Diniy e’tiqodi bo’yicha aholining 73,6 foiz - roman katoliklari, 15,4 foizi - protestantlar, gM 3 foizi - spiritualistlar va h.k. Aholining 75,5 foizi shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: San-Paulu, Rio-de-Janeyro, Belu-Orizonti, Resifi, Salvador, Portu-Alegri. Braziliyaning rasmiy tili portugal tili bo'lib, asosiy tillari qatorida ispan, ingliz va fransuz tillarini ham atash mumkin. Davlat tuzumi. Ma muriy jihatdan mamlakat 22 shtat, 4 federal hudud va bir federal okrugga (poytaxt) blinadi. Braziliya federativ respublika koYinishidagi davlat bo’lib, mamlakat va hukumat boshlig’i cheksiz vakolatlarga ega bo’lgan prezident hisoblanadi. U xalq tomonidan tridan-tgYi va yashirin ovoz berish yo’li bilan 4 yil muddatga saylanadi. Mamlakatning qonun chiqaruvchi oliy organi Milliy Kongress blib, u deputatlar palatasi va federal senatdan tashkil topgan. Ijro etuvchi hokimiyat prezident tomonidan amalga oshiriladi. Amaldagi konstitutsiya 1988-yil 5 oktyabrda qabul qilingan. Sanoati. Braziliya yalpi ichki mahsulotining 31 foizi sanoat ulushiga tg’ri kelib, ishlab chiqarishning 2/3 qismini qayta ishlash va tog'-kon sanoati tarmoqlari yetkazib beradi. Asosiy tanmoqlari qatoriga tekstil va oziq-ovqat sanoatini ham qshish mumkin. Qora metallurgiya mamlakat ehtiyojlarining 90 foiz, rangli metallurgiya esa 70 foizini ta’minlab beradi. Mamlakatda kemasozlik, avtomobilsozlik, neftni qayta ishlash, mashinasozlik, kimyo va elektrotexnika sanoatlari rivojlangan. Mamlakatning eng rivojlangan hududi hisoblangan San- Paulu shtati hissasiga sanoat mahsulotining 65 foizi tg’ri keladi. Qishloq xjaligi. Braziliya qishloq xjaligida iqtisodiy faol axolining 1/4 qismi mehnat qilib, mazkur tarmoq yalpi ichki mahsulotning 5foizini beradi.