18-MAVZU: AFRIKA DAVLATLARI
Reja:
Afrika davlatlari tabiiy va iqtisodiy geografik o’rni, tarkibi. Tabiiy resurslari, aholisi, sanoati, qishloq xo’jaligi va transporti. Subregionlari. Misr, JARning tabiiy va iqtisodiy geografik o’rni. Tabiiy resurslari. Aholisi va mexnat resurslari. Davlat tuzumi, ma’muriy bo’linmalari. Sanoat tarmoqlari, qishloq xo’jaligi, transport tashqi iqtisodiy aloqalari.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Afrika davlatlari, xo’jalik, tarmoqlar, undiruvchi sanoat, shimoliy Afrika, janubiy Afrika, G’arbiy Afrika, Sharqiy Afrika, Markaziy Afrika.
Afrika mamlakatlarining umumiy tavsifi va tabiiy demografik salohiyati. Afrika maydonining kattaligi bo‘yicha Yevrosiyodan keyingi yirik materik. Materik maydoni 29,2 mln. km2, unga tegishli orollar bilan esa 30,3 mln. km2, bu yer quruqlik yuzasining 1|5 qismi demakdir. Orollaridan Madagaskar eng yirigi hisoblanadi. Hind okeanida joylashgan Sokotra, Zanzibar, Pemba, Mariya, Komor, Amirant, Seyshel, Maskaren (Mavrikiy, Reyunon va b.) va Atlantika okeanida joylashgan Madeyra, Kanar, Kabo-Verde, Bioko, San-Tome, Prinsipi, Yozneseniya, Avliyo Yelena, Tristan-da-Kunya orollari ham Afrikaga qaraydi. Hozirgi vaqtda Afrikada jami 58 ta mamlakat mavjud. Respublikalar soni 52 ta, monarxiyalar 3 ta. G‘arbiy Sahroyi Kabir mamlakatining maqomi noma’lum.
Xrom, temir, marganes, uran, mis, qalayi, kobalt, oltin, platina, asbest, slyuda zaxiralari ulkandir, yirik olmos konlari mavjud. Afrika boksit va fosforitlaming zaxiralari bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinlami egallaydi. Umuman olganda, Afrika dunyoda oltin zaxirasi bo‘yicha birinchi o‘rinni, olmos zaxirasi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni (Avstraliyadan keyin) egallaydi.
Afrika suv resurslariga boy. Yillik umumiy suv oqimi 5 ming km3 dan ortiq, shundan 25% i Kongo, 10% i Zambezi hamda 6% i Niger daryolariga to‘g‘ri keladi. Nil daryosining yillik suv oqimi atigi 85 km3 ga teng, xolos.
Afrika aholisining soniga ko‘ra (1162 mln.) materiklar ichida Yevrosiyo- dan keyingi ikkinchi, uning o‘sish sur’atlari bo‘yicha esa birinchi o‘rinda turadi. Afrika aholisi yiliga bir necha million kishiga ko‘paymoqda. Aholining tabiiy o‘sish sur’atlari Markaziy, Sharqiy va G‘arbiy Afrika mintaqalari hamda mamlakatlarida (Niger, Chad, Uganda, Malavi, Gvineya, Angola, Mali, Keniya, MAR va b.), ayniqsa, yuqori ko‘rsatkichlar bilan ifodalanmoqda. Mazkur mamlakatlarda tug‘ilish koeffitsiyenti 35 promilledan ham yuqoridir, o‘lim koeffitsiyenti 8-10 promilleni, bolalar o‘limi koeffitsiyenti esa 85-90 promilleni tashkil etmoqda. Aholining o‘rtacha umr ko‘rish davri 52 yoshdan oshmaydi.
Afrikada aholisining soni 1 mln. dan ortiq bo‘lgan 20 ga yaqin shahar mavjud. Qohira, Iskandariya, Keyptaun, Yoxannesburg, Lagos, Abijan, Kinshasa, Nayrobi, Addis-Abeba, Jazoir, Kasablanka, Dakar shular jumlasidandir. Qohira, Yoxannesburg, Lagos va boshqa ba’zi yirik shaharlar atrofida aglomeratsiyalar shakllangan.
Dostları ilə paylaş: |