Jahon mamlakatlari iqtisodiy


Afrika transporti va subregionlari



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə92/105
tarix16.12.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#180785
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   105
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA

Afrika transporti va subregionlari. Afrika transporti umuman bo‘sh rivojlangan materikdir. Dastlabki transport vositalarining rivojlanishi mahalliy tabiiy resurslami, awalambor foydali qa- zilmalami qazib olish, ulami materik portlariga yetkazish va shu asosda Yevropa mamlakatlari va AQSHga dengiz kemalari orqali yetkazish bilan bog‘langan. Shunday dengiz portlarining soni ham unchalik ko‘p emas. Bularga Iskandariya, Jazoir, Lagos, Dar-us-Salom, Keyptaun kabi shaharlar kiradi.
Dengiz transportining ahamiyati xalqaro aloqalami olib borishda beqiyosdir. Transport tarmog‘iga xos xususiyat, uni asosan sohil hududlarda rivojlanganligi bilan ajralib turadi. Temir yo‘llarining uzunligi 85 ming km ga yaqin. Uzunligi va ahamiyati bo‘yicha keyingi o‘rinda quvur transporti turadi.
Afrikani subregionlarga ajratish juda murakkab vazifadir. Bunda nafaqat tabiiy sharoitni, balki undan ham ko‘proq tarzda hududlaming etnik va diniy xususiyatlarini hisobga olish zarur hisoblanadi. Ulami hisobga olgan holda Afrikani quyidagi subregionlarga taqsimlash qabul qilingan: Shimoliy Afrika, G‘arbiy Afrika, Markaziy Afrika, Sharqiy Afrika, Janubiy Afrika.Shimoliy Afrika subregioni Sudandan tashqari qolgan barcha arab mam- lakatlarini o‘z ichiga oladi. Aholi, asosan, vohalar va dengiz sohillarida joylashgan. Iqtisodiyotida neft va gaz, temir rudasi va fosforitlami qazib olish, qayta ishlash va eksport qilish muhim o‘rin egallaydi. Oziq-ovqat va yengil sanoat ham yaxshi rivojlangan. Qishloq xo‘jaligida bug‘doy, arpa, paxta, zaytun, uzum, sitrus mevalari yetishtirish asosiy rol o‘ynaydi.
G‘arbiy Afrika tarkibiga Gvineya qo‘ltig‘idan shimolda joylashgan mamlakatlar kiradi. Iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi (kakao, yeryong‘oq, sitrus o‘simliklari) yetakchilik qiladi. Katta miqdorda neft (Nigeriya) va olmos (Kot- d’lvuar, Serra-Leone) qazib olish va eksport qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Markaziy Afrika o‘rmon va mineral resurslarga juda boy subregion. Neft va marganes rudasini eksportga chiqarish (Gabon, Kongo Pespublikasi), ol­mos va oltin qazib olish katta miqyoslarda Kongo Demokratik Respublikasida amalga oshiriladi.
Sharqiy Afrika shimoldan janubga minglab kilometrga cho‘zilgan subregion. Kofe, yeryong‘oq, choy, paxtani eksportga chiqaradi. Olmos, mis qazib olishda muhim o‘rin egallaydi.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin