yo’nalishlari hisoblanadi. Qishloq xjaligi. Buyuk Britaniyaning agrar tarmog’i yuqori rentabelli hisoblanadi. Oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabning 75 foizi ichki taklif www.ziyouz.com kutubxonasi
bilan qoplanadi. Mazkur tarmoqda yalpi ichki mahsulotning 1-2 foizi ishlab chiqarilib, unda mamlakatning 2 foizi aholisi band. Qishloq xjaligining asosiy tarmog'i chorvachilik blib, unda agrar mahsulotning 60 foizi yaratiladi. Tarmoq sut, tuxum, tovuq, chchqa va mol gshtlari kabi mahsulotlar bilan ichki talabni tliq qondiradi. Ziroatchilik ikkinchi darajali tarmoq hisoblanib, shudgor yerlaming 1/3 qismiga don mahsulotlari (bug’doy, suli, arpa) ekiladi. Mazkur mahsulotlar bo’yicha mamlakat o’z ehtiyolarini qoplaydi. Biroq mamlakat qo’y gshti, yog\ pishloq, shakar, olma kabi qishloq xjaligi mahsulotlarini xorijdan import qilishga majbur. Transport Tarixan Buyuk Britaniyaning transport tizimi dengiz transportiga asoslangan. Yuk aylanmasining 90 foizi (shu jumladan, tashqi dunyo bilan) dengiz flotiga tg’ri keladi. London, Liverpul, Sautgempton, Glazgo va Bristol mamlakatdagi eng yirik dengiz portlari qatoriga kiradi. Avtomobil transporti orqali ichki yuk va yo’lovchi tashish ehtiyojlarining 80 foiz qoplanadi. Umumiy avtomobil yllari uzunligi esa 388 ming kmdir. Temir yllar hissasiga ichki yuk va yo’lovchi tashish ehtiyojlarining 10 foizi tog’ri keladi. Uning uzunligi -16,5 ming kmdan ortiq. Shimoliy dengizdan neft va gaz qazib olishning kuchayishi evaziga quvur transportining ham iqtisodiyotdagi rni kengayib bormoqda. Tashql iqtisodiy aloqalari. Eksport hajmi byicha Buyuk Britaniya 6-o’rinda (450 mlrd. doll. - 2006 y.) turadi. Asosiy eksport mahsulotlari qatorida sanoat