Jahon adabiyotining so‘nmas yulduzlari nikolay Alekseyevich ostrovskiy bo‘ron bolalari


“Bostonka” — bosma mashinasi. 109



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/40
tarix12.10.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#154791
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   40
Nikolay Alekseyevich Ostrovskiy. Bo\'ron bolalari

“Bostonka”
— bosma mashinasi.


109 
ishqilib. Buni esa bugun kechasi o‘zim bosib qo‘yaman. Besh 
yuztadan ortiq bosolmasman. Lekin ertaga saharlab xitob-noma-
larni ombordan olib chiqish kerak. Naborni
1
ham, yo‘qsa uni 
tarqatishga qo‘lim tegmaydi. Keyin shapirografni qism-baqism 
o‘zim kelti beraman. Bu juda foydali narsa. Keyincha bunday 
narsalarni bosmaxonada bosish nasib bo‘ladimi-yo‘qmi. Buni 
o‘qishgandan keyin — bir karra hamma yoqni ag‘dar-to‘ntar qili-
shadi... Bu ishni yaxshilab do‘ndirmasak, boshdan ajrab qolishi-
miz turgan gap, — dedi Oliva. U tinch turib, mulohaza bilan 
gapirdi. 
Qari harf teruvchi Rayevskiyga yoqib qoldi. Uning butun-
lay mayda tirishlar bosgan yuzi, jez ichiga olingan katta ko‘zoy-
naklar orqasidan ko‘rinib turgan moviy, mehribon ko‘zlari bor 
edi. 
— O‘rtoq Oliva, menga qarang, u yerda sizdan boshqa 
ham ishonsak bo‘ladigan odamlar bormi? 
— Kim biladi deysiz? Albatta, tuzuk-tuzuk odamlar bor-
u, lekin ular sirtmoqdan hurkishadi. Uy odamlari-da. Men sizga 
aytsam, qolganlari bulardan ham battar: ikkita pepeeschi, bitta 
sionist va uchta shamol qayoqqa qarab esa, o‘sha yoqqa qarab 
uchadiganlar bor... Ha, Emma Shtolberg qalay bo‘larkin? Otasi 
venger, lekin qizning o‘zi shu yerda tug‘ilgan. G‘o‘r-da, bo‘l-
masa-yu, o‘zi chakki emas-a. 
— Xo‘p, o‘rtoq Oliva, harakat qiling. 
Harf teruvchi o‘rnidan turdi. 
— Aytmoqchi, sal qolibdi esimdan chiqishiga! Menga 
qarang, bizga muhr qilib berolmaysizmi? 
— O‘zim-ku, gravyor emasman, lekin bir amallab qilib 
beraman. Sizlarga unchalik chiroyli bo‘lmasa ham ketaverar. He-
he... — cholning yuzidagi tirishlar qimirladi, ko‘zlari burchida 
1
Nabor
— bosmaxonada terilgan harflar.


110 
tirishdan yelpig‘ich hosil bo‘ldi. — Xo‘p, yaxshi qoling. Yigit-
larni sahar soat beshda yuboring. 
Rayevskiy Olivaning qo‘rg‘oshin changlarida qoraygan 
qo‘lini bir daqiqagina kaftida tutib turdi. 
— Nega partiyamizga kirmaysiz, o‘rtoq Oliva? 
— Qarib qoldim... Endi men nima qilay! Yoshlar kirsin. 
Men qarashib turaman. Mabodo osishsa ham achinmayman — 
yoshimni yashagan odamman. Albatta-ku, o‘lishni hech kim 
xohlamaydi-yu, lekin o‘lim, har holda, yoshlar uchun og‘ir bo‘la-
di. — Chol Rayevskiyga ko‘zoynaklari tepasidan vazmingina 
qaradi; bu qarash Sigizmundga ta’naday ko‘rindi. 
Oliva chiqib ketgandan so‘ng uyga Raymond kirdi. 
— Menga qara, o‘g‘lim, biz senga yoshlar ittifoqini tashkil 
qilish vazifasini topshiramiz. Partiyaga sodiq yoshlardan qo‘riq-
chi va kuzatuvchilar kerak. O‘zing ko‘rib turibsanki, biz dush-
man manzilidamiz. Yolg‘iz birgina ehtiyotsiz odim, harakat bu-
tun boshli tashkilotni halok etishi mumkin. Yoshlar tajribasizlik 
orqasida ba’zan ehtiyotsizlik qilib qo‘yadilar, shuning uchun itti-
foqqa yangi o‘rtoqlarni qabul qilish — g‘oyat muhim ish. Faqat 
dadil, ongli va hatto jonini ham qurbon qilishga tayyor bo‘l-
ganlarnigina qabul qilish mumkin. O‘zing bir tasavvur etib ko‘r, 
bordi-yu bironta qo‘rqoqni qabul qilib qo‘ysak, u bir kun borib, 
jandarm qo‘liga tushib qolsa o‘z jonini qutqazib qolish uchun 
hammani tutib beradi-da. Uning inqilobchiligi faqat birinchi qa-
moqqa qadar. Xavfli sarguzashtlarni sevadigan mana shunday 
havaskorlar ham bo‘ladi. Bizning kurashimiz — ularning jonajon 
ishlari emas. Ular inqilob bilan o‘ynashadilar. Bu kasalga sar-
guzasht kitoblarini ko‘p o‘qigan “ziyolicha”lar ko‘proq duchor 
bo‘ladilar. Ish o‘yindan o‘limga o‘tganda ular qo‘rqoqlik qila 
boshlaydilar. Tashkilotning kelajak asosiy yadrosini birga belgi-
lab chiqamiz. Kimlarni ko‘proq muvofiq ko‘rasan? 
Raymond o‘ylanib qoldi. 


