Jahon ijtimoiy iqtisodiy geografiyasi B Bahritdinov va b 1
tarmoqlari rivojlanishining hal qiluvchi ta’siri ostida sodir bldi. Xjalikning ixtisoslashuvi va tarkibi iqtisodiy rivojlangan kam sonli shahariar va tumanlarda ishbilarmonlik faolligining eng yuqori jamlanishini keltirib chiqardi. Argentina, Braziliya Meksika, Chilida transport rivojlanishiga oid hududiy nomutanosibiiklar bilan birga temir yo’l tarmog’ining ilk rivojlanishi kuzatiladi — bunday temir yo’l kengligi turlicha bo’lgan: Janubiy Amerikadagi 90 ming km. li temir yo’l tarmog’ining yarmida temir yo’l kengligi bir metrga teng j qismi - keng (1,7 metr),10 foizi- standart yo’l (1,4 m). Argentinada temir yo’l kengligiga ko’ra 5 turga, Braziliyada — 4 turga bolinadi. Bunday farqlar yuk tashishlarni qiyinlashtiradi va qimmatlashtiradi, hududlararo iqtisodiy aloqalarning rivojlanishiga xalal beradi; tor temir yoMlarning ko’pligi temiryo’llarning o4kazuvchanligini kamaytiradi. Yuk tashish zichligi G’arbiy Yevropa davalatlariga nisbatdan ancha past. Temir yollarning faqat 4,6 ming кт.да teng qismi elektrlashtirilgan, bu tarmoqning 3,7 foizni tashkil etadi, ayni paytda Afrikadagi bu krsatkich tarmoqning 13 foiziga teng. Avtomobil yo’llari tarmog’i asosan gruntlangan yllardan tashkil topgan, ulaming aksariyat qismi profillangan yo’llar; qattiq qoplamali yllar tarmoqning 1/3 qismini tashkil etadi, bu esa Osiyo mamlakatlariga (55 foizga yaqin) qaraganda ancha kam, ammo Afrika davlatlariga (20 fbiz) nisbatdan ancha yuqori. Ayni paytda takomillashtirilgan qoplamli avtomagistrallar barpo etilmoqda. Yirik bandargohlarning rivojlanishi (masalan, dunyodagi eng yirik kon bandargohi Braziliyadagi Tuburan bandargohi) xjalikning eksport yo’nalishi bilan bog’liq, aynan shu jihat ayniqsa Venesuelada quvurlaming ham rivojlanishiga ta’sir ko’rsatgan.