Jahon tarixi


Ispaniya zulmiga qarshi qo‘zg‘olon



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/137
tarix26.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148709
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   137
8-sinf Jahon tarixi [uzsmart.uz]

Ispaniya zulmiga qarshi qo‘zg‘olon. 
Ispaniya qiroli Filipp 
II ning shafqatsiz siyosati niderland xalqining kuchayib bo-
30


rayotgan noroziligini to ‘xtata olmadi. Aksincha, xalqning ispan 
zulmiga qarshi norozilik harakati tobora kuchaydi. Bu hara- 
katda aholining keng qatlamlari — burjuaziya, hunarmandlar, 
dehqonlar, savdogarlar va hatto zodagonlarning bir qismi 
qatnashdi. Burjuaziya, ayni paytda, qo‘zg‘olonga rahbarlik 
qildi. 1566-yilda Ispaniya zulmiga qarshi kurash qo‘zg‘olonga 
aylandi. Qo‘zg‘olonchilar qisqa vaqt ichida Ispaniya zulmining 
tayanchi bo ‘lgan cherkov va monastirlarni vayron qildilar. 
Katolik ruhoniylar va ispan amaldorlari quvib yuborildi.
Terror tartibining o‘rnatilishi. 
Qo‘z- 
g‘olonni bostirish uchun Ispaniya qiroli 
Filipp II gersog Alba boshchiligida sara- 
langan qo‘shin yubordi. Qo‘zg‘olon bos- 
tirilgandan so‘ng Alba N iderlandiya 
hukmdori etib tayinlandi. U boshqaruv 
ishida terrorni, jallod qilichi va ink- 
vizitsiyani qoMladi.
Biroq Albaning dahshatli jazo cho- 
ralari ham ozodlik harakatini to ‘xtata 
olmadi. Niderlandiya xalqining qo‘z- 
g‘oloni mamlakat shimoliy qismining 
mustaqillikka erishishi bilan yakunlandi.
Burjuaziya 1572-yilda Filipp II ga 
muxolifatda b o ‘lgan Niderlandiyaning 
eng boy va o b ro ‘li katta yer egasi, 
Filipp II.
shahzoda Vilgelm van Oran’yeni shimoliy 
hududlar hukmdori deb e’lon qildi. Ispa- 
niyaning N id erlan d iy ad ag i m avqeyi 
tobora zaiflashib bordi. Natijada Alba 
N id erlan d iy an i tark etishga m ajbur 
bo‘ldi.
Filipp II faqat janubiy Niderlandiyani 
o‘z qo‘lida saqlab qola oldi.
0 ‘zingizni sinang: 
Alba.
♦ 1566-yilda —.........
♦ 1572-yilda — ... .

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin