Jahon ijtimoiy iqtisodiy geografiyasi B Bahritdinov va b 1
kirishgan, yashash hududi va tabiiy boyliklar uchun zaro raqobatlashgan, yangi shart-sharoitlarga moslashgan. Aralash, tish davri irqlari paydo blgan, hozirgi paytda ular 0’rta Osiyo (yevropeoid-mongoloidlar), Janubiy-Sharqiy Osiyo va Uzoq Sharqda (mongoloid-avstraloidlar) istiqomat qiladi. Hamon Amerikada odamlar o’rnashishiga oid jarayon bilan bogliq sirlar www.ziyouz.com kutubxonasi
bor. Madaniy qatlamlarni o’rganish orqali arxeologiya fani osiyolik ko’chmanchilarning Bering bo’g’ozidan Olovli Yergacha blgan ylini aniqlashga muvaffaq bo’lishgan. Yangi dunyoning tub aholisi kelib chiqishini odatda mo^ilsimon irqning bir ynalishi bilan bog’liq, deb hisoblashadi. Ayni paytda amerikalik hindular mo’g’ilsimonlar bilan bitta umumiy xususiyatga ega erkaklar yuzining mutlaqo tuklar yqligi kuzatiladi. Epikantus va sarg’ishsimon pigmentatsiya kam xalqlarda kuzatiladi, ko’pchilikning tashqi krinishi mo’g’ilsimonlardan jiddiy farq qiladi. Mezoamerikada madaniy rivojlanishning eng yuqori darajasiga erishgan maya qabilasi vakillari qizg’ishsimon tanli, boshi uzun, yirik “burgutsimon” burunga ega bo’lgan. Shimoliy va Janubiy Amerika tekisliklaridagi boshqa kplab etnoslar ham “qizil tanlilarga" kiradi. Yana bir jumboq shu bilan bog’liqki, Braziliyaning shimoli-janubida topilgan insoning eng qadimiy qnalg’asi Alyaskadagi ilk qnalg’aga qaraganda qadimiyroqdir. XVI asrda portugaliyalik istilochilar tomonidan bu yerda aniqlangan bororo va botokud qabilalari negroid irqqa mansub blgan. Bulaming barchasi shundan dalolat beradiki, Yangi dunyoga odamlar Bering bg’ozidan boshqa joylardan ham o’tib, o’rnashgan. Ilk madaniyatlar