Jahon media maydonida raqobat muhiti va bunda



Yüklə 350,94 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix04.10.2023
ölçüsü350,94 Kb.
#152071
1   2   3   4   5
jahon-media-maydonida-raqobat-muhiti-va-bunda-elektron-platformalar-ta-sir-doirasi

Vertikal munosabatlar 
Kontent keng tarqalishini ta’minlash uchun yangiliklar noshirlari umumiy 
xizmat provayderlari, ijtimoiy tarmoqlar va axborot agregatorlari bilan hamkorlik 
qiladi. 
Gorizontal munosabatlar
Elektron platformalar foydalanuvchi e’tiborini va reklama maydonini 
ta’minlash uchun yangiliklar noshirlari bilan raqobatlashadi.[2] 
Media maydonninng bir tomonida foydalanuvchilar yangiliklar veb-saytlari, 
ilovalarida yoki platformalarda axborotni uzatishga qaror qilishlari mumkin. Boshqa 
tomonida esa ma’lum bir auditoriyani qamrab olmoqchi bo‘lgan reklama beruvchilar 
yangiliklar veb-saytlarida yoki egalik qilinadigan, boshqariladigan elektron 
platformalarda reklama maydonini sotib olishni tanlashlari mumkin. 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(1), Jan., 2023 
862 
Monopoliyaga qarshi asosiy muammo nimada? 
Monopoliyaga qarshi asosiy muammo shundaki, reklama tomonidan 
moliyalashtirilgan bir nechta elektron platformalarning internet bozoridagi kuchi va 
informatsion dasturlashtirilgan elektron platformalar o‘rtasidagi raqobat, iqtisodiy 
jarayonlar nomutanosibligi kontentlarning onlayn monetizatsiyasiga ta’sir qiladi va 
oqibatda yangiliklarning hayotiy (real) ligiga tahdid soladi. Kattaroq muammo 
shundaki, elektron platformalar yangiliklarni tarqatish va saralashga ta’sir qilish 
orqali virusli tarkib ( ehtimol, noto‘g‘ri ma’lumot yoki dezinformatsiya)ni
kuchaytiradi va sifatli kontent ishlab chiqarish uchun rag‘batlarni kamaytiradi. Ba’zi 
raqobat organlari (masalan, Avstraliya, Yaponiya va Buyuk Britaniya) noto‘g‘ri 
ma’lumot va dezinformatsiya jamoatchilikni tashvishga solayotganini va bu hech 
bo‘lmaganda yangilik nashrlari va elektron platformalar o‘rtasidagi murakkab 
munosabatlarni o‘z ichiga olgan raqobat muammolari tufayli kuchayishi 
mumkinligini tan oladi. Iqtisodiy nuqtayi nazardan, asosan, bu yangiliklar mazmunini 
ta’minlashda sifat muammosi bo‘lib ko‘rinadi va oqibatda yangiliklarning 
hayotiy(real)ligiga tahdid soladi.
OECD (Organisation for Economic Cooperation and Dovelopment) ning 
axborot vositalari va elektron platformalar bilan bog‘liq raqobat masalalari bo‘yicha 
kuzatishlari raqobat organlari va sharhlovchilar ommaviy axborot vositalari bilan 
bog‘liq xavotirlarni keltirib chiqaradigan bir nechta amaliyotni aniqladilar. Ushbu 
amaliyotlarning bir nechtasi yangilik bo‘lmagan kontentning onlayn generatorlariga 
ham ta’sir qilishi mumkin. 

Yüklə 350,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin