Jahon ijtimoiy-iqtisodiy geografiyasi


eksportdan keladigan asosiy daromad ham aynan paxtachilikdan keladi. Nil



Yüklə 41,13 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə213/370
tarix19.12.2023
ölçüsü41,13 Kb.
#186785
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   370
Jahon ijtimoiy iqtisodiy geografiyasi B Bahritdinov va b 1

eksportdan keladigan asosiy daromad ham aynan paxtachilikdan keladi. Nil 
daryosi bo’yida guruch, sitrus mevalari yetishtirish aanaga aylangan. Misrda 
chorvachilik kam rivojlangan.
Transport. Temir yo’llar uzunligi Misrda 5063 km bo’lib, avtomobil yo’llari 
92370 km uzunlikka ega, lchki suv yo’llari esa 3500 ming kmni tashkil etadi. 
Neft quvurlari Suvaysh kanali konlarini Qohira, Aleksandriya kabi neftni qayta 
ishlash va iste’mol qilish markazlari bilan bog’laydi. Mamlakatdagi asosiy portlar 
Aleksandriya, Port-Sayd va Suvayshdir. Mamlakat transport tizimida Suvaysh 
kanalining o’rni katta blib, u orqali xalqaro yuk tashish hajmining 10-15 foizi 
amalga oshiriladi.
Tashqi iqtisodiy aloqalari. Misr eksporti 2006 yilda 20,55 mlrd. doll ni tashkil 
etib, uning tarkibida neft va neft mahsulotlari, paxta, tekstil mahsulotlari, metall
www.ziyouz.com kutubxonasi


va kimyo mahsulotlari asosiy 
0
’rinni egallaydi. Import mahsulotlari tarkibida 
esa mashina va uskunalar, oziq-ovqat, kimyo va yog’och mahsulotlari, yonilg’i 
asosiy o’rin egallab, 2006 yilda uning miqdori 33,1 mlrd.doll.ga tenglashdi.
Misrning asosiy tashqi savdo hamkorlari AQSh, Italiya, Germaniya, Fransiya, 
Saudiya Arabistoni, Ispaniya va Xitoydir.
JANUBIY AFRIKA RESPUBLIKASI (JAR)
Janubiy Afrika Respublikasi o’z nomi bilan Afrika qifasining eng janubida 
joylashgan mamlakatdir. Maydoni - 1220 ming km2. Aholisi 44 mln. kishidan 
(2007 yil) iborat. Quruqlikdagi chegarasi uzunligi 4862 kmni tashkil etib, Botsvana, 
Lesoto, Mozambik, Namibiya, Svazilend, Zimbabve mamlakatlari bilan 
chegaradoshdir. Janubiy sarhadlar Janubiy Atlantika okeani va Hind okeani bilan 

Yüklə 41,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   370




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin