Jahon tarixi fanidan yozgan mustaqil ishi mavzu: mavzu: XI- xiii asrlarda pireney yarim oroli davlatlarining siyosiy tuzum



Yüklə 30,66 Kb.
səhifə1/6
tarix07.01.2024
ölçüsü30,66 Kb.
#201274
  1   2   3   4   5   6
Jahon tarixi fanidan yozgan mustaqil ishi mavzu mavzu XI- xiii-fayllar.org


Jahon tarixi fanidan yozgan mustaqil ishi mavzu: mavzu: XI- xiii asrlarda pireney yarim oroli davlatlarining siyosiy tuzum

O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVЕRISTЕTI
TARIX FAKULTETI 2-BOSQICH TALABASI QODIROV SANJARNING


JAHON TARIXI FANIDAN YOZGAN


MUSTAQIL ISHI


MAVZU: MAVZU: XI- XIII ASRLARDA PIRENEY YARIM OROLI DAVLATLARINING SIYOSIY TUZUMI


Bajardi: Qodirov Sanjar
Tekshirdi: _____________
Toshkent – 2022
MAVZU: XI- XIII ASRLARDA PIRENEY YARIM OROLI DAVLATLARINING SIYOSIY TUZUMI


REJA:
1. Ispaniyada rekonkista harakatining boshlanishi.

2. Rekonkistaning asosiy bosqichlari.


3. Kataloniya, Aragon, Leon va Kastiliya grafliklarining tashkil topishi.
4. Ispaniyada inkvizitsiyaning joriy etilishi.
4. Portugaliya qirolligining tashkil topishi.
Adabiyotlar ro’yxati

Ispaniyada rekonkista harakatining boshlanishi.
Dastlabki о‘n yilliklarda Ispaniyani Damashqdan tayinlangan amirlar boshqargan. Lekin 755 yili Kordova amirligi amalda mustaqillikka erishib, 929 yildan uning hukmdorlarini xalif deb atashadilar1. Arablarning Pireney yarim orolida 20 yillik yurishlari natijasida shimoldagi Galitsiya va Asturiyadan tashqari barcha hududlar ular qо‘l ostiga о‘tdi. Keyinchalik xuddi shu Galitsiya va Asturiyadandan arablarni Ispaniyadan chiqarish harakati ispancha “Rekonkista”-“qaytarib olish” boshlandi. U deyarlik 8 asr davom etib, Ispaniyaning keyingi taqdirini belgilab berdi. Austiriya tog‘laridagi Kordova jangida (718 yili) ispanlar arablar ustidan ilk g‘alabaga erishadi.
Ispan xalqining arablar bilan uzoq davom etgan, kо‘p asrlik kurashi Ispaniya davlatining tashkil topishida juda katta rol о‘ynadi. Pireneya yarim orolining arablardan qaytarib olinishi tarixiy adabiyotda rekonkista deb nom olgan. Ispan xalqlarining arab-mavrlarga qarshi olib borgan ozodlik kurashi bо‘lgan keng ma’nodagi rekonkista VIII asrdan-boshlab, arablar yarim orolni istilo qilganlaridan keyinroq, ya’ni VIII asrdan, to XV asr oxirigacha davom etdi. XV asr oxirida arablarning Ispaniyadagi sо‘nggi yirik mulki hisoblangan Granada qо‘ldan boy berildi.
Galitsiya, Asturiya, ispan markasi, bular tog‘li, odam yurishi va yashashi qiyin hududlar bо‘lib, arablarning bu yerlarni bosib olishga urinishi natijasiz chiqdi. Bu yerlar boshqa hududlardan kо‘chib kelgan ispan qochoqlari bilan tо‘lib ketgan edi. Keyinchalik xuddi shu yerlardan rekonkista harakati boshlandi.
  1. Rekonkista harakati VIII asrdayoq boshlangan edi. Ammo XI asrgacha bu harakat ispan kuchlarining tarqoq bо‘lganligi va ularga qarshi jipslashgan xalifalik kuchlari turganligi sababli biror yutuqqa erisha olmadi. Rekonkistachilar 1031 yilda ummaviylar sulolasi parchalanib, 23 ta tayplarga bо‘linib ketganidan keyin muvaffaqiyatga erisha boshladi. Bu harkatning markazlari Toledo, Kastiliya va Leon edi.


XI asr boshlarida Ispaniyaning anchagina qismi arablardan tortib loingan edi. 1064 yilda qirol Ferdinand I Leon, Kastiliya, Galisiya va Asturiyani birlashtirdi. 1085 yilda qirol Alfons VI Vestgotlar poytaxti bо‘lgan Toledo shahrini istilo qilinib, Kastiliya poytaxtiga aylantiriladi. 1118 yili Aragoniyaliklar arablardan Saragosa shahrini tortib oldilar va 1137 yili Aragon Ispaniya markasi bilan birlashdi, Ispaniya markasi bu vaqtda Kataloniya yoki Barselona grafligi nomi bilan yuritilardi2.


Kastiliya, Leon, Aragon va Navarraning birlashgan qо‘shini 1212 yilda Las-Navas de Talos jangida arablarni yengadi. Bu mag‘lubiyat arablar qudratini sindiradi. Shundan sо‘ng arablarni Ispaniya hududidan ommaviy ravishda haydash boshlandi. Arablardan Kordova 1236 yili, Sevilya 1248 yili, Kadis 1262 yili qaytarib olinadi. XIII asrning II yarmidan keyin arablar qо‘lida faqatgina Granada qoldi, xolos3.
Arablar Granadani to 1492 yilgacha о‘z qо‘llarida saqlab qoldilar, qirol Ferdinand tomonidan Granadaning olinishi arablarning Afrika shimoliga chekinishiga olib keldi. Rekonkista harakatining xronologik sanasi XI- XIII asrlarni о‘z ichiga oladi. Rekonkista harakati natijasida hozirgi Ispaniya hududida Kastiliya, Aragoniya va Portugaliya kabi mustaqil davlatlar tashkil topdi.
Ispaniyada rekonkista oqibatida XI asrga kelib, Leon, Kastiliya, Aragon kabi xristian davlatlari, Barselona grafligi, keyinchalik Kataloniya va Navarra qirolligini tuzilishiga erishiladi4.

Yüklə 30,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin