Jahon mamlakatlari iqtisodiy


GLOSSARIY EI (Evropa Ittifoqi)-



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə103/105
tarix16.12.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#180785
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA

GLOSSARIY
EI (Evropa Ittifoqi)-27 ta davlatni iqtisodiy va siyosiy jihatdan birlashtirgan ittifoq hisoblanadi.
Shengen zonasi-butun EI va boshqa Evropa davlatlarini qamrab oladi.
Yevropa-Yevrosiyo materigining g‘arbiy qismini egallagan qit’a.
G’arbiy Evropa-Mustaqil davlatlar hamdo’stligiga nisbatan olingan tushuncha.
G’arbiy Evropa subregioni-Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya, shuningdek, Avstriya, Shveytsariya, Belgiya, Niderlandiya, Irlandiya hamda “mitti” davlatlar safiga mansub Lixtenshteyn, Lyuksemburg va Monako kabi mamlakatlar kiradi (jami-11 ta davlat).
Alp mamlakatlari-Alp tog‘larida joylashgan Avstriya, Shveytsariya va Lixtenshteyn.
Benilyuks-Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburg.
Shimoliy Yevropa davlatlari-Norvegiya, Shvetsiya, Daniya, Finlyandiya, Islandiya, Estoniya, Latviya, Litva.
Skandinaviya davlatlari-Norvegiya, Shvetsiya, Daniya, Finlyandiya, Islandiya.
Boltiq davlatlari-Estoniya, Latviya, Litva.
Janubiy Yevropa davlatlari-Ispaniya, Portugaliya, Italiya, Gretsiya, Andorra, San-Marino, Malta va Vatikan.
Anklav-(lot-indavatus-yopiq va davis-kalit)- boshqa davlat hududidagi er. Anklav (frana. enlave, lot. indavare-qulflab olish)-dir davlatning hamma tomondan boshqa davlat hududi bilan o’rab olingan hududi yoki hududining bir qismi. Masalan, Lesoto davlati JAR hududidagi anklav hisoblanadi. Agar anklav dengizga, tutash bo’lsa yarim anklav deb hisoblanadi. Jumladan, Farg’ona viloyatiga qarashli So’x, Cho’ng’ara, Tayan, Shohimardon, Qalacha va Jangail hududlari O’zbekiston eksklavlari bo’lib, Qirg’iziston Respublikasi uchun anklav bo’lib hisoblanadi.
Eksklav-(ot lat ex-shundan Qdavis-kalit)-suveren bo’lmagan hudud, davlatning asosiy hududidan uzoqda bo’lgan qismi bo’lib boshqa davlat hududi bilan o’ralgan. Eksklav dengizga chiqish imkoniyatiga ega bo’lsa yarim eksklav hisoblanadi. Xulosa qilib aytganda to’liq eksklav-suveren bo’lmagan region yoki hudud. Demak, eksklav biron davlatga tegishli hudud, anklav o’sha o’rab olingan davlatga tegishli emas.
Sharqiy Yevropa davlatlari-sobiq Ittifoqdosh respublikalar (Rossiya Fe-
deratsiyasi, Ukraina, Belarus, Moldova) hamda sobiq sotsialistik mamlakatlar (Polsha, Chexiya, Slovakiya, Vengriya, Ruminiya, Bolgariya, Sloveniya, Serbiya, Xorvatiya, Bosniya va Gersegovina, Chemogoriya, Makedoniya, Albaniya). Bu mamlakatlaming muhim umumiy jihatlaridan biri
o‘tish iqtisodiyotidagi davlatlar blokiga mansubligidir.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin