O’zbekistonni inqirozdan olib chiqish boshqaruvning bozor tizimiga o‘tish jarayonida tadrijiy yondashuvni, "Yangi uy qurmasdan turib, eskisini buzmang" degan hayotiy tamoyilga tayangan holda, islohotlarni izchil va bosqichma-bosqich amalga oshirishdi.
Eng muhimi, parokandalik va boshboshdoqlik ta’siriga tushib qolmaslik uchun o‘tish davrida aynan davlat bosh islohotchi sifatida mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi zarurligini belgilangan.
Asta sekin O‘zbekistonda moliyaviy-iqtisodiy, byudjet, bank-kredit tizimi, shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari va tarmoqlarining barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun yetarli darajada mustahkam zaxiralar yaratila boshlandi va zarur resurslar bazasi tashkil qilindi.
Kredit tizimi
Moliyaviy inqirozining asosiy sabablaridan biri — bu banklar likvidligi, ya’ni to‘lov qobiliyatining zaifligi bilan bog‘liq muammoning keskinlashuvi, kredit bozoridagi tanglik, sodda qilib aytganda, pul mablag‘larining yetishmasligi bilan izohlanadi.
Shuning uchun O’zbekistonda bunday kamchiliklar kelib chiqmasligi uchun respublika aholisining banklardagi barcha depozitlarini davlat 100% nazoratiga oldi.
2006 yilda tashkil etilgan "Mikrokreditbank"ning faoliyati xususida alohida to‘xtalish joiz. Mamlakat hududida 78 ta filiali va 270 dan ziyod minibanki faoliyat ko‘rsatayotgan mazkur bank kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tarmog‘ini kreditlar bilan ta’minlashga xizmat qilgan. 2007—2008 yillar davomida ushbu bank aktivlari miqdori 3,5 barobar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni kreditlash hajmi 4 barobarga oshdi va bu maqsadlarga 150 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi. Prezident farmoni asosida "Mikrokreditbank" ustav jamg‘armasini 72 milliard so‘mga oshirish va uning hajmini 150 milliard so‘mga yetkazish haqida qaror qabul qilingan.
Investitsiyalar
Krizisdan so’ng O‘zbekiston o‘zining mustaqil taraqqiyoti davrida qisqa muddatli spekulyativ kreditlardan voz kechib, chet el investitsiyalarini uzoq muddatli va imtiyozli foiz stavkalari bo‘yicha jalb etish tamoyiliga amal qila boshladi.
Ammo inqirozda tashqi qarzni to’lashga bo’lgan ishonch va to’lov vaqtidagi kamchiliklar tufayli hukumat katta loyihalardan voz kechishiga majbur bo’lgan.
Inqirozdan chiqishga qaratilgan vazifalar ichida investitsiyalar ham bor edi. O’zbekiston e’tiborini tulov qobiliyatiga va chet el sarmoyasini jalb qilishga qaratdi va 2007—2008 yillar dan so’ng o‘zlashtirilgan chet el investitsiyalari hajmi 2,5 barobardan ko‘proq oshganining o‘zi ham buni tasdiqlab turibdi.