Sharqiy Afrika uchun, asosan, subekvatorial va tropik iqlim xosdir. U Hind okeaniga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lganligi sababli, qadim- dan Hindiston va turli arab davlatlari bilan savdo aloqalarini o‘rnatib kelgan. Boshqa subregionlardan farqli ravishda bu mintaqa mineral re- surslarga nisbatan kambag‘al ekanligi bilan ajralib turadi. Shu sababli iqtisodiyotini rivojlantirishda mavjud bo‘lgan boshqa tabiiy resurslardan samarali foydalanishga harakat qiladi. Asosan, tropik qishloq xo‘jaligi rivojlangan bo‘lib, jahon bozoriga kofe, choy, kokos palmasi mahsulotlari, turli ziravorlar olib chiqadi. Mintaqaning ba’zi davlatlari konchilik sanoati mahsulotlarini (mis) ham eksport qiladi. Qayta ishlovchi sanoat tarmoqlari rivojlanib bormoqda. Tashkil qilingan tabiiy bog‘lar va qo‘riqxonalar turizmni rivojlanishiga yordam beradi. SharqiyAfrika aholisi etnik jihatdan turli qabila va urug‘, elat va millatlardan tashkil topgan. Keniya subregiondagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga ko‘ra peshqadam davlat hisoblanadi. Janubiy Afrika-Yevropa, Osiyo, Amerika qit’alaridan ancha uzoqda joylashgan bo‘lsada, qulay transport-geografilc o‘ringa ega. Uning qirg‘oqlaridan muhim dengiz yo‘li yo‘nalishlari o‘tadi. Janubiy yarim- shaming tropik va subtropik mintaqalari da joylashgan subregion turli tabiiy resurslarga (ayniqsa, mineral resurslarga) boy. Janubiy Afrika Respublikasi nafaqat subregiondagi, balki qit’adagi iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan davlat hisoblanadi. U jahon bozoriga turli mineral resurslami yetkazib beruvchi davlatlardan biri. Uning iqtisodiyotida konchilik sanoatidan tashqari, qayta ishlovchi tarmoqlar ham salmoqli miqdorda mahsulot tayyorlab beradi. Subregionning boshqa davlatlari iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi muhim o‘rin tutadi. Aholisi etnik jihatdan rang-barangligi bilan ajralib turadi. Shu bilan birga JAR aholisi milliy tarkibida yevropaliklarning salmog‘i ham yuqori. Afrika katta miqdorda tabiiy, ijtimoiy, iqtisodiy resurs imkoniyatlariga ega. Lekin, mintaqa davlatlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi pastligi, aholisining milliy va diniy tarkibidagi o‘ziga xosliklar, uning turmush hamda savodxonlik darajasining past ko‘rsatkichlari, siyosiy mustaqillikka erishish davrida etnik xususiyatlar e’tiborga olinma- gan holda milliy chegaralanishning amalga oshirilganligi kabi holatlar ko‘plab geosiyosiy muammolarning kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda. Mavjud tabiiy resurslardan oqilona foydalanmaslik esa ekologik muam- molaming (masalan, cho‘llashish muammosi) yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan.