Jahon pedagogika fanining rivojlanish tarixi bayoni



Yüklə 69,86 Kb.
səhifə3/4
tarix14.10.2022
ölçüsü69,86 Kb.
#65115
1   2   3   4
Jahon pedagogika fanining rivojlanish tarixi bayoni

Xulosa
Pedagogika tarixi qadim zamonlardan hozirgi kungacha bo'lgan turli tarixiy davrlarda tarbiya, maktab va pedagogika nazariyasining taraqqiyotini davrlar talabi asosida o'rganib keladi. Har bir ijtimoiy tuzum, uning kelajagi, insoniyat istiqboli, kishilarning turmush darajasi fan va madaniyat taraqqiyoti bilan bevosita bogliqdir.
Binobarin, mustaqillik tufayli ko'hna Turkiston diyorida istiqomat qilib kelgan barcha xalqlar milliy qadriyatlarining qayta tiklanishi va rivojlanishi uchun shart-sharoitlar vujudga keldi.
Axloqan pok va etuk insonlami tarbiyalash masalasini muvaffaqiyatli hal etishda xalqimizning ma’naviy boyliklari, ajdodlarimizning bizga qoldirgan ilmiy merosi va tarixiy-tarbiyaviy tajribalarini organib chiqish, ularning yutuqlarini ta’lim-tarbiya ishlariga tadbiq etishning ahamiyati kattadir. Bu borada 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti AI.Karimovning quyidagi so'zlari alohida e’tiborga loyiqdir:
Buyuk chex pedagogi 1592-yili 28 martda Moraviyadagi Ugorskiy Brod degan joyda tegirmonchi oilasida dunyoga kelgan. Uning oilasi ruhoniy «Chex qardoshlari» jamoasiga tegishli bo'lib, bu jamoa Chexiyaningozodligi uchun kurashuvchi vatanparvarlami o'z atrofiga to'plagan edi.
Komenskiy ota-onasidan ajrahb, ancha vaqt o'qiy olmaydi, 16 yoshida «Chex qardoshlari» jamoasining yordami bilan lotin maktabiga o'qishga kiradi. Bu haqda Komenskiy shunday yozgan edi: Men o'sha vaqtdayot tarbiya masalasida mamlakatimning orqada ekanhgini ko'rdim. Fan va tarbiya hammaga tegishh bo'hshi kerak. Maktabni tugatgach Xorbomi universitetiga (Germaniya) o'qishga kiradi,so'ngra Geydelberg universitetida o'z davrining bilimdon professorlaridan ma’ruza tingladi. Komenskiy Avstriya va Gollandiyada bo'lib iqtisodiy-siyosiy hamda madaniy hayot bilan tanishib ilmi va dunyoqarashini kengaytiradi.
O'sha davrda knyazliklar orasidsiJboshlangan 30 yillik urush (1618— 1648) tufayh «Chex qardoshlari» jamoasi nemis dvoryanlari tomonidan vatanlaridan quvg'in qilinadi. Shu tariqa Komenskiy xotini va bolasidan juda bo'ladi. Qo'lyozmalari yo'qoladi.
«Chex qardoshlari» ko'chib kelgan Polshadagi Leshno shahrida Komenskiy gimnaziya tashkil etadi.
U o'zining 80 yillik umri davomida pedagogika, ta’lim-tarbiya, falsafa, ilohiyotga oid 250 dan ortiq asarlar, darsliklar yaratgan «Tillar va hamma fanlarning ochiq eshigi» (1631), «Buyuk didaktika» (1632), «Onalar maktabi» (1632), «Pansofiya maktabi» (1651), «Yaxshi tashkil etilgan maktab qonunlari» (1953), «Hislar vositasi bilan idrok qilinadigan narsalaming suratlari» (1658) kabi asarlar uning eng salmoqli asarlari dir. Shuningdek, mantiq, fizika, lotin va grek tillariga bag'ishlangan o'nlab darsliklar yozdi. Darsliklari hayotlik davridayoq boshqa tillarga taijima qilinib, Komenskiyning nomini butun dunyoga tanildi.


Yüklə 69,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin