Qishloq xo’jaligi. Buyuk Britaniyada qishloq xo’jaligi yalpi ichki mahsulotning 2% ini yaratadi va ishga qobiliyatli aholining atiga 2% igina ish bilan ta’minlaydi. Shunga qaramasdan, mahsulotga bo’lgan ichki talabning uchdan ikki qismini qoplaydi. Angliya qishloq xo’jaligi yuqori samarali va shuning uchun ham katta hajmda oziq-ovqat mahsulotlari hamda qishloq xo’jaligi mahsulotlarini eksport qilishda qulay imkoniyatlarga ega.
Baliq xo’jaligi. Bu sohada ko’rsatkichlar pasayishi kuzatilayapti. Har yili baliq ovlash o’rtacha 750 ming tonnani tashkil etadi. Bir necha yillar davomida Shimoliy va Irland dengizlarida, Saagerrak ko’rfazi va Shotlandiyadan g’arbdagi suvlarda treska zahiralari qisqarayotgani kuzatilayapti.
O’rmon xo’jaligi. Buyuk Britaniya o’rmonlari maydoni 24 ming kv. km. (10% erni) egallaydi. O’rmon fondining yarimi o’rmon xo’jaligi bo’yicha Komissiya tasarrufiga kiritilgan. Mamlakatda har yili 7,5 mln. kubometr o’rmon kesiladi. Yog’ochga bo’lgan ichki talabning 90 % import yog’och taxta hisobiga qondirildi.
Xizmat sohasi. Buyuk Britaniya iqtisodiyotiga xos xarakterli fenomen xizmat sohalarining o’sayotganidir. U aholi real daromadlari oshayotganligida, shuningdek xizmat va tovarlar o’rtasidagi xarajatlar nisbatida, namoyon bo’ladi. Ayniqsa moliya sektori va ko’ngilochar sektor hamda turizm vakillari yutishayapti. Ilgari bozorda unchalik sezilarli ulushi bo’lmagan sektorlar, yoki umuman amalda bo’lmagan sektorlar ko’proq ahamiyat kasb eta boshladilar. Ular kompyuter ishlab chiqarish va dastur ta’minoti, reklama, bozorni tadqiq qilish, ko’rgazmalar o’tkazish, konferentsiya va taqdimot marosimlaridir.
Turizm. Buyuk Britaniya iqtisodiyoti sohalarida muhim o’rin egallaydi. Bu soha IYaM ning 4,5 %ni ishlab chiqaradi. Turizmdan daromad olish bo’yicha mamlakat dunyoda AQSh, Ispaniya, Frantsiya va Italiyadan keyin beshinchi o’rinda turadi.
Mamlakatning depressiv-turg’un holatidagi rayonlari. Buyuk Britaniya iqtisodiyoti ayrim sanoat regionlari o’rtasida keskin farq bilan xarakterlanadi. Buyuk Britaniyada norasmiy ma’lumotlarda, na ilmiy ishlarda aniq qaysi rayonlar depressiv rayonlar ekanligi haqida qat’iy bir xulosa aytilmaydi. Rasman «taraqqiy etayotgan rayonlar» ajratib ko’rsatiladi. Ya’ni davlat rag’batlantirayotgan xo’jalik ob’ektlari joylashgan territoriyalar. Odatda ularga Shimoliy rayon, Shotlandiya, Uels, Shimoliy-G’arbiy rayon kiritiladi. (Depressiv)-turg’un rayonlar qoloqligiga quyidagi sabablar ko’rsatiladi:
-yangi va yangilik etarli rivojlanmagan sharoitda «eskirayotgan sohalar» ga ixtisoslashish;
-an’anaviy sanoat sohalari va sust rivojlangan infratuzilmasi va xizmat sohalariga qaramlik;
-katta bozorlar va qarorlar qabul qilinadigan markazdan uzoqligi;
-shu holat va depressivlik oqibatida «yomon investitsion muhit».
Depressiv - turg’un rayonlarning sohaviy tarkibi. Shotlandiya - ko’mir qazib olish, qora metallurgiya, kemasozlik, og’ir mashinasozlik, to’qimachilik sanoatiga ixtisoslashgan. Shimoliy dengizda neftga boy ochiq konlar ko’p. Bular regionda ximiya va neftni qayta ishlash korxonalarini rivojlantirish imkonini beradi. 90-yillar oxiridan boshlab Shotlandiyada TMK-transmilliy korporatsiya nazorat qiluvchi elektron sanoati rivojlana boshladi.
Uels – ko’mir qazib olish va qora metallurgiya rayonga TMK katta qiziqish bilan qarayapti 20% chet el qo’yilmalari Uelsga yo’naltirilayapti.
Shimoliy rayon-ko’mir qazib olish salmog’i yuqori, qora metallurgiya, og’ir mashinasozlik, kemasozlik, ximiya sanoati taraqqiy qilgan. Sanoatining katta qismi sharqiy rayonda jamlangan. Shimoliy rayonda NIOKRning zaif bazasi saqlanib turibdi, rivojlangan xizmat sohasi, malakali ishchi kuchlari yo’q.