Jahon tarixi


M.V. Lomonosovning ilm-fanga qo‘shgan hissasi



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/137
tarix26.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148709
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   137
8-sinf Jahon tarixi [uzsmart.uz]

M.V. Lomonosovning ilm-fanga qo‘shgan hissasi. 
Rossiya 
ilm-fani va madaniyatini M. Lomonosovsiz tasaw ur etish
147


m u m k in em as. B uyuk rus sh o iri 
A.S. Pushkin u haqda bunday deb yozgan 
edi: «Tarixchi, notiq, mexanik, kimyo- 
gar, minerolog, rassom va shoir. U ham- 
ma narsani sinab ko‘rgan va hamma 
narsani o‘rgangan».
M. Lomonosov Moskvadagi Slavyan- 
yunon-lotin akademiyasida o‘qidi. So‘ng 
Germaniya universitetlarida kimyo va 
metallurgiya fanlaridan ta ’lim oldi. Va- 
tanga qaytgach, Peterburg Fanlar aka­
demiyasida ishlay boshladi. M. Lomo­
nosov yangi fan — fizikaviy kimyo faniga 
asos soldi. Mamlakatda birinchi kimyo 
laboratoriyasini tashkil etdi.
Ilmiy kashfiyotlari uni butun Yev- 
ropaga tanitdi. M. Lomonosov Shvetsiya 
va Bolonya Fanlar akademiyalarning fax- 
riy a’zoligiga saylangan edi.
Fanning boshqa sohalaridagi kash-
fiyotlar. 
Yerosti foydali qazilmalariga 
talabning tobora ortib borishi yer qobig‘i 
xossalarini o ‘rganish zaruratini vujudga 
keltirdi. N atijada qator to g ‘ jinslarining vujudga kelish 
jarayoni aniqlandi. Bu esa Yer haqidagi fan — geologiyani 
rivojlantirishga imkon berdi. Meditsina (tibbiyot) sohasida 
ham muhim kashfiyotlar amalga oshirildi. Chunonchi, XVII 
asrda golland olimi A. Levenguk 300 marta kattalashtirib 
k o ‘rsatadigan m ikroskop yaratdi. Bu esa inson tanasi, 
o‘simliklar, hayvonot dunyosi tuzilishini batafsil o‘rganish va 
bakteriyalar (juda mayda organizmlarjni 
aniqlash imkonini 
berdi. Keyinchalik mikroskop yordamida bakteriyalarning ko‘p 
kasalliklarga sababchi ekanligi isbotlandi.
XVIII 
asrda ingliz shifokori E. Jenner odamga chechak 
kasali sigirdan yuqsa uning yengil o‘tishini, so‘ngra bu kasalni 
yuqtirgan kishida chechakka qarshi immunitet paydo bo‘li- 
shini, ya’ni unga chechak kasali boshqa yuqmasligini aniqladi. 
Ana shu 
kuzatishlarga asoslanib, Jenner chechakka qarshi 
emlash usulini kashf etdi. Bu esa millionlab kishilarning hayo- 
tini saqlab qoldi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin