Jahon tarixi


Inson va fuqaro huquqlari Deklaratsiyasi



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/137
tarix26.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148709
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   137
8-sinf Jahon tarixi [uzsmart.uz]

Inson va fuqaro huquqlari Deklaratsiyasi. 
1789-yilning 
26-avgustida Ta’sis majlisi yana bir muhim hujjat — «Inson 
va fuqaro huquqlari Deklaratsiyasi»ni qabul qildi. U «barcha 
odamlar ozod va teng huquqli bo‘lib tug‘iladilar» degan so‘zlar 
bilan boshlanardi. Deklaratsiya xalqni «hokimiyatning man- 
bayi» deb e’lon qildi. Shuningdek, feodal va toifa imtiyozlarini 
bekor qildi. So‘z, matbuot erkinligini e’lon qildi. Fuqarolarning 
qonun qabul qilishda ishtirok etishi erkinligini hamda xususiy 
mulkning daxlsiz va muqaddasligini belgilab qo‘ydi. Ayni
B astiliyaning ish g‘ol
etilishi.
58


paytda qirol huquqlari cheklandi. Shu tariqa Deklaratsiya 
Fransiyada huquqiy davlat yaratilishiga asos soldi.
Konstitutsiyaning qabul qilinishi. 
1791-yilda Fransiya ta- 
rixida birinchi marta mamlakat Konstitutsiyasi qabul qilindi. 
Shu tariqa Fransiyada cheklangan monarxiya qaror topdi. 
Binobarin, qirol hokimiyati ham saqlab qolindi. Konstitutsiya- 
ga ko‘ra parlament — Qonun chiqaruvchi Majlis tuzildi. Shu 
davrdan boshlab parlamentda siyosiy partiyalar faoliyat ko‘r- 
sata boshladi. Ularning ichida yetakchilari «jirondachilar» va 
«yakobinchilar» partiyalari edi. Parlamentga o ‘tkazilgan say- 
lovdan so‘ng hokimiyat jirondachilar qo‘liga o‘tdi. Bu partiya 
inqilobdan oldin boyib ketgan savdo va sanoat burjuaziyasining 
manfaatlarini himoya qilar edi.
Partiyaning nom i mamlakatning Jironda departam enti 
(viloyati) nomidan olingan. Qonun chiqaruvchi Majlisda shu 
departamentdan saylangan deputatlar guruhi yetakchi ta’sirga 
ega bo‘lib olganligi uchun ularga jirondachilar deb nom be- 
rilgan. Jirondachilar Fransiyani respublika deb e’lon qilish 
bilan cheklanish tarafdori bodganlar. Yakobinchilar partiyasi 
esa o ‘z nomini Yakov monastiri nomidan olgan. Bunga Yako- 
binchilarning o‘z yig‘ilishlarini shu monastir kutubxonasida 
o‘tkazib turganliklari sabab bo‘lgan.
Yakobinchilar — inqilobning eng keskin tarafdorlari edilar. 
Ular o‘z oldilariga monarxiyaning har qanday shaklini tuga- 
tish, feodal tartiblarni butunlay bekor qilish maqsadini qo‘y- 
ganlar. Ular, asosan, mayda va o‘rta mulkdorlar manfaatini 
himoya qilardilar.
Jirondachilar Fransiya inqilobiga dushman b o ‘lgan dav- 
latlarga qarshi g‘olibona urush orqali o‘zlarining mavqelarini 
mustahkamlab olmoqchi boMdilar va ularning xohishi bilan 
qirol hamda Qonun chiqaruvchi Majlis Avstriyaga urush e’lon 
qildi. Biroq Fransiya qo‘shini mag‘lubiyatga uchray boshladi. 
Bu esa inqilob tufayli mamlakatda vujudga kelgan og‘ir ichki 
vaziyatni yanada murakkablashtiradi. Qo‘shni monarxiya dav- 
latlari Fransiyaga hujum uyushtirdilar. Bular Avstriya, Prussiya 
va Buyuk Britaniya edi.
1792-yilda Qonun chiqaruvchi Majlis «Vatan xavf ostida» 
chaqirig‘i bilan xalqqa murojaat qildi. Jirondachilar mamlakat 
mudofaasini uyushtira olmadilar. Ularning aybi bilan Fransiya 
qo‘shini kiyim-kechak va oziq-ovqatsiz qoldi. Bu esa mam-
59


lakatda keskin norozilik keltirib chiqardi. 1792-yil 10-avgust 
kuni esa Parijda qurolli qo‘zg‘olon boshlandi. Bunday sha- 
roitda parlam ent qirolni hokimiyatdan m ahrum etish va 
yangi parlament — Milliy Konventga saylov o ‘tkazish haqida 
qaror qabul qilishga majbur bo ‘ldi. Lyudovik XVI esa hibsga 
olindi.
Shu tariqa 
1792-yiIning 10-avgustida Fransiyada monarxiya
ag‘darib tashlandi.
Yakobinchilar qirolni darhol sud va qatl 
qilishni, Respublika e ’lon qilinishini, feodal qaram likni 
butunlay tugatish va chetellik bosqinchilarga qarshi inqilobiy 
urush olib borishni talab qildilar. Yakobinchilarning ko‘zga 
ko‘ringan arboblari M.Robespyer, J.P. Marat, J. Danton, Eber 
va Shomettlar edi.
22-sentabrda Fransiya Respublika deb e ’Ion qilindi.
Lyudovik 
XVI esa qatl etildi. Respublika feodal-toifaviy tengsizlikni 
bekor qildi. 21 yoshga to ‘lgan erkak fuqarolarga saylov huquqi 
berildi. Saylovda qatnashish uchun talab etiladigan mulk senzi 
bekor qilindi. Mamlakat shiori erkinlik, tenglik, birodarlik 
bo‘lib qoldi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin