Jahon ijtimoiy iqtisodiy geografiyasi B Bahritdinov va b 1
kiyimlar, taqinchoqlar, madaniy va maishiy saat paydo bladi. Odamlarning hozirgi biologik turning paydo blishi va rivojlanishi ular tarqalib borishi barobarida turli tabiiy shart-sharoitlarda kechadi. Kp mingyillik tabiiy tanlov jarayoni turli tabiiy hududlarda odamlar joylashuvi bir-biridan mutlaq ajralgan holda kechishi odamlarning barqaror, yashash muhitiga biologik moslashgan genotipi qaror topishiga olib keldi. Shu tariqa Yer yuzida irqlar - unga kiruvchi odamlarning irsiy morfoligik va fiziologik xususiyatlar birligiga ega bo’lgan va kelib chiqishiga ko’ra bir-biriga yaqin bo’lgan tarixiy areal yaxlitligi shakllana boshlandi. Irqlar - tur ichidagi mutatsiyalar oqibati blib, odamlarning jismoniy yoki aqliy layoqatlariga, xaiqlarning madaniy saviyasiga hech qanday ta’sir ko’rsatmaydi, demak, irqchilikka hech qanday dastak bermaydi. Turli irqlarga mansub ota-onalar tolaqonli duragay (metis) nasl beradi, turli irqlarga mansub bolalarga beriladigan bir xil tarbiya va ta’lim bir xil natija beradi. ”SoГ irqlar va ularning “etalon” populyatsiyasi mavjud emas. Irqlar belgilari odamlar tashqi krinishiga xos xususiyatlari birlashuvining turli variantlaridan tashkil topadi, ulaming izohi esa ko'pincha bahs-munozaralarga sabab bo’ladi. Ayni paytda irqlarni, ularning ichki tarmoqlanishi va o’zaro ta’sirini o’rganish Yerda odamlar joylashuvi tarixini, etnogenez va etnografiyani o’rganish uchun muhim manba bo’lishi mumkin. Hozirgi davr antropologiyasida to’rtta birlamchi, “tayanchYyink irqlar” farqlanadi. Ularning ikkitasi tropik iqlim sharoitida vujudga kelgan. Negroidlar, hozirgi paytda Sahroi Kabirdan janub tomon Afrikada istiqomatqilishadi. Ulaming terisi quyosh nurlaridan himoyalovchi qora pigmentatsiyaga ega, boshidagi