Jahon mamlakatlari iqtisodiy


Tabiiy sharoiti va tabiiy boyliklari



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə39/105
tarix16.12.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#180785
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   105
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA

Tabiiy sharoiti va tabiiy boyliklari. Mamlakatning materik qismi hududi dehqonchilik va chorvachilikning deyarli barcha tarmoqlarini yetishtirish uchun qulay bo‘lgan agroiqlim resurslariga ega. AQSH ning juda katta maydonini egallagan dasht zonasi mamlakatning eng yirik g‘alla makonidir. Qizig‘i shundaki, deyarli 100-120 mln. t don lalmi yerlarda u etishtiriladi. Yalpi hosilning barqarorligi 6-7 yilda bir marta buziladi, ya’ni iqlim qurg‘oqchil kelib, don ekinlari birmuncha zarar ko‘radi.
AQSH tabiiy resurslaming barcha turlariga boy. Mineral resurslar ba’zi bir turlarining zaxiralari bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinlami egallaydi. Shular qatoriga toshko‘mir, mis, molibden, aluminiy xomashyosi, qo‘rg‘oshin, mx, uran rudalari, oltin, fosforitlar, har xil tuzlar kiradi. Yoqilg‘i-energetika resurslari toshko‘mir, neft, tabiiy gaz va gidroresurslarga asoslanadi. Toshko‘miming yirik konlari Appalachi havzasida hamda 0‘rta G‘arb rayonida mavjud, bir yilda mamlakatda 1100 mln. t dan ziyod ko‘mir qazib olinmoqda.
AQSH yirik neft zaxiralariga ega. Yirik neft konlari Alyaska (Pradxo-Bey), Texas, Nyu-Meksika, Luiziana, Kalifomiya shtatlarida hamda Meksika ko‘rfazida joylashgan. Mamlakatda bir yilda 400-450 mln. t atrofida neft qazib olinmoqda. AQSH da yirik tabiiy gaz konlari neft konlari yonida joylashgan (Texas, Kalifomiya shtatlari va Meksika ko‘rfazi). Mamlakatda yiliga o‘rtacha 650 mlrd. m3 tabiiy gaz olinmoqda. AQSH da rangli va qora metallurgiya tarmoqlari uchun zamr bo‘lgan mdali qazilma konlari va zaxiralari ancha ko‘p.
Temir mdasining katta zaxiralari Buyuk ko‘llaming sohillaridagi konlar- da to‘plangan. Daryolaridan Kolumbiya, Kolorado, Niagara gidroenergiya re­surslariga boy bo‘lib, undan hozirgi vaqtda samarali foydalanilmoqda.
Mamlakat boy tabiiy resurslar va qulay tabiiy sharoitga ega. Ammo uzoq vaqt nooqilona foydalanish oqibatida mamlakatda bir qator eng yaxshi konlar qashshoqlashib qoldi. Biroq ilmiy texnika progressi uncha boy bo’lmagan va sifatli konlarni ochishga imkon yaratdi. Bu esa AQShning xom ashyo bazasini sezilarli to’ldirdi. Jumladan, ko’mir zaxiralari, molibden, oltingugurt, fosforitlar va kaliy tuzlari qazib olish ko’paydi. Milliy ishlab chiqarish talabni temir va mis rudasi, bir necha kam darajada qo’rg’oshin-rux, uran rudalari qondirishi mumkin.
Marganets rudasi, qalayi, nikel, grafit, xrom, boksit, noyob metallar kam. Neft va tabiiy gaz potentsiallari anchagina katta, ammo ishlatilayotgan konlar tez qashshoqlanib qolayapti. Yangi konlarni qidirib topish va foydalanishga topshirish juda sust borayapti. Bunga sabab shuki, monopoliyaga AQShdagiga nisbatan qazib olish qiymati ancha arzon bo’lgan rivojlanayotgan mamlakatlar, shuningdek Kanada va Avstraliya boyliklari ma’qul kelayapti. Oqibatda importda yoqilg’i va mineral xom ashyo ulushi ortayapti, milliy mineral baza roli pasayapti. Alyaskada neft konlari ikkinchi jahon urushidan keyinroq ochilgandi, ammo kon zahirasi nisbatan kam ekan. 60-yillarda Alyaskada qidiruv ishlari qayta boshlandi va natijada Pradxo-Beyda zahirasi 2 mlrd. tonadan ziyod noyob koni topildi.
U Boforta dengizi qirg’oqlarida, Barrou burunidan 300 km. janubi-sharqda, abadiy muzliklar bag’rida joylashgan. Turli ko’rinishdagi resurslar va tabiiy sharoit xo’jalik rivojlanishi uchun yaxshi tabiiy baza bo’lib qolmokda. Shu bilan birga ulardan foydalanishni ayovsizlarcha olib borilishi atrof muhitning holatini yomonlashtirmokda, havo va suvni ifloslantirishga olib kelayapti. Tabiatga ayniqsa ko’p sonli urbanizatsiyalashgan (shaharlashgan) territoriyalar-sanoat korxonalarining katta qismi joylashgan, ko’p miqdordagi avtomobillar mavjud joylarga katta zarar etkazmoqda.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin