Texnika ekinlari va boshqa qishloq xo`jalik ekinlari.
Texnika ekinlari-sanoatning turli tarmoqlari uchun xom-ashyo beradigan qishloq xo`jaligi o`simliklaridir.Qanday mahsulot olinishiga qarab ular bir necha guruhlarga bo`linadi:
1.Kraxmalli ekinlar-kartoshka,batat.
2.Qandli ekinlar-shakarqamish,qand lavlagi.
3.Moyliekinlar: kungaboqar,eryong`oq,soya,kanakunjut,kunjut,zig`ir,gorchisa,zaytun,tung (tung daraxti janubda o`sadi,undan metallarni korroziyadan,yog`ochni esa chirishdan saqlaydigan lak tayyorlanadi).
4.Efir moyli ekinlar-(yalpiz,geran,atirgul,lavanda,koriandr) konditer va parfyumeriyada ishlatilinadi.
5.Tolali o`simliklar-g`o`za,uzun tolali zig`ir,jut,kanop,sizal.
6.Dorivoro`simliklar-kiyiko`t,isiriq,chakanda,zubturum,marmarak,na`matak,aloe,jenshen.
7.Oshlovchi (taran).
8.Narkotik (nasha,ko`knori).
9.Bo`yoq beruvchi.
Tolali ekinlarda paxta katta ahamiyatga ega.Jahonda har yili 15-16 mln.t. paxta tolasi ishlab chiqariladi.Paxta qimmatbaho,lekin vegetasiyasi uzoq davom etadi.Paxta quyosh nuri va suvni ko`p talab etadi.Paxta ekiladigan yerlar maydoni va paxta hosili jihatidan Osiyo mamlakatlari 1-o`rinda turadi.2-o`rinda Amerika mamlakatlari,3-Afrika mamlakatlari turadi.
Paxta tolasi yetishtirish bo`yicha yetakchi davlatlar:
1.Xitoy (4,2mln.t.y.) 4.Pokiston
2.AQSH 5.O`zbekiston
3.Hindiston
Asosiy eksportchilar-AQSH,O`zbekiston,Braziliya.
Importchilar-Horijiy Yevropa,Yaponiya,Rossiya.
Tolali zig`ir-tuproqda va havoda namni ko`p bo`lishini,o`rtacha issiqlik va tuproqni o`g`itlashni talab qiladi.Beda bilan almashlab ekilsa yaxshi hosil beradi.Zig`ir asosan Xitoy, Rossiya,Belorussiya,Boltiqbo`yi,Polsha,Fransiyada ekiladi.
Sizal asosan Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarida ekiladi.Kam eksport qilinadi.
Jut asosan Bengal qo`ltig`i bo`yida etishtiriladi.Jahonda jutning asosiy qismini Bangladesh beradi.
Tabiiy kauchuk asosan to`qimalarida tabiiy kauchuk olish uchun ishlatiladigan sutshira-lateks ko`p bo`lgan o`simliklardan olinadi.Tabiiy kauchuk-geveya,tovsag`iz (Qozog`iston),gvayula kabi o`simliklardan olinadi.Tabiiy kauchukning asosiy qismini (85%) Janub-Sharqiy Osiyo mamlakatlari,ko`proq Malayziya,Indoneziya,Tailand,keyingi o`rinda Braziliya beradi.
Tabiiy kauchukni dunyo bo`yicha yalpi hosilini 46%ini Malayziya, 23%ini Indoneziya beradi.
Asosiy eksportchilar ham shular.
Importchilar: Yaponiya,AQSH,Horijiy Yevropa.
Dostları ilə paylaş: |