Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozidan keyingi davrda moliyaviy xavfsizlikni ta'minlash masalalari


LEHMAN BROTHERS Bosh ofisi Margin Call



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə2/4
tarix23.05.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#120340
1   2   3   4
Презентация Microsoft Office PowerPoint

LEHMAN BROTHERS Bosh ofisi

Margin Call

Margin Call 2008 yildagi moliyaviy inqiroz davrida Lehman Brothersning qulashiga asoslangan. Film Wall Street firmasida sodir bo'layotgan voqealarni real tarzda tasvirlaydi. Bu firma inqirozi tufayli ishchilarini qisqartirayotgan kompaniya haqida.

2.Inqirozning O’zbekistonga ta’siri

  • Xalqaro Valyuta Jamg`armasi (IMF) 2009 yil O`zbekiston iqtisodiyoti uchun jahondagi moliyaviy inqiroz sabab og’ir kechadi deya ogohlantirgan. Xalqaro Valyuta Jamg`armasi vakillari 8-19 dekabr kunlari Toshkentda bo’lib, iqtisodiy vaziyat bilan tanishgan.
  • Mahalliy faollarga ko`ra O`zbekiston hukumati global tanazzul ta’siri va oqibatlari haqida xalqqa 2008 yil 25 dekabr hisobot berishgan.
  • O`zbekiston hukumati va bu jamg’arma e`lon qilgan bayonotga ko`ra respublikada 2008 yilda iqtisodiy o`sish qayd etilgan, biroq inflyatsiya darajasi hamon yuqori bo’lgan.
  • “O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar moliya bozorlari bilan to‘liq integratsiyalashmaganligi sababli xorijiy kreditlar va kapital oqimining keskin kamayishi hisobidan jiddiy zarar ko‘rmaganligi hisobotda ham keltirilib o’tilgan.

Xalq diplomatiyasi

  • Mahalliy faollardan iborat “Xalq diplomatiyasi” klubi ham 2008-yilgi inqirozga inqirozga o’z munosabatini bildirishgan.
  • Ziyolilardan iborat klub a’zolari moliyaviy inqiroz o`zbek so`mining qadrsizlanishi, ishsizlar sonining yanada ko`payishi, qashshoqlik chuqurlashishi va ijtimoiy tushkunlikka olib borishi mumkin degan xulosaga kelishgan.
  • Ko’plab klub a’zolari hukumatni krizisga qarshi - ,, Aniq bir dastur yo’q, jamoatchilik orasida, axborot vositalarida muhokama qilinmayapti “- deb tanqid qilishgan.
  • “Qozog`iston hukumati krizisga qarshi dastur qabul qildi. Bizda biror dastur qabul qilingani ma’lum emas. Bu masalani hatto muhokama qilishga qo`rqamiz. O`zbekiston chet elga gaz, paxta, uran sotayapti. Bu mahsulotlarning narxi qanchalik tushdi, qancha zarar ko`rildi”? - deydi klub vakili Komron Aliyev.
  • Tahlilchi Jahongir Shosalimov sharhlashicha krizis O`zbekiston avtomobil sanoatiga zarba bergan.
  • “O`zbekistonda ishlab chiqarilgan va Qozog`iston, Rossiya va Ukrainaga yuborilgan avtomobillar qaytarib yuborildi. Ikkinchidan, bu mashinalar mamlakat ichida AQSh dollariga sotilayapti. O`zbekiston hukumati amerikaliklar bilan tuzilgan shartnomaga ko`ra, sotilgan mashinalarni konvertatsiya qilib bera olmayapti”, - deydi u.
  • Bundan tashqari krizisda mamlakatda smentga bo`lgan talab 20 foizga tushib ketgan.
  • “Avval boshda bir so`mga ikki qozoq tangasi sotib olish mumkin edi. Hozirga kelib bir tanga 12 so`mga ko`tarildi. Hukumat “krizis bizga unchalik tegishli emas” deyapti. Haqiqatda esa mamlakatda inqiroz 17 yildan buyon davom etayapti, Korrupsiya bu jamiyatni yemirib bormoqda” – deydi klub a’zolaridan biri Fayzulla Isxoqov.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin