Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(1), Jan., 2023 861
Internet
-
iqtisodiyotning
raqobat
dinamikasi,
jamoatchilik
manfaatlari,
jurnalistikaning barqarorligiga va axborot sifatiga qanday ta’sir ko‘rsatayotgani
haqidagi xavotirlar ko‘plab yurisdiksiyalarda yuzaga kelgan.
Demokratik jamiyatlarda yangiliklar sifati saqlanishi kerak degan fikrni
noto‘g‘ri talqin qilish va jamoat manfaati uchun kontentning yetarli darajada
ta’minlanmaganligi katta-kichik raqamli platformalar amaliyoti tufayli yomonlashish
holatlariga duch kelmoqdamiz.
MUHOKAMA VA NATIJALAR Media va elektron platformalar qanday o‘zaro ta’sir doirasini tashkil qiladi? Internet juda katta axborot maydonini qamrab oldi. Bizning televideniye va ommaviy
gazeta-jurnallarga talabimiz pasayib ketdi. Insonlar o‘zlarining axborot manbayi
sifatida ijtimoiy tarmoqlar va internet sahifalariga ko‘proq e’tibor qaratmoqda. Bu o‘z
o‘rnida yangiliklarning onlayn biznesi uchun imkoniyatlar kengayishiga sabab bo‘ldi.
Internet kontentni nashr qilish va tarqatish xarajatlarini kamaytirdi.Internet tufayli
jahon maydonidagi axborot uzatish tashkilotlari geografik qamrovni potensial
ravishda oshirdi. Shu bilan birga raqamli uzatishga o‘tish yangilik(ommaviy gazeta-
jurnal, televideniye, radio)lar noshirlari uchun reklama daromadining pasayishiga
sabab bo‘ldi.[1] Internet yangiliklar iste’molini ham o‘zgartirdi, masalan, bir nechta
manbaalardan ajratilmagan kontentni jamiyat tomonidan qabul qilinish tendensiyasi
oshdi. Bugungi kunda yirik raqamli platformalar onlayn axborot tarqatishdan boshlab,
shuningdek, yangiliklar, kontentlarni uzatish, mablag‘larni yig‘ish, taqsimot qilish,
pul o‘tkazmalari va ma’lum siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy jarayonlarni onlayn tashkil
qilish kabi bir qancha funksiyalarni bajaradi. Ushbu xizmatlarning ba’zilari
o‘zlarining asosiy provayderlari atrofida rivojlangan.