Jahon tarixi fanidan yozgan mustaqil ishi mavzu mavzu XI- xiii-fayllar.org
Ispaniya elchisi Ryui Gonzales de Klavixo Sohibqiron Amir Temur qabulida Ispaniyani XIV-XV asrlarda о‘zaro urushlar, dehqonlar qо‘zg‘olonlari qamrab olgan. Zodagonlar kurashi qirol hokimiyatiga qarshi qaratilgan. Ushbu sharoitda markaziy hokimiyatni kuchaytirish ehtiyoji tug‘iladi. Ferdinand Aragonskiy 1469 yili Izabella Kastilskayaga uylanadi. Ferdinandning 1479 yili Aragon qiroli tojini kiyishi, Aragon-Kataloniya va Kastiliya-Leon qirolliklarining birlashishiga zamin tayyorlaydi. Ferdinand va Izabella zodagonlarga qarshi kurashni davom ettirib, ularning qator imtiyozlarini bekor qiladilar. Bu borada 1476 yili tuzilgan Kastiliya shaharlarining “Muqaddas Ermandad” ittifoqi kо‘magiga tayanadi. Zodagonlar о‘zboshimchaligiga chek qо‘yganidan sо‘ng, qirol shaharlar erkinliklarini ham birmuncha cheklaydi.
О‘z hokimiyatini mustahkamlashga intilgan qirol cherkovni о‘ziga bо‘ysundirishdan tashqari, boy va kо‘psonli diniy ritsarlik ordenlarining buyuk magistri unvoniga erishib, ularning ulkan yer-mulklarini qо‘lga kiritadi.
Kelib chiqishi va til jihatdan qon-qarindosh bо‘lgan, yuz yillar davomida tashqi dushman bо‘lmish arablarga qarshi birgalikda kurashib kelgan, iqtisodiy masalada azaldan bir-birovi bilan aloqa qilgan Kastiliya na Aragon birlashish uchun yetarlicha tarixiy shart-sharoitlarga ega edilar.
Keyingi о‘rta asrlar davrida tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi iqtisodiy jihatdan qandaydir о‘zaro bir-birini tо‘ldiruvchi har ikkala mamlakatning — quruqlikdagi Kastiliya va О‘rta Yer dengizi bilan bog‘langan Aragonning birlashishini zaruriy vazifa qilib qо‘ydi. XV asrning ikkinchi yarmida Pireney yarim orolining ijtimoiy va siyosiy sharoitlari ham ana shu birlashuvni taqozo qilgan edi.
Kastiliyada va Aragonda keyekinlashgan sinfiy kurash, shu-ningdek, rekonkistaniyag tamom bо‘lmaganligi har ikkala mamlakat feodallarini ikki qirollikni yagona Ispaniya davlatiga birlashtirish tо‘g‘risida bir bitimga kelishga majbur etdi. Ikkala qо‘shni davlat о‘rtasidagi uniya (ittifoq) sulolaviy nikoh yо‘li bilai amalga oshirildi. Malika Izabella Kastilskaya 1469 yili shahzoda Ferdinand Aragonskiyga turmushga chiqdi. 1474 yili Izabella Kastiliya qirolichasi bо‘ldi, 1479 yili taxtga о‘tirdi. Birlashgan ikkala mamlakatning har biri о‘zining avvalgi qonunlari, urf-odatlari va alohida-alohida korteslarini saqlab qoldi. Shunday qilib, mamlakatni boshqarish ikki tusdaligicha qolaverdi. Shunday bо‘lsa ham, yagona Ispaniyani vujudga keltirish uchun asos solingan edi. Kastiliyada ham, Aragonda ham qirol hokimiyati mustahkamlana boshladi. Birlashish Ferdinand bilan Izabellaning ichki va tashqi siyosatlarida ijobiy aks etdi.
Shahar kommunalarining kо‘magiga tayanib ish kо‘rgan Izabella Kastiliya feodallari oppozitsiyasini tinchitdi. Izabella yordamida «muqaddas ermandada» nomi ostida tashkil etilgan shahar ittifoqchi militsiyasi talonchilik qilib yuruvchi ritsarlarga qaqshatg‘ich zarbalar berdi. Katolik cherkovi Ferdinand bilan Izabellaga katta yordam kо‘rsatdi. Katolik qirollar (papa Ferdinand bilan Izabellaga ana shunday unvon bergan edi) о‘zlariga qarashli inkvizitsiyani katolik cherkovi manfaatlariga xizmat qildirar edi. CHо‘qintirilgan mavrlarning ishlarini nazorat qilish maqsadida 1480 yil Ispaniyada vujudga keltirilgan inkvizitsiya amalda, oliy siyosiy sudga aylangan edi. Kastiliya yoki Aragondagi birorta feodalning davlatga xiyonat qilganligi gumon qilingan taqdirda, u inkvizitsiyaning qahr-g‘azabidan hech qayoqqa qochib qutula olmasdi.