Kimyo va neft-kimyo sanoati. Superfosfat sanoatining eng yirik korxonalari Yoskresensk (Moskva oblasti), Sankt-Peterburg, Kingisepp (Leningrad oblasti) dagi kombinatlardir. Azot o‘g‘itlarini ishlab chiqarish bo‘yicha esa Dzerjinsk (Nijniy Novgorod yaqinida), Novomoskovsk (Tula oblasti), Nevinnomisk (Stavropol o‘lkasi), Kemerovo shaharlaridagi kombinatlar katta ahamiyatga ega. Uralda (Solikamsk, Berezniki) kaliy o‘g‘itlari ishlab chiqariladi. So‘nggi yillarda organik sintez kimyosining ahamiyati ortib bormoqda. Sun’iy va sintetik tola yetkazib beruvchi kimyo korxonalari Tver, Ryazan, Balakov (Saratov oblasti), Barnaul, Kursk, Engels, Yoljskiy, Krasnoyarsk kabi shaharlarda joylashgan. O‘rmon, yog‘ochni qayta ishlash va selluloza-qog‘oz sanoati.Bu tarmoq juda katta ahamiyatga ega. Rossiya o‘rmonlarga juda boy va ular hudud bo‘yicha keng tarqalgan. Umumiy o‘rmon maydonlari 766 mln. gektami tashkil etadi. Selluloza-qog‘oz sanoati korxonalarini joylashtirishda xomashyo omilining ahamiyati juda katta. Hozirgi vaqtda bu tarmoqning asosiy markazlari Shimoliy rayonda (Kondopoga, Arxangelsk, Kotlas, Siktivkar), Uralda (Krasnokamsk, Krasnovishersk, Solikamsk), Volga-Vyatka rayonida (Balaxna, Pravdinsk, Voljsk) joylashgan. Sibirda (Krasnoyarsk, Bratsk, Ust-Ilimsk, Selenginsk, Baykalsk) va Uzoq Sharqda yirik kombinatlar ishlaydi. Yengil sanoat.So‘nggi yillarda bu tarmoqda jiddiy vaziyat yuzaga kelgan. RF sanoati tizimidagi uning salmog‘i sezilarli kamaydi. Shunga qaramasdan, hozirgi vaqtda tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Yirik to‘qimachilik sanoati markazlari qatoriga Ivanovo, Moskva, Yaroslavl, Orexovo-Zuyevo, Noginsk, Tver; jun gazlama tarmog‘i markazlariga Moskva, Tver; zig‘ir gazlama sanoati markazlariga Kostroma, Vyazniki; ipak gazlama markazlariga Moskva, Naro- Fominsk shaharlari kiradi. Oziq-ovqat sanoati.Bu sanoat aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’- minlovchi tarmoqlami o‘z ichiga oladi. Oziq-ovqat sanoati korxonalarining rivojlanishi va joylanishi quyidagilar bilan belgilanadi: aholining joylashishi (iste’mol omili), qishloq xo‘jaligining ixtisosi (xomashyo omili), tayyor mahsulotni transportda tashish sharoitlari.