111 
— Bilmayman, dada. Bu judayam jiddiy ish-ku, — dedi 
nihoyat u shipshib. 
— Xo‘p, o‘zim yordam beraman senga. Xo‘sh, Olesya 
Kovallo to‘g‘risida fikring qalay? Uning zoti ham yaxshi. Ular 
bari ikki kishigina — ota-yu qiz. Jonajon aloqa — jonajon ish. U 
menga mard qiz ko‘rinadi. 
— To‘g‘ri, menga ham shunday ko‘rinadi. 
— Juda soz! Mana, bitta o‘rtoq topildi. Tag‘in kimlarni 
taniysan? 
Raymond uzoq indamay turdi, so‘ngra: 
— Sarra Mixelson, — dedi. — Uni Shpilman ishdan hay-
dab yuborgan edi, bugun esa uy egasi ularni ko‘chaga chiqarib 
tashlabdi. Hammalari ko‘chaga chiqarib tashlangan ul-bullari 
ustida o‘tirishibdi. Uni hozirgina ko‘rdim: “Boradigan joyimiz 
yo‘q”, — deydi. Ularga qanday qilib yordam bersak ekan, ota? 
Rayevskiy nimanidir o‘ylab ketdi. 
— Mayli, biznikiga ko‘chib kelishsin. 
— Iye, qayerga sig‘ishadi? Axir, oyog‘imizni uzatgudek 
joy yo‘g‘-u, ular olti kishi, tag‘in ul-bullari ham bor. 
— Mayli, baribir, biz bu yerdan ketishimiz kerak. O‘zing 
bilasan, butun shaharni ag‘dar-to‘ntar qilib yurishibdi. Bizni bu-
gun bo‘lmasa, ertaga topishadi. Kelishaversin, ul-bullarini esa 
bilganlarini qilishsin. O‘zimiz har joy-har joyga ketib, joylashib 
olarmiz. Men hozircha Kovallonikiga joylashaman, onang Mar-
selina xolangnikiga ketar, sen bo‘lsang bironta o‘rtog‘ingnikiga 
joylashib olarsan... Hay, boshqa gapga o‘tib ketibmiz. Demak, 
Sarra ham. Yaxshi. Tag‘in mo‘ljalingda kimlar bor? 
— Tag‘in Andriy Ptaxa bor. U xo‘p yuragida o‘ti bor yigit-
da. Biroq juda sho‘x, haddan tashqari tez. Chamamda, ongli, 
tushunchali ko‘rinadi-yu, lekin juda qiziqqon. Rayevskiy jilmay-
di. 
— Bo‘lmasa hozircha tanobini tortib turasizlar-da. Odam 


112 
o‘z ehtiyotsizligi bilan yolg‘iz o‘zinigina emas, boshqalarni ham 
halok qilishi mumkinligini anglaganda unda ehtiyotkorlik tug‘i-
ladi... U kim, oshnang bo‘ladimi? 
— Ha... ya’ni unchalik emas... Lekin Olesya bilan aloqasi 
juda yaxshi... — Raymond sezilar darajada uyalib ketdi. 
— Ha-a. Mayli, juda soz. Do‘stlik — ulug‘ narsa... Tag‘in 
kimlarni olsak deb o‘ylaysan? 
— Tag‘in, qamoqxonada Patlay bilan o‘tirgan bola ham 
bor. Chex Pshenichek. Tabiati jihatdan Andriyga o‘xshab tusha-
di. 
— Tuzuk. Ertaga har qaysisi bilan ayri-ayri gaplashib ko‘r, 
lekin ismlarini bir-biriga aytma. Butun qiyinchiliklarni aytib ber, 
bolalar qanday ishga kirishayotganliklarini bilib olishsin. Ma’qul 
javoblari olingandan keyingina, ularni yoshlar ittifoqining a’zosi 
deb sanash mumkin. Birinchi guruhni inqilobiy qo‘mita tasdiq 
qiladi, keyin yangi a’zolarni o‘zlaringiz mustaqil qabul qilavera-
sizlar... Hozir vodokachkaga borasan. U yerda kechasi muhim ish 
bor. Kovallo aytadi. Quroling bormi yoningda? 
— Ha, Andriy politsiyachidan tortib olgan to‘pponcha bor. 
— Undan foydalanish yo‘lini bilasanmi? 
— Yo‘q. 
— Menga ber, ko‘rsatay. 
Raymond to‘pponchaning sodda mexanizmini o‘rganib 
olgach, otasi ta’kidladi: 
— Ma, endi. Lekin esingdan chiqmasin: boshqa chora qol-
magan kezlardagina o‘q uzish kerak. Agar o‘q uza boshlagan 
ekansan, to oxirgi o‘qni chiqarguncha o‘zingni mudofaa et. Bir 
o‘q uchun ham, o‘n o‘q uchun ham jandarmlarning oladigan 
o‘chi bitta. Bor, bolam, ehtiyot bo‘l... 
Otasi birinchi marta “bolam”, dedi. Raymondning otasini 
quchgisi, to‘shiga bosgisi: “Ota, seni sevaman, hurmat qilaman!” 
— degisi kelardi. Lekin otasining bardoshsiz harakatini sezib, 


113 
shoshilganicha chiqib ketdi. 
Vodokachkaga keta turib, Sarrani suyuntirmoq uchun u 
turgan hovliga kirdi. Qiz bilan otasi tayinlaganicha gaplashmoq-
chi bo‘ldi-yu, lekin iloj qilolmadi. Odamlar xalaqit berib turishdi. 
Uning tag‘in ikki soatcha bo‘sh vaqti bor edi, shuning
uchun zavod tomonga qarab ketdi, u tomonda Ptaxa turardi. 
Andriy uyida ekan. U karavotda o‘tirib, mandolinada 
ukrain kuylari va raqs navolaridan chalmoqda edi. U: “Hech kim-
ning qayg‘usi unday, u yetimniki qadarmidi, qalay?” degan qay-
g‘uli navoni chalib, hozirgina sho‘x va quvnoq gopakka
1
o‘tdi. U 
juda ustalik bilan chalardi. Qo‘lining sezib bo‘lmaydigan daraja-
dagi tez harakatiga hamohang kokili ham sho‘x-sho‘x o‘ynab 
turardi. 
Uning to‘qqiz yoshli ukasi Vasilyok boshini yostiqqa 
qadab olib, oyoqlarini yuqori ko‘targan holda har xil harakatlar 
qilmoqda edi. Muvozanatini yo‘qotib, karavotga yiqilib tushgan-
da xuddi toychoq singari darrov oyoqlarini siltab, tag‘in boyagi-
day tikka bo‘lib olardi. 
Andriy Raymondning kelganligini ko‘rib, cholg‘usini shu 
qadar shiddat bilan to‘xtatdiki, mandolinaning ikkita tori uzilib 
ketdi. Bu hol Andriyni suyuntirdi. 
— O-o, xo‘p boplab chaldim-a! Tori qurg‘ur ham bardosh 
bermadi-ya! — dedi-da, karavotdan irg‘ib turib, mandolinani 
stolga qo‘ydi. 
Onasi uyda yo‘q — qo‘shnisinikiga chiqib ketgan ekan. 
— Andriy, sen bilan muhim bir ish to‘g‘risida gaplashib 
olishim kerak. 
Ptaxa tashvishlandi: 
— Ha, nima bo‘ldi? Aytaver! 
— Xoli joyda gaplashamiz. 
1

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin