BRAZIUYA Braziliya z hududi va aholi soni nuqtai nazaridan Janubiy Ameiikadagi eng yirik mamlakatdir. Maydoni (Atlantika okeanidagi orollari bilan qo’shib hisoblaganda ) 8512 ming km2 blib, dunyoda beshinchi 0 ’rinda turadi. Aholi soni esa 190 mln. kishini (2007 yil) tashkil etib, Braziliya mazkur krsatkich byicha dunyodagi oltinchi yirik mamlakat sanaladi. Quruqlikdagi chegarasi uzunligi 16885 kmnitashkil etib, Chili va Ekvadordan tashqari LotinAmerikasining qolgan barcha davlatlari bilan chegaradoshdir. Qirg’oq qismi uzunligi - 7491 km. Braziliya poytaxti-Braziliya shahri. Tabiiy sharoiti va resurslari. Braziliya hududining yarmidan kpi Braziliya yassi tekisliklaridan iborat bo’lib, uning eng yuqori nuqtasi Bandeyra tog’idir (2890 m). Mamlakat hududida kp daryo mavjud bo’lib, ularning asosiy qismi jahonning yirik va yil davomida sersuv daryolaridan biri bo’lgan Amazonka daryosi havzasiga tegishlidir. 0 ’rmonlar Braziliya hududining 60 foizini egallaydi. Mamlakatfoydali qazilmalarga boydir. Temirva marganets rudasi, titan, boksitlar, mis, xromitlar, berilliy, niobiy, sirkoniy, tog’ xrustali, pirit, apatit va shaffof minerallar www.ziyouz.com kutubxonasi
zaxiralari byicha Braziliya mintaqada birinchi rinni, kobalt, volfram, qalay, kaliy tuzi, asbest, grafit byicha esa ikkinchi rinni egallaydi. Mamlakatning temir rudasi bilan ta’minlaganlik darajasi yuqori blib, dunyoda birinchi rinda turadi. Aholisi. Braziliya aholisining asosiy qismi brazillardan iborat (94-95 foiz). Mamlakatda, shuningdek, nemislar, italyanlar, yaponlar, portugallar, ispanlar, polyaklar, livanliklar va suriyaliklar ham istiqomat qiladi.