Jahon tarixi mavzu: 1991-2017-yillarda Italiya 11-sinf 1990-yillarda Italiya



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə2/3
tarix20.11.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#163681
1   2   3

1990-yillarda Italiya


Глобальная
1990-yillarda Italiya qarshilik harakati to‘lqinida shakllangan partiyaviy-siyosiy tizimning qulashi boshlandi. 1992-yilgi parlament saylovlari asosiy siyosiy partiya­lar, jumladan, XDP va ISPning ham jamiyatdagi nufuzi pasayganligini ko‘rsatdi.
1993-yilda XDP bazasida Italiya xalq partiyasi tashkil topdi.
ISP tar­qalib ketdi. 1994-yil martda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari avvalgi partiyaviy tizimning qulaganligini namoyish qildi. Yangi, hali tanilmagan guruhlar: “Olg‘a, Italiya!”, “Shimol ligasi”, “Milliy alyans” — neofashistlar va o‘ng natsionalistlar birlashmasi oldingi maydonga chiqdi.

1990-yillarda Italiya


Hukumatni “Shimol ligasi” va “Mil­liy alyans” koalitsiyasi asosida S.Berluskoni shakllantirdi. Hukumat 1994-yil oxirigacha tura oldi, xolos. Korrupsiyaga qarshi kurash e’lon qilgan S.Berluskonining o‘zi soliq qoidalarini buzganlikda ayblandi va iste’foga chiqdi. Italiyaning yangi hukumati partiyasizlardan tashkil qilindi.

1990-yillarda Italiya


1996-yildan hokimiyatni so‘l markazchilar koalitsiyasi boshqardi. Biroq, ijtimoiy ta’minot tizimini o‘zgartirishga urinish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha koalitsiyada kelishmovchiliklar yuz berdi. Ayni paytda bir qator mafiya guruhlari boshliqlarining qamalishi jamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Biroq, bosh vazir Romano Prodi hukumati ichki kelishmovchilik-larni bartaraf qila olmadi va parlamentdagi ustunlikni yo‘qotib, 1998-yilda iste’foga chiqdi. Massimo D’Alema bosh vazir lavozimini egalladi. M.D’Alema shu paytgacha yuqori darajada saqlanib kelayotgan ishsizlikni qisqartirishni taklif qildi.

1990-yillarda Italiya


2000-yil aprel oyida bo‘lib o‘tgan mahalliy saylovlarda barcha shimoliy viloyatlarda o‘ng kuchlar g‘olib chiqdi. Ijtimoiy fikrga “Halol qo‘llar” operatsiyasi katta ta’sir ko‘rsatdi, katolik cherkovi ham o‘nglarni qo‘llab-quvvatladi. M.D’Alema iste’foga chiqdi.

Italiya XXI asrda


Zamonaviy Italiya — yuqori darajada rivojlangan industrial mamlakat hisoblanadi. XX asrning so‘nggi yillarida va XXI asr boshlarida u o‘z taraqqiyotida sezilarli natijalarga erishdi. Inflyatsiya ancha pasaydi, ishsizlik kamaydi, yangi korxonalar soni tez o‘sdi. Puxta o‘ylangan yoshlar siyosati olib borilmoqda.
Italiyada faqat 1998-yili 12 ming kichik va o‘rta biznes korxonalari yaratilgan bo‘lib, ularning asosiy qismini yoshlarga qarashli firmalar tashkil qiladi. Ayni paytda Italiya yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi davlatlardan ortda qolmoqda.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin