 
odam olib ketadi. 
Vrona vaxmistr tomon ikki odim bosdi. Dzebek ham 
shuncha tislandi. 
— Quloq soling! Tirriq! Men sizga mundir bilan amal ber-
dim, agar bu narsani ochib bermasangiz, oldin yuz xipchin ur-
dirib, keyin dorga osaman sizni! Mana bu ming markani oling. 
Butun ablahlaringizni yig‘ing-da, buni bosganlarni tutmasdan 
ko‘zimga ko‘rinmang... Aytganimni bajarsangiz, podporuchik 
qilaman va tag‘in ming marka beraman! Xudo haqqi, zobitlik 
darajasiga qarshi jinoyat qilyapman! Bu betamiz bashara zobit 
pogoniga munosib emas. Lekin dorni afzal ko‘rmasangiz, ola-
siz... Pulni olib, qochishni xayol qilib yurmang, yerga kirib 
ketsangiz ham topib chiqaman. Marsh! 
Dzebek pulni siqimlab shu qadar tez o‘girildiki, qilichi 
aylanishga ulgurmay qoldi, buning natijasida chalishib, yiqilib 
ketayozdi. Qilichini tutamladi-yu, yugurib koridorga chiqdi. 


118 
* * * 
— Ha, eringni shu sababdan frontga yuborishgan ekan-da, 
— dedi Lyudviga pichirlab. 
Fransiska Lyudviganing tizzasini quchoqlab, ho‘ngir-
ho‘ngir yig‘lardi: 
— Oliynasab pani! O‘tinaman sizdan! Oyoqlaringizni 
o‘paman... Siz nima desangiz, pan graf qiladilar... Uni qutqazib 
qoling! 
— Xo‘p, so‘ragan narsangni qilaman, lekin yig‘lama, — 
dedi Lyudviga sarosimada. 
Fransiska poldan zo‘r-bazo‘r turarkan: 
— Bibi Maryam xotiri uchun, tezroq bo‘ling, oliynasab 
pani! Bugun kechasi ularni otisharmish. Kapitanning o‘zi aytdi, 
— dedi ingrab. 
— Hozir grafning oldiga kiraman. Tinchlan, Fransiska, — 
dedi Lyudviga. Mazluma xotinning yolvoruvchi nigohlaridan 
qochib, Lyudviga xonadan tezgina chiqib ketdi. 
* * * 
— Kim? Ha, senmisan, Lyudvis! Kechir meni, juda band-
man. — Edvard dala telefoni go‘shagini stolga qo‘ydi. 
Uning kabineti shtabga aylantirilgan. Stolda ikkita telefon. 
Devorga osib qo‘yilgan o‘lka xaritasiga qizil va qora bayroq-
chalar sanchilgan. Qilich bilan to‘pponcha divanda. 
— Eddi, bir daqiqagina... O‘tinaman, men uchun bir ish 
qilgin... 
— Gapir, Lyudvis. Bilasan-ku, sen uchun hamma narsani 
qilaman. 
Telefon jingilladi. Edvard go‘shakni oldi. 


119 
— Ha, men. Nima? Pavlodzida qo‘zg‘olon? Nima-nima? 
Vokzalda o‘q otilyapti? Nima gapligini darrov bilinglar. Albat-
ta... Hammani turg‘izing... Hozir yetib boraman... Nima? Nemis 
esheloni? Chorbog‘ni qo‘riqlagani bir vzvod askar yuboring. Ha. 
Hozir boraman! 
Edvard quturib go‘shakni stolga irg‘itdi. 
— Nima gap, Eddi? 
Mogelnitskiy qilich bilan to‘pponcha osiqli kamarini sho-
shib-pishib taqa boshladi. Qosh-qovog‘i tushgan edi. 
— Kichik bir dilsiyohlik. Darrov bir yoqlik qilamiz... Ha-
demay Vladislav bu yerga otliqlar vzvodi bilan yetib keladi. Xa-
votir qilma, jonginam, bartaraf bo‘ladi. Lekin har ehtimol uchun 
jo‘nab ketishga tayyorlanib turinglar. Shtabdan telefon qilaman... 
Xayr endi! 
— Eddi, mening iltimosim-chi? 
— Kechir, kechqurun aytarsan... 
— Yo‘q, unda kech bo‘lib qoladi. So‘rayman sendan
Eddi, yolvorib so‘rayman... Mening xotirim uchun Yuzefning 
o‘g‘lini bo‘shat! Aytay desam, yuragim orqamga tortib ketadi, 
uni bugun kechasi otmoqchilar. 
Lyudviga erining yo‘lini to‘sib oldi. 
— Ha-a, iltimosing shumi hali? Yo‘q, bu iltimosni bajarib 
bo‘lmaydi! U xavfli odam. Undan tashqari, azizim, umuman bu 
ishlarga aralashma. Shoshib turibman, Lyudvis. 
— Yolvorib so‘rayman, Eddi! Mening xotirim uchun bo‘-
shat... Eshityapsanmi? Yolvoraman! 
Lyudviga uni yelkasidan quchoqlab, muloyimgina yopish-
di. 
Lekin Edvard Lyudviganing quchog‘idan chiqib, uni 
shartta itarib tashladi. 
— Bu yerda bir daqiqa ham qololmayman. Meni kutib 
turishibdi. Vokzal notinch... Xayr. 


120 
Lyudviga uni mundiri yengidan ushlab qoldi. 
— Eddi, o‘rtamizdagi muhabbat xotiri uchun iltimos 
qilaman! Agar bo‘shatmasang, meni sevmagan bo‘lasan... 
Edvard shiddat-la Lyudviga tomonga o‘girildi, u sovuq, 
butun begona bir alpozda edi. 
— Iltimos qilaman sendan, nihoyat, talab qilaman... Ha, 
shtab ishiga aralashmasligingni talab qilaman! Sen mumkin 
bo‘lmagan narsani so‘rayapsan. Ular bilan nima ishing bor? Bu 
odamlar bizni yeb tashlash payida-yu, sen tag‘in ularning tarafini 
olasan... Sening insonparvarliging o‘rinsiz. Ularni quturgan itlar-
day qiyratish kerak! Bo‘ldi, hadeb yig‘layverma! Menga yordam 
qilish o‘rniga, nuqul xalaqit berasan... 
Eshik yopildi. Yo‘lakda tez-tez bosilgan odimlar va shpor 
jaranglari eshitildi. Bir daqiqadan so‘ng uch nafar suvoriy sha-
harga ot qo‘yib ketdi. 



Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin