kemasozlik, neftni hayta ishlash, neft-kimyo sanoati; Saar - mamlakatdagi ikkinchi yirik ko’mir-metallurgiya bazasi. Qishloq va o’rmon xo’jaligi. Germaniya qishloq xjaligi yuqori darajada mexanizatsiyalashgan hisoblanadi. Iqtisodiyotning mazkur tarmog’ida mamlakat hududining 45-49 foizi ishlatilib, unda yalpi ichki mahsulotning 1-2 foizi yaratiladi. Germaniya agrartarmog’ining yetakchi bo’g’ini chorvachilik blib, uning hissasiga qishloq xo’jaligida yaratiladigan mahsulotlarning 70 foizi to’g’ri keladi. Chorvachilik, o'z navbatida, o’simlikchilik sohasiga tayanib, yem-xashak ekiladigan yerlar maydoni meva-sabzavot ekiladigan hududlarga nisbatan kpdir. Germaniya hissasiga Yel mamlakatlarida etishtiriladigan don mahsulotlarining 20 foizi, shu jumladan, javdari bug’doyning 3/4, sulining 2/5, arpaning 1/4 qismi to’g’ri keladi. Mamlakatda, shuningdek, shakarqamish va kulmoh kabi texnik ekinlar ham yetishtiriladi. 0 ’simlikchilikning muhim tarmog’i sifatida uzumchilikning o’rni katta blib, uning ulushi mevachilik va sabzavotchilik umumiy mahsulotidan ham yuqoriroqdir. Germaniyaning 25-27 foiz hududi o’rmonlar bilan qoplangan. www.ziyouz.com kutubxonasi
Transport. Germaniya transport tizimlari juda zich joylashgani bilan ajralib turadi. Temir yllarining umumiy uzunligi 48215 km bo’lib, ushbu krsatkich bo’yicha mamlakat dunyoda beshinchi o’rinda turadi. Ularning taxminan 2/5 qismi elektrlashtirilgan. Avtomobil yoMlarining uzunligi 231581 km, ichki suv ylaklariniki - 7467 km, neft quvurlariniki esa 3,5 ming kmdan ziyodni tashkil etadi. Asosiy suv-transport magistrali Reyn hisoblanib, uning bo’ylarida Duysburg, Keln, Karlsrue kabi bir qator yirik daryo portlari joylashgan. Gamburg